• QUYMALAR OLISHNING MAXSUS USULLARI
  • Quymalarni metall qoliplarda erkin quyib olish
  • Variant№3 Kokil usulida quymalar olish texnologik jarayonini yozing




    Download 52.51 Kb.
    bet1/7
    Sana01.12.2023
    Hajmi52.51 Kb.
    #109294
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Kokil usulida quymalar olish texnologik jarayonini yozing.
    Konvertor jarayonining asoslari va maqsadlari, Diniy fanatizmning, marten, . Nodir metallarning fizik va kimyoviy xossalari., KORXONANING ASOSIY FONDLARI VA ISHLAB CHIKARISH QUVVATLARI , Radial taqsimlash tarmog\'ida elektr energiyasini uzatish, Geomexanik jarayonlar modelini qurish bosqichlari, Elektr apparat MUST, Qisqa tutashuvning boshlang\'ich toklarini hisoblashda qo\'llaniladigan usullar, GIDRAVLIKA, Eyler tenglamasi shakldagi qovushqoq bolmagan suyuqlik uchun har-fayllar.org, Bernulli tenglamasining geometrik va energetik mohiyati. , bir cho\'michli ekskavatorlar, 24. Yuqori molekulyar birikmalar.Babayev.B.

    Variant№3
    1. Kokil usulida quymalar olish texnologik jarayonini yozing.
    3. Markazdan qochma usulda qanday antifriksiyon qotishmalar olinadi.

    Reja:
    1. Metall qoliplarda (kokil) quyma olish. . 
    2.Bosim ostida quyma olish. Erib ketadigan modellar asosida qolip tayyorlash 
    va quyma olish 
    3. Metall quymalarda uchraydigan nuqsonlar, paydo bo‘lish sabablari va oldini 
    olish tadbirlari. 

    QUYMALAR OLISHNING MAXSUS USULLARI 
    Metall qotishmalardan ko’plab miqdorda bir xildagn sifatli quymalarni 
    olishga bo’lgan talabning ortishi natijasida mexanizatsiya va avtomatlashtirilgan 
    zamonaviy yirik quyma korxonalar barpo etildi. Yuqorida tanishib o’tilgan 
    an’anaviy usullarda quyma olishdagi kamchiliklar (qolipning bir marta quyma 
    olishgagina yaroqliligi, quyma shakli va o’lchamlarining yetarli darajada 
    aniqmasligi va yuza tekisliklarining talabga javob bermaydigan tarzda notekisligi, 
    quyish tizimida metall sarfining ko’pligi, ish sharoitining og’irligi, ish unumining 
    pastligi va boshqalar mavjudligi sababli bunday nuqsonlardan deyarli holi bo’lgan 
    takomillashgan texnologik usullar yaratishni taqozo qildi. Quyidagi paragraflarda 
    bu usullar haqida qisqaroq bo’lsada, ma’lumotlar keltirilgan. 
    Quymalarni metall qoliplarda erkin quyib olish 
    Bu usulda metall qolipga metall erkin qo’yilib, aniq shaklli va o’lchamli, tekis 
    yuzali, sifatli quymalar olinadi. Metall qolip (kokil) uchun eng yaxshi material 
    kulrang cho’yan bo’ladi, chunki u o’zidan issiqdikni yaxshi o’tkazishi sababli 
    deyarli qizimay, tob tashlamaydi, texnologik xossalari yaxshi (oquvchanligi, oson 
    kesib ishlanishi), narxi u qadar qimmat emas, bu esa juda qo’l keladi. 
    Metall qoliplar konstruktsiyasi olinuvchi quyma shakli va o’lchamiga ko’ra 
    turlicha bo’ladi. Masalan, oddiy shaklli, kichik va o’rtacha o’lchamli quymalar 
    olishga mo’ljallangan qoliplar vertikal yoki gorizontal tekisliklar bo’yicha 
    ajraladigan bo’ladi. Murakkab shaklli, turli o’lchamli quymalar qoliplari bir necha 
    qismlardan yig’iladigan bo’ladi. 
    Qora metall quymalar olishda sterjenlar yuqori sifatli sterjenь materiallaridan, 
    rangli metall quymalar uchun U7, U10 va boshqa markali po’latlardan 
    tayyorlanadi. Qolipga kiritilgan metallarning bir tekis sovishini ta’minlash 
    maqsadida qolipning tegishli joylariga maxsus quyma barmoqlar o’rnatiladi (171–
    rasm, a). 
    Qoliplarning ish muddatini oshirish, quyma sifatini yaxshilash maqsadida 
    qoliplarga suyuq metall kiritilgunga qadar, ularni 100–300°S temperaturagacha 
    qizdirib, ish yuzalariga o’tga chidamli bo’yoq purkaladi yoki o’tga chidamli 
    materiallar nihoyatda yupqa qilib qoplanadi. Agar olinuvchi quyma yupqa devorli 
    bo’lib, shakli murakkab bo’lsa, uning hamma qismini metall bilan bir tekisda 
    to’ldirish maqsadida qolipni tebratib turish ham tavsiya etiladi. 
    Metall qolipning vertikal tekislik bo’yicha ajralishi: 
    1,2 – qolip pallalari; 3 – kulok; 4 – barmoqlari; 5, 6, 9– quyish sistemasi kanallari; 
    7– shtirь; 8– qolip; 10 – vipor; 11 – yarim qolip; 12– old babka; 13– prujina; 14– 
    plita; 15 – turtki. 
    Metall qoliplar mexanik, pnevmatik va gidravlik yuritmali stanoklarga 
    o’rnatilib, ularning yig’ilish yoki ochilish jarayonlari mexanizatsiyalashtiriladi 
    (171–rasm, b). SHuni qayd etish joizki, zamonaviy yirik quyuv tsexlarida 
    metallarni eritishdan boshlab, quymalar olinguncha bo’lgan barcha jarayonlar 
    avtomatlashtirilgandir. 
    Quymalarni olish texnologik jarayoni quyidagi asosiy bosqichlardan iborat 
    bo’ladi: 
    1) qolipni metall quyishga tayyorlash; 
    2) qolipga zarur miqdorda suyuq metall kiritish; 
    3) quyma kotgach uni qolipdan ajratish; 
    4) quymadan quyish tizimida kotib qolgan metallni ajratib uni tozalash; 
    5) quymaning sifatini ko’zatish. 

    Download 52.51 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 52.51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Variant№3 Kokil usulida quymalar olish texnologik jarayonini yozing

    Download 52.51 Kb.