Texnologik qism




Download 0,82 Mb.
bet10/16
Sana16.12.2023
Hajmi0,82 Mb.
#120639
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Ammofos
Konvertor jarayonining asoslari va maqsadlari, Diniy fanatizmning, marten, . Nodir metallarning fizik va kimyoviy xossalari., KORXONANING ASOSIY FONDLARI VA ISHLAB CHIKARISH QUVVATLARI , Radial taqsimlash tarmog\'ida elektr energiyasini uzatish, Geomexanik jarayonlar modelini qurish bosqichlari, Elektr apparat MUST, Kokil usulida quymalar olish texnologik jarayonini yozing., Qisqa tutashuvning boshlang\'ich toklarini hisoblashda qo\'llaniladigan usullar, GIDRAVLIKA, Eyler tenglamasi shakldagi qovushqoq bolmagan suyuqlik uchun har-fayllar.org, Bernulli tenglamasining geometrik va energetik mohiyati. , bir cho\'michli ekskavatorlar, 24. Yuqori molekulyar birikmalar.Babayev.B.
Texnologik qism

  1. Ammofos ishlab chiqarishning texnologik sxemasi

O’g’it sifatida ishlatiladigan ammofos ishlab chiqarishda quyidagi turli ko’rinishdagi texnologik sxemalar:



  1. Bug’latilmagan (20-30% P2O5) Ekstraksion fosfat kislotani neytrallash va (changlatgichli, barabanli yoki qaynovchi qatlamli) quritgichda suvsizlantirishga asoslangan sxemalar;

  2. Bug’latilmagan (20-30% P2O5) fosfat kislotani neytrallash, so’ngra ammofos suspenziyasini bug’latish hamda donadorlash va quritishni barabanli donadorlash quritgichlari (BDQ) da amalga oshirishga asoslangan sxemalar;

  3. Bug’latilib konsentrlangan (48-54% P2O5) Ekstraksion fosfat kislotani neytrallashga asoslangan sxemalar qo’llaniladi. Bu holda neytrallanish ikki bosqichda: dastlab reaktorlarda – atmosfera bosimida, so’ngra barabanli ammoniylashtirgich-donadorlagich (AD) da yoki yuqori bosimli bir bosqichda suspenziyani quritishni minorada changlatish yoki BDQ jihozlarida amalga oshirish orqali o’tkaziladi.

Changlatgichli quritgichlar ishlatilishi orqali ammofos ishlab chiqarish sxemasining bir varianti 10 – rasmda ko’rsatilgan. Ekstraksion fosfat kislotasi (22- 28% P2O5) 80-115OC haroratda birin-ketin joylashgan bir necha reaktor (saturator) lar 1 da uzluksiz suratda NH3:H3PO4 nisbatini 1,1 dan oshirmagan holda (pH5) ammiak bilan neytrallanadi. Bunda harakatchan suspenziya hosil bo’ladi. 100- 105OC haroratli uning bir qismi (70-80% miqdori) oxirgi reaktordan changlatgichli quritgich 5 ga tushadi, u yerga shuningdek gazsimon yoki suyuq yoqilg’ini yondirilishidan olingan o’txona gazlari beriladi. Quritgichdan chiquvchi mo’rili gaz harorati 100-115°C bo’ladi va changdan tozalanishi uchun tsiklon 6 dan o’tadi.
Quritilgan (1% namlikkacha) kukunsimon ammofos uzluksiz ravishda ikki valli shnekli aralashtirgich 13 ga kelib tushadi, u yerga shu bilan bir vaqtda tayyor mahsulotning mayda fraktsiyasi va suspenziyaning qolgan (20-30%) qismi beriladi. Nam (10-12% H2O) ammofos donachalari aralashtirgichdan donachalarni dumaloqlovchi baraban 14 ga va so’ngra quritish barabani 15 ga yuboriladi. Quritilish mo’rili gazlar bilan (350°C da) amalga oshiriladi
.

Download 0,82 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Download 0,82 Mb.