• Quritish barabani issiqlik balansi .
  • Jami: 540009+4 61,6 V Jami: 202,5
  • Hayot faoliyati xavfsizligi
  • Texnologik qism




    Download 0,82 Mb.
    bet13/16
    Sana16.12.2023
    Hajmi0,82 Mb.
    #120639
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
    Bog'liq
    Ammofos
    Konvertor jarayonining asoslari va maqsadlari, Diniy fanatizmning, marten, . Nodir metallarning fizik va kimyoviy xossalari., KORXONANING ASOSIY FONDLARI VA ISHLAB CHIKARISH QUVVATLARI , Radial taqsimlash tarmog\'ida elektr energiyasini uzatish, Geomexanik jarayonlar modelini qurish bosqichlari, Elektr apparat MUST, Kokil usulida quymalar olish texnologik jarayonini yozing., Qisqa tutashuvning boshlang\'ich toklarini hisoblashda qo\'llaniladigan usullar, GIDRAVLIKA, Eyler tenglamasi shakldagi qovushqoq bolmagan suyuqlik uchun har-fayllar.org, Bernulli tenglamasining geometrik va energetik mohiyati. , bir cho\'michli ekskavatorlar, 24. Yuqori molekulyar birikmalar.Babayev.B.
    Jami:

    575030

    Jami:

    336792+2322x

    * Reaktsiyaning issiqlik effekti: H3PO4 (s) + NH3 (gaz) = NH4H2PO4 (s) + 99850 kj/mol’
    Quritish barabani issiqlik balansi. Hisobni ammofosni quritishga sarflanadigan mo’rili gaz miqdorini aniqlash uchun bajariladi (3-jadval).
    2-jadval

    1 t ammofos uchun quritish barabanining issiqlik balansi





    Issiqlik kirimi

    kj

    Issiqlik sarfi

    kj

    Mo’rili gaz bilan: V∙1,319∙350

    461,6 V

    CHiqindi gazlari bilan: V∙1,315∙110

    144,6 V

    Barabanga kiradigan
    materiallar bilan: 5058∙1,256∙85

    540009


    Quritish barabanidan chiqadigan materiallar bilan: 5020∙1,214∙90

    548563








    Bug’langan suv bilan: 38∙2688

    102144







    Havrni qizdirishga:
    0,1∙V∙0,31∙1,298(110-20)

    11,7 M







    Atrof-muhitga yo’qotiladigan:
    461,6V∙0,1

    46,2 V



    Jami:

    540009+4
    61,6 V



    Jami:

    202,5
    V+650,707

    Tayyor mahsulot tarkibida 52% P2O5o’zl., 11% N, 1% H2O bo’ladi.


    Ammoniylashtirgich-donadorlagich qo’llanilgan holda ammofos ishlab chiqarish sxemasi uchun asosiy issiqlik hisoblari neytrallagich va quritish barabanining issiqlik balansini tuzishda bajariladi.
    Neytrallagich issiqlik balansi. Issiqlik balansini tuzishda reagentlarning boshlang’ich harorati 25°C deb qabul qilingan.
    Issiqlik balansi tenglamasidan neytrallash jarayonida bug’lanadigan suv miqdorini aniqlaymiz: x = 103 kg.
    Issiqlik balansi tenglamasidan 1 t tayyor mahsulot uchun berilgan ammofosni quritishga sarflanadigan mo’rili gaz miqdorini aniqlaymiz:
    V = 427,2 m3/t.
    Quritish barabanidan chiqadigan mo’rili gaz unumi: 1,1∙427,2 + (38:0,804) = 517 m3/t ni tashkil etadi.



    1. Hayot faoliyati xavfsizligi

    Ishlab chiqarish korxonalarida fuqarolarni, ya’ni ishchilarni favqulotda vaziyatlardan ximoyalash uchun fuqaro muxofazasi shtabi tashkil etilgan. Bu shtabni vazifasi ob’ektni xavfli deb xisoblangan nuqtalarni kuzatish va nazorat qilishdan iborat.

    1. Jamiyatni asosiy rivojlantiruvchi va ishlab chiqarish tizimining boshqaruvchi kuchi "inson" ekanligini hisobga olib, uning ishlab chiqarishdagi faoliyatini va sog’ligini saqlash ijtimoiy taraqqiyot yo’lidagi muhim faktor-omil hisoblanadi. Shuning uchun ham sanoat korhonalarida sifatli mahsulot ishlab chiqarish jarayoni va mehnat sharoitini yahshilash, jarohatlanish, kasb kasalliklarini kelib chiqarish manbalarini yo’qotish, charchash, toliqish bo’lmasligiga taalluqli chora-tadbirlarini qo’llashga bog’liqdir.

    Korxonada mehnatni muhofaza qilishni ahamiyati ishlab chiqarishda yuz berishi mumkin bo’lgan bahsiz hodisalarni oldini olish, ogohlantirish, mehnat
    sharoitini yaxshilash, ishlab chiqarish jarayonlarining havf-hatarsiz o’tishini ta’minlash va havfsizlik tadbirlarini amalga oshirishdan iborat. Bu tadbir-choralar tehnika va tehnologiyaning to’htovsiz rivojlanayotganligini hisobga olgan holda olib boriladi.

    1. Barcha sanoat korxonalari atmosferaga chiqaradigan ishlab chiqarish zararli chiqindilari (gaz, tutun, chang va b.k.)ga qarab SN 245-71 ga asosan besh sinfga bo’linadi. Loyihadagi korhona chiqindi chiqarish bo’yicha 5- sinfga kiradi. 1)-1000m, 2)-500m, 3)-300m, 4)-100m, 5)-50m tanlab aniqlanib olinadi.

    2. Texnologik jaroyonlarni havfsizligini ta’minlashda ishlab chiqarish turini tanlash, homashyo va materiallarni agregat holati, jarayonni fizik kimyoviy shartlari, jarayonni davri, uskunalarni yig’ish va sozlash, isitish va sovutish turlari, texnologik reglamentga rioya etish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish muhim ahamiyatga egadir. SHuningdek jarayonni havfsizligini ta’minlashda ishchilarni kasb bo’yicha tanlash va ularni o’qitish, shahsiy muhofaza vositalarini qo’llash zarur deb hisoblanadi.

    Texnologik reglament - texnologik jarayonlar havfsizligini ta’minlaydigan asosiy hujjat hisoblanadi. Texnologik reglament yuqori tashkilot yoki korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Korxona rahbari zamonaviy texnik nazorat va avtomatik to’g’rilash, boshqarish vositalarini qo’llab jaroyonlar havfsizligini ta’minlash maqsadida texnologik reglamentga rioya etilishini ta’minlashi kerak. Texnologik reglament tarkibi quyidagi bo’limlardan iborat:

    1. Ishlab chiqarish umumiy tavsiyanomasi,

    2. Tayyorlanadigan mahsulot tavsiyanomasi,

    3. Xomashyo, materiallar tavsiyanomasi,

    4. Texnologik jarayon mazmuni,

    5. Texnologik rejim normalari,

    6. Xomashyo va energiyani bir yilga sarflash normalari,

    7. Ishlab chiqarish normalari,

    8. Jarayon bajarilishidagi havfsizlik qoidalari,

    9. Moddiy balans,

    10. Ishlab chiqarish chiqindilari, oqava suvlar, atmosferaga moddalar tashlash,

    11. Ishlab chiqarish texnologik chizmasi,

    12. Mumkin bo’lgan nosozliklar, ularni sabablari va yo’q qilish usullari,

    13. Asosiy tehnologik uskuna jihozlar ta’rifi.

    Texnologik jaroyonlarni havfsizligini ta’minlashda muhandis-texnikaviy vositalar qo’llaniladi, ya’ni to’siqlovchi va himoyalovchi moslamalar ishlatiladi. To’siqlovchi moslamalar vaqtincha, doimiy, ko’chiriladigan, harakatlanmaydigan, yaxlit, to’rsimon, ochiladigan holatda mavjud.
    Ximoyalovchi moslamalar texnologik uskunalarni ishdan chiqish va avariya xolatidan ogoxlantirish uchun qo’llaniladi. Ular mexanik, elektrik va aralash turda mavjud.
    Sanoatda qo’llanadigan zamonaviy uskunalarni yaratish va qo’llashda umumiy havfsizlik yullanmasi sifatida unifikatsiya, jadallashtirish, kam quvvat sarflash, ergonomika, yiriklashtirish, ishonchlilikni oshirish omillari hisobga olinadi shuningdek, uskunalarga inson hususiyatlarini, faoliyatini ifodalaydigan antropometrik, pishofiziologik, psixologik, gigienik talablar qo’yiladi. Talablar GOST 12.2.03-91 va QMQ 3-05-05-98 ga asoslanadi.
    Kimyo sanoati korxonalarida markazlashgan isitish tizimi qo’llaniladi. Isitish esa bug’, suv va havo yordamida uyushtirilishi mumkin. Lekin ishkoriy metallar, metall-organik birikmalar, karbidlar va portlovchi, zaharlovchi moddalar ajralib chiqishi mumkin bo’lgan binolarda suv va suv bug’i bilan isitishga yo’l qo’yilmaydi. Bunday ishlab chiqarish binolarida havo bilan isitish usuli qo’llaniladi.
    Issiq suv yoki bug’ bilan qizdiriladigan kaloriferlar orqali havo puflanib, so’ngra binoga beriladi. Havo bilan isitish shamollatgich bilan birga ulanadi. Kaloriferni havfsiz va unumli ishlashi uchun shamollatgich va kalorifer tarkibi ogohlantiruvchi-daraklovchi moslamalar bilan bog’langan bo’lishi kerak.
    "Elektr qurilmalarini tuzilishi va ishlatilishi" qoidasiga asosan portlashga havfliligi jihatidan A,B kategoriyaga mansub korhonalar binolari 6 zonaga, shu jumladan, yong’inga havfliligi buyicha V kategoriyaga mansub binolar 4 zonaga- sinfga taqsimlangan.
    Binolarni portlash va yong’inga havfliligi zonasini-sinfini belgilashda mahsus harf va rakamlar qo`llanadi. Loyihadagi korhona B sinfiga kiradi.
    Yong’in havfsizligi norma, qoidalariga asosan evakuatsiya yo’llari o’tga chidamli materiallardan tayyorlanishi, harakat yo’lida begona to’siqlar bo’lmasligi kerak. Har bir xona va binodan chiqish-evakuatsiya yo’li kammida ikkita bo’lishi kerak. Ular orasidagi masofa L>1,5VP tenglama bilan topiladi (bu erda R- bino perimetri). Chiqish yo’li kengligi kamida 0,8-1,0m bo’lishi talab qilinadi. CHiqish yo’li orasidagi masofa SNiP-2.09.02-85 ga asosan binoni hajmi, o’tga chidamdiligi darajasi, yong’in havfliligi kategoriyasiga metr hisobida belgilangan.
    Yong’inni o’chirish uchun suv, suvni kimyoviy eritmalari, ko’pik, inert gazlar, gaz tarkibli kukunsimon moddalar, turli aralashmalar ishlatiladi. Yonuvchi qattiq, suyuq, gaz holdagi moddalarni, materiallarni yong’inini o’chirishda arzon va keng tarqalgan suv ishlatilinadi.Suv yuqori issiqlik sig’imiga (bug’ hosil qilish issiqlik 2258 Dj/kg), yuqori termik chidamlilikga (17000C yuqori), bug’ hosil bo’lishida hajm kengayishiga (1 kg suv bug’lanib 1700l bug’ hosil bo’ladi) ega. Suv yuqori elektr o’tkazuvchanlik hususiyatiga ega bo’lganligi uchun kuchlanish ostidagi elektr uskuna, jihozlar yong’inini o’chirishda qo’llanmaydi.



    Download 0,82 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 0,82 Mb.