• 1.Bog’lovchilar; a) teng bog’lovchilar (va, hamda, ammo, lekin, biroq, yo, yo..., yo, dam..., dam...); b) ergashtiruvchi bog’lovchilar 2. bog’lovchi vazifasidagi vositalar: a)
  • Zbek tili darsning maqsadi




    Download 219.22 Kb.
    bet16/81
    Sana22.07.2021
    Hajmi219.22 Kb.
    #15586
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   81
    II. Otgan mavzuni sorash.a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash)
    III. Yangi mavzu bayoni :

    Topshiriqlar ustida ishlash


    • Bilib oling. Qo’shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo’shma gap qismlari sanaladi. Bu qismlarni bog’lash uchun xizmat qiladigan vositalar esa bog’lovchi vositalar hisoblanadi. Qo’shma gap qismlari quyidagi bog’lovchi vositalar yordamida bog’lanadi:

    • 1.Bog’lovchilar; a) teng bog’lovchilar (va, hamda, ammo, lekin, biroq, yo, yo..., yo, dam..., dam...); b) ergashtiruvchi bog’lovchilar 2. bog’lovchi vazifasidagi vositalar: a) bo’lsa, esa, deb; b) -u, (-yu), -da,, -ki yuklamalari; d) nisbiy so’zlar; e) shuning uchun, shu tufayli, shu sababli singari ko’makchili qurilmalar; f) shart mayli qo’shimchasi (-sa). 3. Ohang.


    39-mashq. Ko’chiring. Qo’shma gap qismlarini bog’lovchi vositalarni aniqlang.

    1. Do’stlikdan o’tadigan hech narsa yo’q, shuning uchun do’st orttirish imkoniyatini sira qo’ldan boy berma. («Hikmatnoma»dan)



    2. O’zingga do’st tanla, chunki bir o’zing baxtli bo’lolmaysan. (Pifagor) 3. Shuni bilki, odamlar do’stlik tufayli baxtiyordir. («Qobusnoma») 4. Yaxshi fikr tiniq uslubni talab qiladi, uslub esa fikr libosidir. («Tafakkur gulshani») 5. O’z tilingni hurmat qil, u senga keng imkoniyatlar ochib beradi.
    41-mashq. Gaplarni ko’chiring, qo’shma gap qismlarini bog’lovchi vositalarni tushuntiring.

    1. Adab kichkinalar mehrini ulug’lar ko’ngliga soladi va u mehr kattalar ko’nglida abadiy qoladi. (Alisher Navoiy) 2. Fikr ravshan bo’lsa, albatta, uning shakli ham ravshan bo’ladi. (P.Qodirov) 3. Haqiqiy olim o’zining ilmi bilan maqtanmaydi, chunki u o’zidan ham zo’r olim va fozil borligini biladi. («Hikmatnoma»dan) 4. Badanning quvvati — ovqat, aqlning kaliti — hikmat. (Maqol) 5. Kimning qalbi pok bo’lsa, u to’g’ri va baxtli hayot kechirishga haqli. (H.Razzoqov)


    42-mashq. Sodda gaplarning orasiga bog’lovchi vositalardan mosini qo’yib, ularni qo’shma gaplarga aylantiring.

    1. Ta’lim faqat so’z va o’rgatish bilangina bo’ladi. Tarbiya amaliy ish, tajriba bilan amalga oshiriladi. (Forobiy) 2. Olimlar bilan o’tirsang, foyda olasan. Gul yonida o’tirsang, uning hidi dimoqqa urib qoladi. («Hikmatnoma»dan) 3. Kitob insondan hech narsani tilamaydi. U odob-axloqning koni, bilimning bulog’idir. («Otalar so’zi») 4. Kitob bir bog’. Yozuvlar uning gullaridir. (Qayum Nosiriy) 5. Ilm — bir daraxt. Odob uning mevasidir.(Maqol)



    IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

    V. Uyga vazifa: mashqlar tahlili

    VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

    O‘TIBDO‘ _____________________________________

    «Ona tili» 9-sinflar uchun«_____________» «_____________» I CHORAK

    Mavzu : 8-9-dars 1-NAZORAT ISHI IJODIY BAYON VA UNING TAHLILI

    Darsning maqsadi:

    a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.

    b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.

    c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

    Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

    Dars jihozi: BAYON MATNI

    Foydalaniladigan adabiyotlar: DIKTANTLAR VA BAYONLAR TO’PLAMI KITOBCHASI

    I. Darsning borishi:

    a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

    c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

    II. Darsning rejasi:

    a) Bayon mavzularini berish

    b) Matn yuzasidan suhbat

    c) Bayon yozdirish

    III. BAYON MATNI

    V. Uyga vazifa GAP TUZISH

    VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

    Ilmiy bo’lim mudiri: ________________________

    «Ona tili» 9-sinf «____» «_____________» I CHORAK



    Mavzu: 10-DARS QO’SHMA GAPLAR TASNIFI



    Download 219.22 Kb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   81




    Download 219.22 Kb.