• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Yengil sanoatga kiritilyotgan invistitsiyalar tahlili Reja




    Download 27.32 Kb.
    Sana28.03.2023
    Hajmi27.32 Kb.
    #47238
    Bog'liq
    Javascript, 35. Yulduzlarning paydo bo’lishi va evolyutsiyasi, 1, o-zbekistonda-paxta-ishi-o-zbek-ishi-kampaniyalari-boshlanishi-va-uning-qashqadaryo-viloyatida-amalga-oshirilishi (1), MATNLINGVISTIKASI, Biznes muloqot va akademik yozuv [@iqtisodchi kutubxonasi], Baxromov Firdavs & Berdiboyev Mirkomil Biznesdagi biznes madaniyati, 1000-V-gacha-va-undan-yuqori-kuchlanishdagi-kommutatsion-apparatlar, 12312312, Matematika 01

    Yengil sanoatga kiritilyotgan invistitsiyalar tahlili
    Reja:

    1. Yengil sanoat

    2. Iqtisodiyotga investitsiya berish

    3. Mustaqillik yillarida yengil sanoat

    Yengil sanoat — xilma-xil xom ashyodan keng isteʼmol mahsulotlari va buyumlari ichki chizimga ixtisoslashgan sanoat tarmoqlari majmui. Yengil sanoatda xom ashyoga ham dastlabki ishlov berish, ham tayyor mahsulot ichki chizimda amalga oshiriladi. Ye.s.da paxta, ipak, zigir, kanop, jut tolalari, hayvonlar terisi, juni, sunʼiy tolalar, sunʼiy charm xom ashyo sifatida foydalaniladi. Uning asosiy tarmoqlari toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻnchilik, moʻynadoʻzlik, poyab-zal sanoatlari hisoblanadi. Yengil sanoat maq-sulotlari, shuningdek, mebelsozlik, aviatsiya, avtomobil, oziq-ovqat va b. sanoat tarmoqlarida, qishloq xoʻjaligi, transport, sogʻliqni saqlash va boshqalar. sohalarda ishlatiladi.[1]Yengil sanoat yirik fabrika industriyasining tarmogʻi tarzida 18-asrning 2-yarmida barpo qilindi. Yengil sanoatning qadimiy tarmoqlaridan biri boʻlgan toʻqimachilik sanoatida texnika taraqqiyoti toʻqimachilik sanoatining kapitalistik manufaktura bosqichidan yirik mashinalashgan industriya bosqichiga oʻtishi uchun baza yaratgan 18-asrdagi ulkan kashfiyotlar bilan bogʻliq. Lekin qoʻlda paxta va jundan ip tayyorlash va toʻqish, charmdan poyabzal tikish uchun terini kayta ishlashning oddiy usullari Hindiston, Xitoy, Misr, Oʻrta Osiyoda mil. avval bir necha asr ilgari maʼlum boʻlgani tarixiy adabiyotlarda qayd etilgan va arxeologik topilmalar bilan tasdiqlangan. Hoz. Oʻzbekiston hududida 19-asrning oxiriga qadar xoʻjalik taraqqiyoti xonaki, kosibchilik,hunarmandchilik ishlab chiqarishidan iborat edi. Sanoat usulida ishlab chiqarilgan kiyim-kechak, poyabzal, trikotaj mahsulotlari, gazmollar asosan Rossiyaning markaziy shaharlaridan olib kelingan, chetga, asosan Rossiyaga paxta tolasi, xom ipak, teri va boshqa xom ashyo turlari chiqarilgan.Oʻzbekistonda Yengil sanoat mahsulotlarini sanoat asosida ichki chizimga 19-asrning oxirida, 1874-yilda Toshkent shahrida paxta tozalash zavodi qurilishi bilan asos solingan. 20-asr boshlarida Yengil sanoat sohasi asosan paxtani qayta ishlash korxonalaridan iborat boʻlib, yalpi sanoat mahsulotining qariyb 4/5 qismi shu sohaga toʻgʻri kelgan. 1920-yillardan paxta tozalash zavodlari, pillakashlik, yigiruv-toʻquv, tikuvchilik, charm-galantereya, poaybzal fabrikalari qurila boshladi, respublikaning oʻzida yetishtirilgan xom ashyodan tayyor mahsulot ichki chizim maqsadlarida mayda tarqoq hunarmandlarni birlash-tirib, sanoat asosi yaratildi. 1926-yilda Toshkentda "Qizil tong" tikuvchilik fabrikasi, 1927-yilda Toshkent poyabzal fabrikasi, 1928-yilda Toshkent koʻn zavodi, 1926-yilda Fargʻona tikuvchilik fabrikasining birinchi navbati (10000 urchuq va 300 toʻquv dastgohi) ishga tushirildi. Fargʻona (1927), Samarqand (1927), Buxoro va Margʻilon (1928) pillakashlik fabrikalari, Samarqand shoyi toʻqish fabrikasi (1930) ishga tushirilishi bilan Oʻzbekistonda ipakchilik sanoati poydevori yaratildi. 1937-yilda toʻqimachilik sanoati gigantlaridan biri — Toshkent toʻqimachilik kombinati ishlay boshladi. Ikkinchi jahon urushigacha boʻlgan davrda trikotaj sanoati tarmogʻida Qoʻqon ip yigiruv-paypoq toʻquv kombinati, Fargʻona va Toshkentda trikotaj buyumlari fabrikalari ishga tushirildi. Urushdan keyingi yillarda Yengil sanoat tarmoqlari yanada rivojlandi, bu sanoatning texnika bazasitakomillashtirildi.60-yillarda respublikada trikotaj ichki chizimi ancha taraqqiyotga erishdi, Toshkent "Malika" trikotaj ichki chizim birlashmasi, Andijonda ichki trikotaj buyumlari fabrikasi qurildi. 70—80-yillarda Xivada gilam kombinati, Buxoro toʻqimachilik kombinatining 1-navbati, Andijon toʻqimachilik kombinati, viloyatlarning kichik shaharlari va tuman markazlarida nisbatan kichik quvvatli yigiruv, toʻquv, yigiruv-toʻquv fabrikalari ishga tushirildi. 2000-yil 4 martda koʻn-poyabzal sanoati korxonalari "Oʻzbekcharmpoyabzal" uyushmasiga birlashdi.1991—2000-yillarda tarmoq boʻyicha 22 loyiha amalga oshirildi, jumladan Koreya Respublikasining "Kabul Tekstaylz" firmasi ishtirokida Toshkent va Toʻytepa shaharlarida joylashgan "Kabul-Oʻzbek Ko" (quvvati yiliga 47,0 ming t yigirilgan paxta ip va 24 mln. m gazlama), Fargʻona toʻqimachilik kombinatini qayta jihozlash asosida "Kabul Fargʻona K°" (loyiha qiymati 110 mln. AQSH dollari) qoʻshma korxonalari ishga tushirildi. Namanganda Turkiyaning "Aston" firmasi bilan hamkorlikda "Asnam tekstil" (quvvati yiliga 30,2 ming t yigirilgan ip), "Timas" va "TIMI" firmalari bilan "Kosonsoy-Tekmen" (yillik quvvati 4,2 mln. m jun va movut gazlamalar) qoʻshma korxonalari, Qarshida "Pashtete", Gurlanda "Gurlanteks", Andijonda "Anteks" toʻqimachilik majmualari va b. qurildi va ishga tushirildi (ularning yillik quvvati 18,0 mln. dona tikuvchilik va trikotaj buyumlari). "Fargʻonapoyabzal" aksiyadorlik jamiyati bilan Germaniyaning "Salamander" firmasi ishtirokida "Oʻzsalaman" qoʻshma korxona ishga tushirildi (1995, yillik loyiha quvvati 500 ming juft poyabzal).Hozirgi davrda Oʻzbekiston Yengil sanoati koʻp tarmoqli indoʻstrial majmua boʻlib, uning tarkibida paxta tozalash zavodlari, toʻqimachilik, trikotaj, pillakashlik, shoyi toʻqish, tikuvchilik, koʻn-poyabzal, gilamchilik, chinni-fayans buyumlari va attorlik mollari ichki chizim sohalarida 150 ga yaqin korxona bor. Shulardan 14 tayen 1994—2000-yillarda chet'el kapitali ishtirokida tashkil qilingan qoʻshma korxonalardir [(bu korxonalar tarmoqda ishlab chiqarilgan umumiy mahsulot hajmining 20,6% ni, eksportga chiqarilgan mahsulot hajmining 88,1% ni beradi (2000)]. Respublika sanoat mahsuloti umumiy hajmida Yengil sanoat hissasi eng katta salmoqqa ega va 2000-yilda 20,1% ni tashkil qildi (1995-yilda 19%)."Oʻzbekengilsanoat" davlat uyushmasi tomonidan respublika Yengi sanoatni rivojlantirishning 2000 — 2005-yillarga moʻljallangan dasturi ishlab chiqilgan. Dasturda Oʻzbekistonga chetdan ilgʻor texnologiyani keltirish, chet'el investitsiyasini jalb etish, bank kreditidan foydalanib yangi zamonaviy korxonalar qurish, jahon bozoriga raqobatbardosh mahsulotlar chiqarish, eksport imkoniyatlarini oshirish va b. belgilangan. Dasturga koʻra 2000—2005-yillarda ipgazlama tarmogʻida 33 ta korxonani qayta jihozlash, 17 korxonani qurib bitkazish, tikuvchilik-trikotaj tarmogʻida 5 korxonani qayta jihozlash, 1 korxonani qurib tugallash moʻljallangan. Respublika hududida qayta ishlanadigan paxta tolasi hajmi 1999-yildagi 110,2 ming t dan 2005-yilda 476,4 ming t ga yetkaziladi, ip gazlama ichki chizimini 1,8 marta, gilam ishlab chiqarishni 2,7 marta, trikotaj matolarini 2,9 marta, tibbiyot momigʻini 30,9 marta, trikotaj buyumlari ichki chizimini 1,5 marta koʻpaytirish koʻzda tutiladi, qoʻshimcha 37,7 ming dan ortiq yangi ish oʻrinlari tashkil etiladi. Yengil sanoat tarmoqdaridagi ilmiy-texnologik, loyihalash, konstruktorlik muammolari bilan "Yengilsanoat" loyiqa instituti (Toshkent), "Shoyi" tadqiqot instituti (Margʻilon shahri) va uning Toshkentdagi shoʻʼbasi, Respublika kiyimlar modellari uyi, Respublika poyabzal modellari uyi, Respublika trikotaj mahsulotlari modellari uyi va boshqalar shugʻullanadi.. Bugungi kunda 57 korxonada 60 dan ortiq turdagi sport buyumlari ishlab chiqarilayotir.Chet el investitsiyalarini jalb etish, yangi qo‘shma korxonalar tashkil qilish va mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish mamlakatimiz yengil sanoatini rivojlantirish imkonini bermoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida sohaga 153,7 million AQSh dollari jalb qilindi. Buning samarasida 25 investitsiyaviy loyiha amalga oshirilib, 2 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi.Paxta tolasini chuqur qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish orqali yurtimizda yengil sanoat tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha tegishli dasturlar ishlab chiqilayotir. Jumladan, yurtimizda qabul qilingan 2015-2019 yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilish dasturi asosida to‘qimachilik sanoatida umumiy qiymati qariyb bir milliard dollarga teng bo‘lgan 77 muhim loyiha amalga oshirilmoqda.Tarmoqni yanada rivojlantirish maqsadida 2017-2021yillarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida umumiy qiymati 2,2 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 140 loyiha amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.Joriy yilda qiymati 90 million dollarga teng 25 yangi sanoat korxonasi ishga tushirildi.Engil sanoat korxonalari mahsulot eksportini kengaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Shu yilning o‘tgan 9 oyida eksport hajmi 767,3 million dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17,9 foiz ko‘pdir. O‘tgan davrda eksport qiluvchi korxonalar soni 38 taga ko‘payib, 250 taga yetdi.Bugungi kunda jamiyat korxonalari eksport qilinayotgan tayyor mahsulotlar turini kengaytirish borasida faol ish olib bormoqda. Xususan, tarmoq korxonalari eksporti tarkibiga olachipor, zich tayyorlangan va bambukli ip, tayyor to‘quv-trikotaj buyumlarining yangi modellari, yotoqxona va oshxona choyshablari, yorliqlar, poplin, satin va paxmoq gazlamalar, bolalar ko‘ylagi va boshqa yangi turdagi mahsulotlar kiritildi. Bozor talablari inobatga olingan holda, tikuvchilik-trikotaj buyumlari turi yangilandi. Bugungi kunda umumiy eksport hajmida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ulushi 42 foizni tashkil etmoqda. 
    So‘nggi yillarda respublikada yengil sanoatning to‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik tarmoqlarini rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarning turlari va assortimentini kengaytirish, shuningdek, tarmoq korxonalarining investitsiya va eksport faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.Ko‘rilgan chora-tadbirlar respublikada ishlab chiqarilayotgan paxta tolasining 80 foizdan ko‘prog‘ini va ip kalavaning 45 foizdan ko‘prog‘ini qayta ishlash bo‘yicha quvvatlarni yaratish, shuningdek, 2018-yilda tayyor mahsulot eksport hajmini 1,6 milliard AQSh dollariga yetkazish imkonini berdi.Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirish uchun berilgan imtiyozlar va preferensiyalar mahalliy tayyor charm ishlab chiqarish hajmini 6 foizga va krast bosqichidagi charm ishlab chiqarish hajmini 44 foizga oshirish imkonini yaratdi.Shu bilan birga jahon bozorlaridagi raqobatning kuchayishi, texnologiyalarning rivojlanishi va xorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining kamaytirilishi ushbu sohalarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqilishini talab etmoqda.Iqtisodiyotga investitsiya jalb qilish sohasida 2021-yilning asosiy yakunlari, hududlarida loyihalarni tanlash va amalga oshirishning yangi mexanizmini joriy etish, strategik rejalashtirish sohasida qanday islohotlar va Toshkent xalqaro investitsiya forumi toʻgʻrisida Strategik rivojlanish agentligi bosh direktori oʻrinbosari Aleksey Sim bilan suhbatlashdik.Qulay investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini shakllantirish orqali strategik masalalarni yuzaga chiqarish va hal etish Strategik rivojlanish agentligining asosiy vazifasi hisoblanadi.– Strategik rivojlanish agentligi tashkil etilganiga hali koʻp boʻlgani yoʻq. Agentlikning maqsad, vazifalari va funksiyalari, shuningdek, hozirgacha amalga oshirilgan ishlar haqida gapirib bersangiz.– Hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga katta hissa qoʻshishga qodir yirik strategik investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini yaratish uchun qulay investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini shakllantirish orqali strategik masalalarni yuzaga chiqarish va hal etish Strategik rivojlanish agentligining (SRA) asosiy vazifasi hisoblanadi.Shu maqsadda har yili hududlarning investitsion muhiti tahlil qilib boriladi, bu ish har bir hududni sohani boshqarish boʻyicha mavjud tizim sifati hamda hududning investitsiya salohiyati darajasi (mehnat resurslari, moliyaviy resurslar, infratuzilma, yer va tabiiy resurslar va boshq.) nuqtayi nazaridan baholashga imkon beradi. Mazkur tahlil bu hududlarning kuchli va zaif tomonlarini xolisona aniqlashga va ularning investitsion jozibadorligini oshirish boʻyicha konkret takliflar ishlab chiqish uchun zamin yaratishga yordam beradi.Shuningdek, barcha takliflar biznes-hamjamiyat va davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda keng muhokamadan oʻtkaziladi. Shu maqsadda davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar, tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida samarali hamkorlik qilish uchun ekspert platformalari tashkil etilgan. Agentlik tomonidan biznes-hamjamiyat va xalqaro maslahatchilar bilan birgalikda norasmiy iqtisodiyot koʻrsatkichlari eng yuqori boʻlgan sektorlar tahlili oʻtkazilgan boʻlib, ushbu tahlil Oʻzbekistonda biznes yuritishdagi toʻsiq va gʻovlarni kamaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishga qaratilgan. Oʻzbekistonga investitsiya kiritish hajmi boʻyicha qaysi davlatlar yetakchilik qildi?– 2021-yil yakuniga koʻra, oʻzlashtirilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 11,1 mlrd. dollarni tashkil etdi (yillik prognozga nisbatan 113% bajarildi), shu jumladan, asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 9,8 mlrd. dollarga yetdi (2020-yil koʻrsatkichlariga nisbatan oʻsish surʼati 110%).Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlar 9 mlrd. dollarga yoki prognozga nisbatan 117%ga, shu jumladan, asosiy kapitalga 2020-yilga nisbatan 124 foizlik oʻsish bilan 8,2 mlrd. dollar oʻzlashtirildi. Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlarining oʻzlashtirilishi 2,1 mlrd. dollar yoki yillik prognozning 100 foizini tashkil etdi.2021-yilda TTXI va kreditlar hisobidan tarmoq korxonalari tomonidan 3,8 mlrd. dollar yoki prognozga nisbatan 103 foizga, hududiy loyihalar boʻyicha esa 5,2 mlrd. dollar yoki prognozga nisbatan 130 foizga oʻzlashtirildi. Investitsiyalarning asosiy hajmi energetika sektori, metallurgiya, kimyo sanoati, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish, IT-texnologiyalar, qurilish, farmatsevtika, yengil sanoat, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarga toʻgʻri keldi.Bugungi kunda Oʻzbekiston iqtisodiyotiga 50 dan ortiq davlat investitsiya kiritayotgan boʻlib, xususan, Xitoy (2,2 mlrd. doll.), Rossiya (2,1 mlrd. doll.), Germaniya (800,7 mln. doll.), Turkiya (1,18 mlrd. doll.) va Janubiy Koreya (137,4 mln. doll.) asosiy investor davlatlar hisoblanadi.– Maʼlumki, SRA hamda ITSV hamkorligida loyiha guruhlari tomonidan respublika hududlarida loyihalarni tanlash va amalga oshirishning yangi mexanizmini joriy etish boʻyicha tegishli ishlar olib borilmoqda. U mavjud tizimdan nimasi bilan farq qiladi? Yangi tizim aynan qachon ishga tushadi?– Mamlakat rahbariyati tomonidan taklif etilgan loyiha guruhlarining respublika hududlarida ishlash mexanizmi Agentlik ishtirokida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan puxta ishlab chiqildi. Agentlik loyiha guruhlaridan tortib, to jarayonda ishtirok etayotgan idoralargacha boʻlgan har bir loyiha aʼzosi uchun dastlabki ish metodologiyasini ishlab chiqdi. Yangi mexanizm “pastdan yuqoriga” prinsipi asosida ishlaydi.Tuman va shaharlarning loyiha guruhlari biriktirilgan hududning salohiyat va imkoniyatlarini oʻrganadi va tahlil qiladi, mahalliy tadbirkorlarga viloyat miqyosidagi loyiha ofislariga joʻnatiladigan loyiha talabnomalarini tayyorlashda koʻmaklashadi.Viloyat loyiha ofislari tumanlardan olingan barcha maʼlumotlarni toʻplaydi va tahlil qiladi, viloyat miqyosida loyiha talabnomalarining imkoniyatlarini, jumladan, bir nechta (ham mavjud, ham istiqboldagi) loyihalarni potensial kooperatsiya nuqtayi nazaridan koʻrib chiqadi, ustuvor loyihalar tanlovini amalga oshiradi. Barcha maʼlumotlar Markaziy loyiha ofisi – ITSVga topshiriladi.Respublika loyiha ofisi eng ustuvor investitsiya loyihalarini aniqlab, butun respublika kesimida loyihalar portfelini shakllantiradi. Loyiha ofisi oʻz tarkibiy boʻlinmalari va qaramogʻidagi agentliklari kuchi bilan loyiha hujjatlarini, jumladan, tizerlar va biznes-rejalarni, taqdimotlarni tayyorlash va tamomiga yetkazish ishlarini tashkil qiladi. Soʻngra ishlab chiqilgan loyihalar portfeli chet el investorlarini jalb qilish maqsadida Tashqi ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi elchixonalariga, shuningdek, mahalliy investorlar tomonidan loyihalar izlanishi va taqdimoti uchun tuman va viloyat loyiha ofislariga topshiriladi.Loyiha guruhlarining ishi shu bilan tugamaydi – investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonidan to loyiha barqarorligi yoki daromadliligi bilan bogʻliq muayyan koʻrsatkichlarga erishilgunga qadar ushbu loyihalarga hamrohlik qilinadi. Investitsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash qismida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasidan moliyaviy koʻmak olish imkoniyatini ham taʼkidlab oʻtish joiz.Yangi mexanizm allaqachon ishga tushirilgan, maʼlumotlarni toʻplash va loyiha gʻoyalarini generatsiya qilish boʻyicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.Maʼlumki, Strategik rivojlanish agentligi tadbirkorlarning tizimli muammolarini hal etish boʻyicha yangi onlayn-platforma yaratish ustida ishlamoqda. Ushbu loyiha hozirda qaysi bosqichda? U qachon ishga tushiriladi? Texnologiyalar hukmronlik qilayotgan zamonaviy olamda mobil-oʻzgaruvchan IT-yechimlar har qanday murakkab jarayonlarni soddalashtirishga chaqirilgan. Shu sababdan, bugungi kunda foydalanuvchilar orasida “user friendly” interfeys tushunchasi qoʻllanila boshlandi, bu asosan “foydalanuvchiga nisbatan doʻstona” degan maʼnoni anglatadi.Bizning onlayn-platforma (kraudsorsing) aynan shu mulohazalardan kelib chiqqan holda: ham investorlar, ham tadbirkorlar uchun “bir darcha” tamoyili asosida ishlaydigan yagona portal yaratish maqsadida ishlab chiqilmoqda. U orqali investor oʻziga zarur barcha maʼlumotlar va potensial hamkorlarni, shuningdek, amalga oshirish uchun loyihalarni topishi, kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishi mumkin boʻladi. Tadbirkorlar eksport-import operatsiyalarini onlayn tarzda rasmiylashtirish, boshqa biznes-jarayonlarni (jumladan, muhim masalalar boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri murojaatlar ham koʻzda tutiladi) hal qilish imkoniyatiga ham ega boʻladi. Qoʻyilgan vazifa chindan ham keng koʻlamli.Soʻnggi yillarda ushbu sohada kuzatilgan koʻplab ijobiy oʻzgarishlar qatorida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Biznes-ombudsman institutlari hamda Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalarining tashkil etilganini alohida taʼkidlash mumkin.Institutsional takomillashuv hamda investitsion va iqtisodiy sohalardagi keng miqyosli islohotlar, shuningdek, biznes-muhit va investitsiya iqlimini yaxshilash boʻyicha tegishli vazirlik va idoralarning oʻzaro samarali hamkorligi tufayli Oʻzbekiston IHTTning «Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni tartibga soluvchi cheklovlar indeksi»ga kiritildi. Ushbu indeks turli davlatlar iqtisodiyotlarining IHTT oʻrtacha koʻrsatkichlari darajasidagi koʻrsatkichlar bilan xorijiy investorlar uchun ochiqligi darajasi indekatori hisoblanadi.Ishonchimiz komilki, Oʻzbekiston erishayotgan natijalar investorlar uchun yaxshi daʼvat boʻlib xizmat qiladi.Masalan, Malayziya 1956-yildan boshlab, oʻrta muddatli 5 yillik rivojlanish rejalaridan tashqari, «Milliy transformatsiya 2030» uzoq muddatli strategik rivojlanish rejasini ishlab chiqdi. Mazkur reja oʻz oldiga 20 yil ichida dunyoning 20 ta yetakchi davlatidan biriga aylanish, ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalar boʻyicha xalqning “gʻoyaviy yoʻl boshlovchisi” boʻlish, YAIM hajmini 2 baravar, aholi jon boshiga YAIM hajmini 2,5 baravar oshirish maqsadlarni qoʻygan edi.Mamlakat taraqqiyotining xuddi shunday uzoq muddatli maqsadlari asosida oʻrta muddatli istiqbolga moʻljallangan aniq strategiyalarni, hududlar va tarmoqlar boʻyicha strategiyalarni, shuningdek, rivojlanishning muayyan maqsadli koʻrsatkichlari belgilangan maqsadli strategiyalarni ishlab chiqishga oid harakatlarni tashkil etish maqsadga muvofiq boʻlib, ularning amalga oshirilishi istiqboldagi strategik maqsadlarga erishish uchun zarur. Ushbu strategiyalar asosida 3–4 yilga moʻljallangan loyihalar portfellari va 1–2 yillik qisqa muddatli davlat dasturlari shakllantirilishi lozim. Ushbu barcha hujjatlarning oʻzaro vertikal va gorizontal bogʻliqligini taʼminlash oʻta muhimdir.Ikki kunlik dastur doirasida Oʻzbekistonning sanoat salohiyati, shuningdek, jahondagi yetakchi kompaniyalarning ilgʻor innovatsion texnologiyalari va yechimlariga bagʻishlangan koʻrgazma tashkil qilinadi. “Oʻzbekiston: investitsiyalar va innovatsiyalar uchun mintaqaning yangi maskani”, “Rivojlanayotgan davlatlarda tadbirkorlik”, “Mintaqaviy savdo va infratuzilma”, “Industriya 4.0”, “Sanoat tarmoqlarining investitsion salohiyati” kabi beshta yoʻnalish boʻyicha tuzilgan 26 ta sessiyalar, davra suhbatlari va biznes-nonushtalar oʻtkazish koʻzda tutilgan.Forumni Oʻzbekiston uchun sifat jihatdan yangi darajada, ilgʻor xorijiy tajribaga muvofiq tarzda tashkil etish, dasturni yalpi, mavzular boʻyicha yigʻilishlar va tarmoq sessiyalarida jonli muhokama va munozaralar bilan boyitish maqsadida professional xorijiy kompaniyalar jalb etiladi.Ayrim xorijiy kompaniyalarga ularning tajribasi va ixtisosligini inobatga olgan holda muayyan sessiyalarni biriktirish rejalashtirilgan. Bunda tadbirga jalb qilingan barcha kompaniyalar tomonidan media va piar koʻmak taqdim etiladi. Xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarining shu kabi tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha tajribasini inobatga olgan holda, bugungi kunda YETTB, XMK, AmCham, EUROUZ va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli ishlar olib borilmoqda.Ushbu tadbir Oʻzbekistonning xalqaro investitsiya va biznes hamjamiyatlari uchun ochiqlik tarafdori ekanini namoyish etadi, Markaziy Osiyo uchun yangi xalqaro platformani yaratadi, bu esa Oʻzbekiston Respublikasining jadal rivojlanayotgan bozorida yangi oʻsish nuqtalarini topishdan manfaatdor boʻlgan yirik investitsion, moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlar va kompaniyalar rahbarlarini jalb qiladi.Forum yakunlari boʻyicha Oʻzbekistonning investitsion jozibadorligi ortishi kutilayotgan boʻlib, yetakchi xorijiy kompaniyalarning mamlakatimizda ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qiziqishi oshadi; ishbilarmonlik iqlimini yaxshilash, mehnat unumdorligini oshirish, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishga qaratilgan yangi yechimlar ishlab chiqiladi; iqtisodiyot tarmoqlarida innovatsion investitsiya loyihalarini samarali moliyalashtirish mexanizmlarini shakllantirish, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiy salohiyatini yanada mustahkamlash, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar uchun yagona bozor sifatida mintaqaning jozibadorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.Ma’lumki, yengil sanoat iqtisodiyotning muhim bo’g’ini hisoblanadi.“O’zbekengilsanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida mustaqillik yillarida mamlakatimiz yengil sanoatida erishilgan yutuqlar tahlil qilindi.Istiqlol yillarida yengil sanoat mamlakatimiz makroiqtisodiyot kompleksida munosib o’rin egalladi. Prezidentimiz rahnamoligida yaratilayotgan qulay sharoitlar, imtiyoz va preferensiyalar, mustahkam me’yoriy-huquqiy baza tarmoq korxonalariga salmoqli yutuqlarga erishish va yangi marralarga chiqish imkonini berayotir.Quyidagi raqamlar ham yengil sanoatning iqtisodiyotimizni rivojlantirishda nechog’li muhim o’rin tutishidan dalolat beradi: bugungi kunda tarmoqning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 3,8 foiz, sanoat mahsulotlari hajmida 26,2 foiz, nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda 44 foizdan ortiqni tashkil etayotir.Matbuot anjumanida chet el investitsiyalari va texnologiyalarini jalb etish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, ilg’or xorij tajribasi asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan samarali siyosat yuqori ishlab chiqarish ko’rsatkichlariga erishishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi. Buning samarasida tarmoqqa 2,2 milliard dollardan ortiq sarmoya jalb etildi va 180 dan ziyod yirik investitsiya loyihasi amalga oshirildi. Bugungi kunda tarmoq korxonalarida 70 mingdan ziyod kishi mehnat qilmoqda.Qo’qon to’qimachilik kombinati negizida tashkil etilgan “Indorama Qo’qon tekstil” qo’shma korxonasi eng muhim loyihalardan biridir. Yiliga 29 ming tonna kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega ushbu loyihaning qiymati 110 million dollarni tashkil qiladi. Xorazm viloyatida “O’zteks” korxonalari guruhi tomonidan “Svis Kapital” (Shveysariya) kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan, umumiy qiymati 50 milliondan ortiq bo’lgan va yiliga 12 ming tonna kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona ham keng ko’lamli loyihalardan biridir.Tadbirda tarmoqqa yuqori samarali zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi mahsulot eksporti hajmini kengaytirish imkonini berayotgani qayd etildi. Chunonchi, mustaqillik yillarida ushbu ko’rsatkich 120 marta o’sib, 2014 yil yakunlariga ko’ra 1 milliard dollar darajasiga yetdi. Holbuki, 1991 yilda bu ko’rsatkich 7 million dollar edi, xolos. Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yengil sanoat mahsulotlari dunyoning 50 mamlakatiga eksport qilinmoqda.“O’zbekengilsanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi Vatanimiz mustaqilligining 24 yilligi arafasida umumiy qiymati 99 million dollar, eksport salohiyati 43,1 million dollarni tashkil etadigan 18 korxonani ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Ushbu korxonalarda mingdan ziyod ish o’rni yaratiladi.Bundan tashqari, kompaniya yangi o’quv yili arafasida mamlakatimiz bo’ylab maktab yarmarkalarini o’tkazishda faol ishtirok etmoqda. Ushbu yarmarkalarda yurtimizda ishlab chiqarilgan maktab va sport kiyimlarini xarid qilish mumkin. Kompaniya ma’lumotlariga ko’ra, mazkur yarmarkalar o’z samarasini berayotir. Xususan, 2012 yil yakunlari bo’yicha 770 ming dona kiyim sotilgan bo’lsa, 2013 yilda bu ko’rsatkich 835 ming, 2014 yilda 935,4 mingtani tashkil etdi. Joriy yilda 985 mingta maktab va sport kiyimini sotish ko’zda tutilgan.To’qimachilik sanoatini yanada rivojlantirish, shuningdek, “O’zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda tikuvchilik va tikuvchilik-trikotaj tarmog’ini rivojlantirish uchun sintetik tola va ip ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish “O’zbekengilsanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasining ustuvor yo’nalishlaridandir.
    Foydalanilgan adabiyotlar
    1. http://www.rummuseum.ru/lib_e/engels_trud.php
    2. http://www.v-ratio.ru/deti/110-trud-radost.html
    3. https://pro-psixology.ru/trud-obshhenie-i-igra/292-radost-truda.html
    Allbest.ru saytida joylashgan
    Download 27.32 Kb.




    Download 27.32 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yengil sanoatga kiritilyotgan invistitsiyalar tahlili Reja

    Download 27.32 Kb.