181
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini tayyorlab,
www.regulation.gov.uz
portaliga joylashtirdi
[4]. Ushbu qaror loyihasida Solvency II rejimi quyidagi uchta
tarkibiy qismdan iborat
ekanligini ko‘rsatilgan:
1-tarkibiy qism. Kapitalga nisbatan miqdoriy
talablarni belgilash;
2-tarkibiy qism.
Korporativ bosharuv tizimi;
3-tarkibiy qism. Axborot ochiqligiga va hisobotlarga bo‘lgan talablar.
Qaror loyihasida ushbu tarkibiy qismlarning har birining
mazmuni yoritilgan hamda
ularni joriy etish bo‘yicha quyidagi muddatlar belgilangan:
1-tarkibiy qism bo‘yicha talablarni ishlab chiqish 2020-yilda
boshlanadi va miqdoriy
tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, taxminan 2021-yilda tugallanadi.
2-tarkibiy qism bo‘yicha talablarni ishlab chiqish muddati 2021-2022 yillar.
3-tarkibiy qism bo‘yicha talablarni ishlab chiqish 2023- yil etib belgilangan.
Riskka
qaratilgan
yondashuv
asosida
tartibga
solishga
yo‘naltirilgan,
sug‘urtalovchilarning kapitali yetarliligi va to‘lov qobiliyati bo‘yicha
Solvency II standartini
O‘zbekiston sug‘urta sektoriga joriy etish natijasida sug‘urta qildiruvchilarning manfaatlarini
samarali himoya qilish ta’minlanadi, sug‘urta tizimiga bo‘lgan ishonch yuksaladi, milliy va chet
el investorlari uchun milliy sug‘urta kompaniyalarining shaffofligi
va investitsiyaviy
jozibadorligi oshadi, sug‘urta kompaniyalariga nisbatan tartibga
solish va nazorat qilish
tartib-tamoyillari xalqaro tan olingan qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtiriladi.
Shuningdek, standartning joriy etilishi natijasida potensial obyektlarning sug‘urta
himoyasi bilan qamrab
olish darajasi kengayadi, sug‘urta mukofotlarining YIMdagi salmog‘i
hamda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sug‘urta mokofotlari
miqdori sezilarli ravishda
oshadi.