• Barabanli donadorlash-quritgichi (BDQ)
  • Ammofos suspenziyasini bug’latish va BDQ jihozida donadorlash orqali ammofos ishlab chiqarish sxemasi
  • Ammofos ishlab chiqarishning moddiy balansi
  • Texnologik qism




    Download 0,82 Mb.
    bet11/16
    Sana16.12.2023
    Hajmi0,82 Mb.
    #120639
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
    Bog'liq
    Ammofos
    Konvertor jarayonining asoslari va maqsadlari, Diniy fanatizmning, marten, . Nodir metallarning fizik va kimyoviy xossalari., KORXONANING ASOSIY FONDLARI VA ISHLAB CHIKARISH QUVVATLARI , Radial taqsimlash tarmog\'ida elektr energiyasini uzatish, Geomexanik jarayonlar modelini qurish bosqichlari, Elektr apparat MUST, Kokil usulida quymalar olish texnologik jarayonini yozing., Qisqa tutashuvning boshlang\'ich toklarini hisoblashda qo\'llaniladigan usullar, GIDRAVLIKA, Eyler tenglamasi shakldagi qovushqoq bolmagan suyuqlik uchun har-fayllar.org, Bernulli tenglamasining geometrik va energetik mohiyati. , bir cho\'michli ekskavatorlar, 24. Yuqori molekulyar birikmalar.Babayev.B.
    9 rasm. Changlatgichli quritgichda ammofos ishlab chiqarish sxemasi:
    1 – reaktor-saturator; 2 – suspenziyani yig’gich; 3 – markazdan qochma nasos; 4 – suspenziya me’yorlashtirgichi; 5 – changlatgichli quritgich; 6 – siklon; 7 – ventilyator; 8 – absorber; 9 – shnek; 10 – maydalagich; 11 – elevator; 12 – bunker; 13 – ikki valli aralashtirgich; 14 – dumaloqlovchi baraban; 15 – barabanli quritgich; 16 – ikki xil teshikli elak; 17 – sovutgich; 18 – transportyor.
    Quritilgan donachalar ajratiladi. 3,2 mm dan yirik donachalar fraktsiyasi maydalanadi va yana ajratishga beriladi yoki fosfat kislotada eritiladi va jarayonga (ammoniylashtirishga) qaytariladi. 1 mm dan mayda fraktsiyalar donadorlashga yuboriladi; 1-3,2 mm li donachali fraktsiya esa tayyor mahsulot sifatida chiqariladi. Apatit va fosforitlar asosidagi mahsulot tarkibida, muvofiq ravishda: 52 va 47% P2O5umum., 51 va 46% P2O5o’zl., 50 va 41% P2O5s.e., 12 va 11% N, 1%
    H2O, 0 va 4% MgO, 3,5 va 3% F bo’ladi.
    Ammofos suspenziyasini quritishning ancha takomillashgan usuli – uni quritishlishini barabanli donadorlagichli quritgich (BDQ) yoki barabanli donadorlash quritgichli sovutgich (BDQS) jihozlarida amalga oshirish hisoblanadi. BDQ apparati ichki va tashqi retur (donachalar o’lchami belgilangan talablarga javob bermaydigan zarrachalar) bilan ishlaydi (11-rasm). U gorizontal yuzaga nisbatan 1-3° qiyalikda o’rnatilgan 35 m gacha uzunlikdagi, 1 m dan 4,5 m gacha diametrdagi aylanuvchi barabandan iborat bo’lib, temir-beton taglik ustidagi tayanch roliklari 2 ga tayantirilgan. Qisgich roliklari 3 esa barabanning surilishini oldin oladi. Barabanning aylantirishi elektrodvigatel 4 da hosil qilingan aylanma harakatning reduktor 5, tishli g’ildiraklar 6 orqali tishli chambarak 14 ga uzatilishi orqali amalga oshiriladi. Barabanning kirish qismida parrakli qabul qiluvchi moslama 13, butun uzunligi buyicha esa ko’tarib tashlovchi moslamalar 8 va chiqish qismida ichki returni tagi teshik konus 15 dan suspenziyani sachratish zonasiga uzatish uchun qaytargich shnek 7 o’rnatilgan. Tashqi retur esa quvur 11 dan uzatiladi. Yuklash kamerasi 9 ning oldingi tirqishiga apparatga beriladigan suspenziyani qisilgan havo (0,7-0,8 MPa) bilan sachratish uchun pnevmatik forsunka 10 o’rnatilgan bo’ladi. Bunda suspenziya namligi ~35% bo’lishi lozim.
    Issiqlik so’rg’ich yuklash kamerasiga ichki quvur 12 orqali kiradi. Ko’tarib tashlovchi moslama quritilayotgan donachalarning erkin tushishidan parda hosil qiladi. Bu pardadagi donachalarga changlatilgan suspenziyaning mayda tomchilari yopishadi va uning qurishi natijasida donachalar yiriklashadi. BDQ dan chiquvchi gazning xarorati 120-125°C bo’ladi. U changdan dastlab siklon (chang tutgich) da, so’ngra esa absorbtsion qurilmada yuvilish orqali tozalanadi. BDQ dan 2-3% namlik bilan chiqadigan quruq donachalar xarorati 100-105OC bo’ladi.

    10 – rasm. Barabanli donadorlash-quritgichi (BDQ):


    1 – aylanuvchi baraban korpusi; 2 – tayanch rolik; 3 - qisgich rolik; 4 – elektrodivigatel; 5 – reduktor; 6 – tishli g’ildiraklar; 7 - qaytargich shnek; 8 – ko’tarib tashlovchi moslama; 9 – yuklash kamerasi; 10 – forsunka; 11 – tashqi returni uzatish uchun quvur; 12 – issiqlik so’rg’ich kirishi uchun ichki quvur; 13 - parrakli qabul qiluvchi moslama; 14 – tishli chambarak; 15 – tagi teshik konus; 16 – chiqarish kamerasi.
    BDQ apparatlari bir-biridan tuzilish qismlari bilan farqlanadi va muntazam takomillashtirib borilmoqda. Ularning ayrimlarida donadorlash va quritishdan tashqari sovutish va donachalarga ajratish ham amalga oshiriladi.
    Ammofos suspenziyasini oraliq bug’latish sxemasi keng tarqalgandir (12 – rasm). Boshlang’ich fosfat kislotani oldindan natriy yoki kaliy sulfat, yoki soda bilan qayta ishlash undan anchagina miqdordagi ftorning ftorsilikatlar tarzida yo’qotilishi ta’minlaydi va shu bilan bir vaqtda undagi kalsiydan tozalanadi va boshqa qo’shimchalar (Fe, Al) miqdori kamaytiriladi. Bu ammofosdagi o’zlashuvchan va suvda eruvchan P2O5 ning konsentratsiyasini oshiradi, chiqindi gazlaridan ftorning ajratib olinishini osonlashtiradi, buning uchun ftorsizlangan fosfat kislota ishlatilishi mumkin.



    11 – rasm. Ammofos suspenziyasini bug’latish va BDQ jihozida donadorlash orqali ammofos ishlab chiqarish sxemasi:
    1 – TAB jihozi; 2 – bug’latuvchi jihozlar; 3 – aylantiruvchi nasoslar; 4 – bug’latilgan suspenziya yig’gichi; 5 – BDQ jihozi; 6 – elevator; 7 – elak; 8 – valkali maydalagich; 9 sovutgich; 10 – suzuvchi nasadkali absorber; 11 – yuvish minorasi; 12 – suyuq ammiakni bug’latgich; 13 – oraliq idish; 14 – issiqlik almashtirgich.
    Fosfat kislota (22-29% P2O5) gaz holatdagi ammiak bilan pH  55,5 gacha TAB – tezkor ammoniylashtiruvchi bug’latgich jihozida neytrallanadi (12 – rasm). Bu vertikal reaksion quvur (Ǿ 0,6 m, N  6 m) ostidagi Venturi soplosi (ichida gaz
    yoki suyuqlik tezligi oshadigan o’zgaruvchan kesimli kanal yoki qisqa quvur) dan ammiak va kislota kiritiladi. Reaktsiya issiqligi hisobiga massa qaynaydi va yuqoriga harakatlanadi, 1-2 minut ichida separatorga yetib boradi, suspenziya u yerdan aylantiruvchi quvur orqali reaksion quvurga qaytariladi. Uning bir qismi separatordan kontsentrlashga yuboriladi. Separatordan chiqadigan bug’ issiqlik almashtirgichda boshlang’ich kislotani isitish orqali kondensatlanadi. Ammofos suspenziyasi (NH3:H3PO4  1,1) ko’p qobiqli bug’latish qurilmasida kontsentrlanadi, u yerda undagi suv miqdori 55-56% dan 18-25% gacha kamaytiriladi; 1-qobiq vakuum ostida, 2-qobiq - atmosfera bosimida, 3-qobiq - yuqori bosimda ishlaydi; yangi hosil qilingan bug’ (0,3 mPa) 3- va 4- qobiqqa beriladi, 1- va 2-qobiqlarda esa jarayonda hosil bo’ladigan bug’ ishlatiladi. So’ngra 112-115°C haroratli suspenziya BDQ jihozida quritiladi va shu bilan bir vaqtda donadorlanadi. Sovutilgan va elakda ajratilgan mahsulotning zarracha o’lchami 1 mm dan kichik bo’lgan fraktsiyasi BDQ jihoziga tashqi retur sifatida qaytariladi. Yirik fraktsiya maydalashga yuboriladi, mahsulot fraktsiyasi esa 45°C gacha (konteynerlarga yuklashda yoki qog’oz qoplarga joylashtirishda) yoki 55°C gacha (polietilen qoplariga joylashtirishda) sovutiladi.
    Apatitdan (51% P2O5o’zl., 12% N) va Qoratog’ fosforitidan (47% P2O5o’zl., 11% N) 1 t ammofos mahsuloti ishlab chiqarish uchun sarf koeffitsientlari muvofiq ravishda, taxminan quyidagicha bo’ladi: Ekstraksion fosfat kislota (100% P2O5) – 0,54 va 0,5 t; NH3 – 0,15 va 0,14 t; tabiiy gaz (34,8 Mj/m3) – 28 m3; elektroenergiya 111 kVt•s; suv – 22 m3; qisilgan havo – 60 m3. P2O5 dan foydalanish darajasi 96% ni, NH3 dan esa – 97% ni tashkil etadi.
    Ammoniylashtiruvchi donadorlagich (AD) ishlatilgan holdagi sxema bo’yicha ammofos olishda (14 – rasm) 50-54% P2O5 gacha bug’latilgan Ekstraksion fosfat kislotaga chiqindi gazlarini absorbtsiyalashdan olinadigan oqavalar qo’shilib (undagi P2O5 miqdori 47-48% gacha kamayadi), aralashtirgichli reaktorlarda ammiak gazi bilan NH3:H3PO4  0,60,7 molyar nisbatigacha neytrallanadi.
    120-125OC harorat va 17-18% namlikdagi (ammoniylashtirish issiqligi hisobiga reaktorlarda 20-25% bug’langan) kislotali (rN  3) suspenziya AD jihoziga beriladi (15 – rasm). AD jihozida 85-95°C haroratda massa NH3:H3PO4  11,05 molyar nisbatigacha qo’shimcha neytrallanadi va mahsulot donadorlanadi; unda jarayonga berilgan 50% suv bug’lanadi. AD jihozidan chiqadigan nam (2,5- 3,5% H2O) donachalar to’g’ri oqimli barabanli quritgichda (250-350°C haroratdagi) o’txona gazlari bilan donachalar harorati 75-90°C bo’lgan holda quritiladi. So’ngra u elanadi va mahsulot fraktsiyasi sovutgichda 75-90°C dan 45- 55°C haroratgacha sovutiladi.
    Quritish barabanidan (105-115°C da) chiqadigan hamda neytrallagich va ammoniylashtiruvchi donadorlagichdan so’rib olinadigan gazlar chang, ammiak va ftordan tozalanadi; hosil bo’ladigan oqavalar reaktor-neytrallagichlarga yuboriladi. Mahsulot tarkibida ftor miqdorining kam (1% dan oshmasligi) keltirib o’tilgan jarayonning afzalliklaridan biri hisoblanadi; kuchsiz kislota ishlatilganda
    esa u 3,5-4% ni tashkil qiladi.
    Bu sxema bo’yicha 1 t ammofos (53% P2O5, 12% N) ga: bug’latilgan kislota shaklida 0,588 t P2O5; 0,151 t NH3; 9 m3 tabiiy gaz (34,8 Mj/m3); 67 kVt∙s elektroenergiya talab etiladi.

      1. Ammofos ishlab chiqarishning moddiy balansi

    Ammoniylashtiruvchi donadorlagich sxemasi bo’yicha ammofos ishlab chiqarish moddiy balansi keltirilgan. Moddiy balansni tuzishda quyidagi kattaliklar olindi: neytrallagichdagi NH3:H3PO4 nisbati – 0,7; neytrallagich, ammoniylash donadorlagichlardan yo’qotiladigan umumiy namlik, boshlang’ich fosfat kislotadagi 1 t P2O5 hisobiga – 480 kg; jarayon retur soni –4.
    Baland mo’rili quvurda hosil bo’ladigan va absorbtsiya tizimiga qaytariladigan kondensat absorbtsiya tizimida bug’lanadigan suv miqdoriga teng deb olinganligi sababli moddiy balans tuzishda e’tiborga olinmadi.

    Download 0,82 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 0,82 Mb.