|
Urganch davlat universiteti texnika fakulteti geodeziya, kartografiya va kadastr yo
|
bet | 1/6 | Sana | 08.06.2024 | Hajmi | 2,74 Mb. | | #261683 |
Bog'liq Bobojonov Shahzod
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
TEXNIKA FAKULTETI
GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA KADASTR YO’NALISHI
211-GURUH TALABASI BOBOJONOV SHAHZODNING
MALAKAVIY AMALIYOT
HISOBOTI
Bajardi: Bobojonov.Sh
Amaliyot Rahbarlari: Normetov.S
Urganch_2024 yil
REJA:
I BOB AMALIYOT O‘TASH TARTIB QOIDALARI
Malakaviy ishlab-chiqarish amaliyoti texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishish
1.2 Amaliyot ichki tartib qoidalari
1.3 Korxona va tashkilotlar bilan tanishish
II BOB O’ZBEKISTON RESPUBLIKA IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI KADASTR AGENTLIGI DAVLAT KADASTRLARI AGENTLIGI AMUDARYO TUMANI BO’LIMI
2.1 Amudaryo tumani Kadastr agentligining tuzilmasi
2.2 Kadastr agentligining davlat kadastrlar agentligini Amudaryo tumani bo’limi bilan tanishish
KIRISH
Respublikamizda yirik korxonalar, inshootlar, ko‘p qavatli va zamonaviy turar joy binolari, ijtimoiy-madaniy muassasalar, yirik va katta uzunlikdagi ko‘priklar, avtomobil va temir yollari qurilmoqda. Xo‘jaliklaming maydonlarini tashkillashtirishda, aholi yashash punktlarim joylashtirishda, meleratsiya va gidrotexnika inshoatlarni barpo qilish, qazilma boyliklami izlash va shunga o‘xshash ko‘plab ishlarni bajarishdagi masalalami topografik-kartografik hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirdagina muvoffaqiyatli xal etish mumkin. Ularni loyihalash, qurish va ishlatish jarayonida uzluksiz geodezik o‘lchash va kuzatish ishlari olib boriladi.
O‘zbekiston respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida o‘zbekiston respublikasi prezidentining 2017-yil 31-maydagi “yerdan oqilona foydalanish va muhofaza qilishni nazoratini kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlarini yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” pf-5065-sonli farmonini ijro etish maqsadida ko‘plab ishlar olib borilyabdi. O‘zbekiston respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasini yanada rivojlantirish, 2017- 2021-yillarda sohaga ilg‘or fan-texnika yutuqlarini joriy etish, moddiy- texnika bazasini yangilash, tarmoqqa xalqaro grantlarni jalb etish chora-tadbirlari ishlab chiqilib amaliyotga tadbiq qilinyabdi. Geodeziya fani qishloq xo‘jaligini planlashtirishga doir yer tuzish va yer kadastri ishlarida, xarbiy ishlarda, mamlakatimiz boyligini aniqlashda, melioratsiya va gidrotexnikada, o‘rmon xo‘jaligi kabi muxim soxalarda keng qo‘llaniladi. Topografik plan va karta esa geodezik o‘lchash natijalari asosida chiziladi.
Ma’lumki, geodeziya qadimiy fan bo‘lib, u boshqa fanlar kabi insoniyatning kundalik hayotiy zaruriyati natijasida vujudga kelgan.Uning yordamida qadimiy noyob inshootlaribalandligi 150-200 m bo‘lgan piramidalar, mayoqlar, gidrotexnik inshootlar, ko‘priklar, tunnellar, katta masofadagi yo’llar, hamda o‘zining salohiyati bilan insoniyatni hozir ham hayratga solib kelayotgan saroy va qasrlar qurilgan. Bu inshootlar shu davrdagi rejalash va trassalash ishlarining yuqori darajada amalga oshirilganligidan dalotlar beradi. Yer tuzish va yer kadastri ishlarini o‘tkazishda geodeziya muhim axamiyatga egadir, uning vazifasi chegaralami tashkillashtirish, loyixa tuzish va xo‘jalikning almashlab ekish dalalarini joylashtirishdan iboratdir. Yer tuzish va yer kadastri ishlarini tashkillashtirishning tayyorgarlik bosqichida geodeziyaga topografik-kartografik hujjatlar bilan ta’minlash masalasi yuklatiladi.
Xalq xo‘jaligining turli soxalarini geodezik va topografik- kartografik hujjatlar va ma’lumotlar bilan ta’minlash maqsadida hozirgi vaqtda turli texnologiyalar, jumladan, kompyuter, gps va elektron taxeometrlaming turli markalari ishlab chiqilmoqda va qo‘llanilmoqda. Loyihani tuzish bosqichida geodeziya loyihaning texnikaviy qismini bajaradi, ya’ni loyihani joyga ko‘chirishni amalga oshiradi. Qishloq xo‘jaligida yer tuzuvchilarga geodezik o‘lchash ishlarini topografik plan va kartadan foydalanib joylarda bajarishga to‘gri keladi. Demak, geodeziya fani yer tuzish va yer kadastri mutaxasisligi uchun asosiy fanlardan biri bo‘lib hisoblanadi. 3-kurs 211-guruh talabalari ishlab chiqarish amaliyotimiz umumiy davom etish davri 3 haftani tashkil etib shu 3 hafta davomida bitta tashkilotga biriktirildik. Men biriktirilgan tashkilot “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligi davlat kadastrlari agentligi Amudaryo tumani bo’limi” korxonasida amaliyot oʼtashim kerak edi. Аmaliyot 13.05.2024 yildan 01.06.2024 yilga qadar shu amaliyotda koʼnikmalarimni oshirishim kerak edi. 2024-yil 13-may kuni biz umumjamoa bilan dastlab universitetga yig‘ildik, amaliyot davrida bajariladigan ishlarni rejalashtirib texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish to‘g‘risidagi yo’riqnoma bilan tanishib unga imzo chekdik.
13.05.2024 yil kuni men “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligi davlat kadastrlari agentligi Amudaryo tumani bo’limi”ga yetib bordim u yerda meni X.Aminov kutib oldi. Majlis o’tkazib tashkilot ichki tartib qoidalari hamda amaliyot davridagi qilinadigan ishlar to’g’risida tushuntirish ishlari olib borishdi va shu kundan amaliyot o’tash jarayoni boshlandi.
|
| |