• Kalit so’zlar
  • Yorug‘lik oqimi tushunchasini o‘qitishda zamonaviy dasturiy vositalardan foydalanish




    Download 226,41 Kb.
    bet1/4
    Sana11.06.2024
    Hajmi226,41 Kb.
    #262599
      1   2   3   4
    Bog'liq
    1. Maqola Alimovga. Yoruglik oqimiga oid


    YORUG‘LIK OQIMI TUSHUNCHASINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY DASTURIY VOSITALARDAN FOYDALANISH
    М.B.Dusmuratov, Chirchiq davlat pedagogika universiteti dotsenti
    J.Alimov, Chirchiq davlat pedagogika universiteti magistranti


    Annotatsiya. Ushbu maqolada Optika bo‘limini o’qitishdagi yorug‘lik oqimi tushunchsini o‘zlashtirish jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni bartaraf qilish maqsadida ularni zamonaviy dasturiy vositalarni qo‘llab bayon qilish haqida so‘z yuritilgan.
    Kalit so’zlar: elektromagnit nurlanish oqimi, yorug‘lik oqimi, sezgirlik egri chizig‘i, sezgirlik koeffitsiyenti, chastota, to‘lqin uzunlik, ko‘rish diapazoni, differensial, integral, dasturiy vosita.
    Ma’lumki, pedagogika oliy ta’lim muassasalarida Optika bo‘limining Fotometriya qonunlarini o‘qitish jarayonida “Yorug‘lik oqimi”, “Yorug‘lik kuchi”, “Yoritilganlik”, “Ravshanlik”, “Fazloviy burchak” va boshqa yangi tushunchalarga duch kelinadi. Shular orasida boshqa tushunchalarga nisbatan “Yorug‘lik oqimi” tushunchasini talabalarning o‘zlashtirishi va uning tub mohiyatini anglab yetishi bir muncha mushkul kechadi. Mazkur maqolada ana shu tushunchani kengroq yoritib berish maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanishni havola etamiz [1, 2].
    Elektromagnit nurlanish oqimi hamda yorug‘lik oqimi tushunchalari bir-biriga o‘xshash bo‘lsada, aslida ular butunlay boshqa-boshqa ma’nolarni anglatadi. Avvalo talabalar mana shu ikki kattalikning farqini yaxshi anglab olishlari zarur.
    Boshqa to‘lqinlar kabi elektromagnit nurlanish ham biror muhitda tarqalayotganida bir nuqtadan boshqa nuqtaga energiya olib o‘tadi. Biror sirtdan vaqt birligi ichida o‘tgan elektromagnit to‘lqin energiyasiga elektromagnit nurlanish oqimi deyilishini bilamiz [2,3].

    Elektromagnit nurlanish oqimi quvvatning o‘lchamiga egadir. Bu yerda W sirt orqali o‘tuvchi to‘lqin uzunligi oraliqda bo‘lgan barcha elektromagnit to‘lqinlar (radioto‘lqinlar, mikroto‘lqinlar, infraqizil nurlar, oq yorug‘lik, ultrabinafsha nurlar, rentgen nurlari va gamma nurlar) energiyasidir. Hozirgina sanab o‘tilgan nurlarning ichida oq yorug‘likdan boshqa birorta nur, garchi qanchalik elektromagnit nurlanish oqimi katta bo‘lmasin, baribir inson ko‘zida ko‘rish tuyg‘usi hosil qilmaydi. Shuning uchun ham “Yorug‘lik oqimi” tushunchasi “Elektromagnit nurlanish oqimi” tushunchasidan keskin farqlanib, u inson ko‘zida ko‘rish tuyg‘usini hosil qiladigan faqat oq yorug‘likka tegishli bo‘lgan tushunchadir [4, 6].


    Download 226,41 Kb.
      1   2   3   4




    Download 226,41 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yorug‘lik oqimi tushunchasini o‘qitishda zamonaviy dasturiy vositalardan foydalanish

    Download 226,41 Kb.