|
Yevropa ittifoqi doirasida standartlashtirish. Reja: Yevropa ittifoqi (EI) doirasida standartlashtirish ishlarini olib borish
|
bet | 1/6 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 158,34 Kb. | | #107335 |
Bog'liq 11-MA’RUZA. YEVROPA ITTIFOQI DOIRASIDA
11-MA’RUZA. YEVROPA ITTIFOQI DOIRASIDA STANDARTLASHTIRISH.
Reja:
1. Yevropa ittifoqi (EI) doirasida standartlashtirish ishlarini olib borish.
2. Yevropa standartlashtirish qo’mitasi, SEN tashkiliy tuzilmasi.
3. O’zbekistonda yevropa standartlari mamlakatimiz va yevropa ittifoqi o’rtasidagi Hamkorlik va o’zaro aloqalar.
1. yevropa ittifoqi (EI) doirasida standartlashtirish ishlarini olib borish.
Evropa ittifoqi Kengashining 1985 yil 7 maydagi «Texnik moslashtirish va sertifikatlashtirish sohalarida yangi yondoshuv to’g’risidagi qarori»da standartlashtirish masalalariga oid printsiplar belgilandi. Bunda, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yevropa direktivalarining umumiy talablariga javob berishi kerakligi, milliy standartlar oldida halqaro va yevropa standartlarining afzalligi ko’rsatib o’tilgan.
Evropa ittifoqi (EI) doirasida standartlashtirish ishlarini olib borish yevropa standartlashtirish qo’mitasi (SEN) va yevropa elektrotexnikada standartlashtirish bo’yicha qo’mitasi (SENELEK)ga yuklatilgan.
EI da YAngi va Global yondashuvlar bo’yicha direktivalar qabul qilinishi bilan, ikki darajali texnik jihatdan tartibga solish tizimi amal qilmoqda.
EI davlatlarida texnik jihatdan tartibga solish shu davlatlar uchun yagona bozorni tashkil etish asosiy maqsadiga xizmat qiladi. Mahsulotlarga talablar yeI Kelishuvining sog’liqni va atrof muhitni himoyasi va xavfsizligiga tegishli 13-moddasiga asoslangan. Milliy standartlashtirish tizimlari tomonidan yagona bozorni tashkil etishda to’siqlar bo’lishi mumkinligi uchun, yeI bu to’siqlarni bartaraf etishga qaratilgan, barcha mamlakatlar uchun yangi yagona qoidalarni ishlab chiqdi.
EI da direktivalar qonunlar vazifasini bajaradi va to’g’ridan to’g’ri ta’sir etadigan va bajarilishi majburiy xujjatlar hisoblanadi. Direktivalar yevropa Parlamentida qabul qilingandan keyin a’zo davlatlar tomonidan milliy qonunchilikka joriy etilishi kerak. Texnik standartlar va me’yorlar sohasidagi yeIning asos bo’luvchi direktivasi sifatida, yevropa Parlamenti tomonidan 1998 yil 22 iyunda qabul qilingan, standartlashtirishga yangi yondashuv to’g’risidagi 98/34/ES direktiva hisoblanadi. 98/34/ES direktiva mahsulotni standartlashtirishga YAngi yondashuvni va mahsulotning muvofiqligini tasdiqlashni aniqlashga global yondashuvni belgiladi.
Ushbu direktivaga ko’ra, yeI ning biror-bir davlatida ishlab chiqilgan va reklama qilingan mahsulot yeI doirasida erkin harakatlana olishi kerak.
YAngi yondashuv asosida qurilish mahsulotlari bo’yicha qabul qilingan yevropa direktivasining ishlash sxemasi
YAngi yondashuvning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:
MHlar (talablari)ni o’zaro uyg’unlashtirish (birxillashtirish) mahsulotlarga fakat muhim talablarni belgilash bilan chegaralanishi kerak va bunday mahsulotlargina yeI bozoriga kiritilishi mumkin;
muhim talablarga mos mahsulotlarning texnik spetsifikatsiyasi (xususiyatlari), uyg’unlashtirilgan (birxillashtirilgan) yevropa standartlari bilan aniqlanadi;
uyg’unlashtirilgan standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan mahsulotlar boshqa standartlar asosida ishlab chiqilgan mahsulotlarga nisbatan afzal hisoblanadi;
uyg’unlashtirilgan yoki boshqa standartlarni qo’llash ixtiyoriy hisoblanadi va ishlab chiqaruvchi boshqa standartlarni qo’llagan taqdirda, ularning muhim talablarga mosligini maxsus komissiyada isbotlashi kerak.
Milliy standartlar va me’yorlardagi farqdan kelib chiqadigan tafovutlar natijasida paydo bo’ladigan savdodagi to’siqlar bartaraf etilishi kerak. Mahsulotlar insonlar salomatligi, xavfsizlik, iste’molchilar huquqini va atrof-muhitni himoya qilish kabi talablarga muvofiq bo’lishi va tegishli yorliqlarga ega bo’lishi kerak.
Mahsulotlar texnik spetsifikatsiyasi uyg’unlashtirilgan (birxillashtirilgan) standartlar ko’rinishida bayon etilib, ularda mahsulotning nomi, vazifasi, sifat darajasi, texnik harakteristikalari, xavfsizligi, o’lchamlari, atamalar, simvollar, sinov usullari, o’rash va yorliqlashga talablar, muvofiqlikni tasdiqlash protseduralari kabi harakteristikalar keltiriladi. Milliy standartlashtirish tizimlari doirasida ishlab chiqilgan standartlarda uyg’unlashtirilgan holda yevropa standartlariga davola etilishi hamda ular «EI rasmiy jurnali»da chop etilgan bo’lishi kerak.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Yevropa ittifoqi doirasida standartlashtirish. Reja: Yevropa ittifoqi (EI) doirasida standartlashtirish ishlarini olib borish
|