• 7– rasm
  • 8 – rasm
  • Texnologik qism




    Download 0.82 Mb.
    bet9/16
    Sana16.12.2023
    Hajmi0.82 Mb.
    #120639
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
    Bog'liq
    Ammofos
    Konvertor jarayonining asoslari va maqsadlari, Diniy fanatizmning, marten, . Nodir metallarning fizik va kimyoviy xossalari., KORXONANING ASOSIY FONDLARI VA ISHLAB CHIKARISH QUVVATLARI , Radial taqsimlash tarmog\'ida elektr energiyasini uzatish, Geomexanik jarayonlar modelini qurish bosqichlari, Elektr apparat MUST, Kokil usulida quymalar olish texnologik jarayonini yozing., Qisqa tutashuvning boshlang\'ich toklarini hisoblashda qo\'llaniladigan usullar, GIDRAVLIKA, Eyler tenglamasi shakldagi qovushqoq bolmagan suyuqlik uchun har-fayllar.org, Bernulli tenglamasining geometrik va energetik mohiyati. , bir cho\'michli ekskavatorlar, 24. Yuqori molekulyar birikmalar.Babayev.B.
    Ammoniy fosfatlarning xossalari. Ammoniy fosfatlari, odatda, fosfat kislota tuzlari – ammoniy digidrofosfat yoki monoammoniyfosfat [MAF] NH4H2PO4, ammoniy gidrofosfat yoki diammoniyfosfat [DAF] (NH4)2HPO4, va ammoniy fosfat yoki triammoniyfosfat (NH4)3PO4 nomlari bilan yuritiladi. Eng barqaror birikma monoammoniyfosfat hisoblanadi, uni 100-110°C gacha qizdirilganda amalda ammiakning ajralishi kuzatilmaydi. Diammoniyfosfat 70°C haroratdayoq ammiak yo’qota boshlaydi va monoammoniyfosfatga aylanadi:
    (NH4)2HPO4 = NH4H2PO4 = NH3
    triammoniyfosfat esa havoda 30-40°C da parchalanadi, shuning uchun uni sanoatda ishlab chiqarilmaydi.
    7– rasm. 25 va 75°C haroratdagi NH3 – H3PO4 – H2O sistemadagi eruvchanlik izotermasi.
    100°C da NH4H2PO4 ustidagi ammiak bug’ining bosimi amalda nolga, (NH4)2HPO4 ustidagi – 1,2 ga, (NH4)3PO4 ustidagi esa – 85,7 kPa ga tengdir. 125°C da bu tuzlar ustidagi NH3 ning bosimi muvofiq holda 0,008, 4,5 va 157 kPa gacha ortadi. 190,5°C da monoammoniyfosfat ozgina miqdordagi NH3 yo’qotib suyuqlanadi. Bu haroratda uning degidratlanishi sekinlik bilan sodir bo’lib, ammoniy polifosfatlariga aylanadi va bu jarayon haroratning ortishi bilan tezlashadi.
    20°C dagi to’yingan suvli eritmada: 27,2% NH4H2PO4 yoki 40,8% (NH4)2HPO4 bo’ladi; qaynash harorati (109,4OC) da esa 71,8% NH4H2PO4 bo’ladi. NH3 – H3PO4 – H2O sistemadagi eruvchanlik 8 – rasmda tasvirlangan.
    25°C dagi NH4H2PO4 – (NH4)2HPO4 – H2O sistemasida eruvchanlik diagrammasi (9-rasm) dan ko’rinadiki, monoammoniyfosfat konsentratsiyasining ortishi bilan diammoniyfosfatning eruvchanligi amalda o’zgarmaydi; diammoniyfosfat konsentratsiyasining ko’tarilishi bilan esa monoammoniyfosfatning eruvchanligi ortadi; u NH3:H3PO4 molyar nisbati ~1,5 ga teng bo’lganda maksimumga erishadi. 0,1 M eritmaning pH qiymati: NH4H2PO4 uchun – 4,4, (NH4)2HPO4 uchun – 8,0 va (NH4)3PO4 uchun esa – 9,4 ga tengdir.
    8 – rasm. 25°C haroratdagi NH4H2PO4 – (NH4)2HPO4 – H2O sistemadagi eruvchanlik izotermasi.
    Mono- va diammoniyfosfatlarning gigroskopikligi kamdir. 50°C dagi NH4H2PO4 ning gigroskopiklik nuqtasi 88% ga, 15°C da esa – 97% ga tengdir (texnik mahsulotlarda qo’shimchalarning ishtirok etishi uning gigroskopikligini oshiradi).
    Ammoniy fosfatlari qishloq xujaligida o’g’it sifatida keng qo’llaniladi. Ular yuqori konsentratsiyali ballastsiz o’g’itlar hisoblanadi va tarkibida ikkita asosiy ozuqa elementlari – suvda eruvchan shakldagi azot va fosfor tutadi.
    Toza monoammoniyfosfatda 12,2% N va 61,7% P2O5 (jami 73,9%),
    diammoniyfosfatda – 21,2% N va 53,8% P2O5 (75,0%) bo’ladi.
    Diammoniyfosfatda ozuqa moddalarining N:P2O5 massa nisbati (1:2,5) monoammoniynisbatdagi (1:5,1) ga nisbatan ancha maqbul bo’ladi.
    Ammoniyli-fosfatli o’g’itlardan ammofos – oz miqdordagi (~10%) diammoniy-fosfat qo’shimchasi bo’lgan monoammoniyfosfat ko’p miqdorda ishlab chiqariladi.
    Davlat standartlari (DAST 18918-85) talablariga muvofiq, donadorlangan ammofos ikki xil markada: A – apatit konsentratidan va B - fosforitdan olingan Ekstraksion fosfat kislotani ammiak bilan neytrallash natijasida ishlab chiqariladi. A markali oliy va 1-sifat kategoriyali va B markali oliy va 1-sifat kategoriyali mahsulotlar tarkibida, muvofiq ravishda: 52 va 50,1% dan kam bo’lmagan, 44 va 42,1% dan kam bo’lmagan P2O5o’zl.; 48, 46, 34 va 32% P2O5s.e.; 12:1, 12:1, 11:1 va 10,1% N va 1% dan ko’p bo’lmagan H2O bo’ladi. O’lchamlari 1-4 mm bo’lgan donachalarning ulushi oliy navda 95% dan va birinchi navda 90% dan kam bo’lmasligi kerak. Ammofosdagi N:P2O5 nisbati ~1:4 ga tengdir.
    Tarkibida diammoniyfosfat va fosfat kislotadan o’tadigan qo’shimchalari bo’lgan azot bo’yicha nisbatan konsentrlangan o’g’it – diammofos ham ishlab chiqariladi. Agar diammofos ishlab chiqarish uchun apatit konsentratidan olingan Ekstraksion fosfat kislota ishlatilsa, bunda mahsulot tarkibida: 48,1% P2O5o’zl., 18% dan kam bo’lmagan N va 1,5% dan ko’p bo’lmagan H2O bo’ladi. N:P2O5 nisbati katta bo’lgan o’g’it ishlab chiqarish uchun ammofos va diammofosga azotli o’g’itlar – ammoniy nitrat yoki karbamid qo’shiladi.
    Termik yoki tozalangan Ekstraksion fosfat kislotadan olinadigan diammoniyfosfat hayvonlar ozuqasi uchun ishlatiladi. Ammoniy fosfatlari, shuningdek, oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatida ham ishlatiladi; ular antipirenlar sifatida va qurilish materiallarining yong’inga bardoshliligini oshirish uchun ishlatiladi.




    1. Download 0.82 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




    Download 0.82 Mb.