|
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch Filiali
|
bet | 1/5 | Sana | 28.12.2023 | Hajmi | 306,12 Kb. | | #128754 |
Bog'liq BIOGEN ELEMENTLAR BIOGEN ELEMENTLAR Tirik organizmdagi hayotiy jarayonlarda bevosita ishtirok etuvchi yoki shu moddalar tarkibiga kiruvchi elementlar biologik faol yoki biogen elementlar deb ataladi BIOGEN ELEMENTLAR SINFLARI: - Organizmdagi miqdori bo‘yicha biogen elementlar quyidagicha sinflanadi:
- Makrobiogen elementlar — organizmdagi umumiy miqdori 1% va undan ortiq bo‘lgan elementlar. Bularga O, C, H, N, Ca, P misol bo‘ladi;
- Oligobiogen elementlar — organizmdagi miqdorlari 0,01—1% ni tashkil etadigan elementlar. Bunday elementlarga Mg, Fe, K, Na, Cl, S kiradi; ,
- Mikrobiogen elementlar — organizmdagi miqdori 0,01% dan kichik bo‘lgan elementlardir (Au, Se, Bi, Hg, Br, I va boshqalar).
Odam organizmida biogen elementlar. - Odam organizmida davriy sistemadagi elementlardan 80 dan ortig‘i saqlanib, ular o‘zaro nafaqat bajaradigan biologik xossalari, umumiy miqdori bilangina emas, balki turli a`zo va to‘qimalarda o‘zgacha taqsimlanishi bilan ham farqlanadi. Elementlarning turli a`zolarda o‘zaro farqli ravishda tarqalganligi ularning topografiyasi deb ataladi.
- Elementlarning ma’lum bir a`zo va to‘qimalarda taqsimlanish miqdori tashqi muhitning qator omillariga, iste’mol qiladigan asosiy mahsulot turlari va miqdoriga, insonning yoshiga, jinsiga, mehnat turiga va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi.
Biogen elementlarning organizmdagi miqdori. - Biogen elementlarning organizmdagi ta’siri ularning miqdoriga ham bog‘liq bo‘lib, ularning ta’sir tabiati ikki turga bo‘linadi.:
- Biotik ta’sir. Bunday ta’sir turi biogen elementlarni organizmda saqlanadigan miqdor chegaralarida qo‘llanishida kuzatiladi. Biogen elementlar bunday miqdorlarda ishlatilganda o‘z biologik faolligini organizmning fiziologik to‘siqlarini (bar`erlarini) qo‘zg‘atmagan va ular tomonidan qarshi ta’sir ko‘rsatilmagan sharoitda amalga oshiradi.
- Toksiko-farmakologik ta’sir. Biogen elementlarning biotik miqdoridan ancha yuqori bo‘lgan konsentratsiyalarda ishlatilishi fiziologik to‘siqlarning (hujayra membranalari va boshqalar) «funksional buzilishi» orqali o‘tadi va ko‘p hollarda zaharlovchi ta’sir ko‘rsatadi
|
| |