Eslab qoling. Ba'zan -u, -yu, -da yuklamalari ham biriktiruv bog’lovchilari bajargan vazifalarni bajaradi.
57-mashq. Ko’chiring. Qismlari biriktiruv bog’lovchisi yordamida bog’langan qo’shma gaplarni aniqlab, bu qismlar o’rtasida qanday mazmuniy munosabatlar borligini ayting.
1. U har uch qadamda bir to’xtab, nafasini rostlay-rostlay tepaga zo’rg’a yetdi, qopni ag’dardi-yu muvozanatni saqlay olmay o’tirib oldi. 2. Gulchehra «piq» etib kuldi-da, cho’zilib tugunni oldi. 3. Mashhur qora qashqa ayg’irining chilvirini xirmondagi bolalarga tutqazdi-da, dabdurustdan chollar bilan gaplashib turgan Komilaga yuzlandi. 4. To’satdan eshik sharaqlab ochildi va ostonada Ertoyev paydo bo’ldi. 5. Inobat qizishib ketib, pisandaga o’tganini endi payqadi va uyalib yerga qaradi. (O.Yoqubov)
58-mashq. Matnni o’qing. Biriktiruv bog’lovchilarini topib, ularning gapdagi vazifalarini tushuntiring.
Qadim zamonda kushoniylar davlatida pahlavon Shukriolloh ismli sarkarda yashagan va uning dovrug’i ellarda doston ekan. Sarkarda jangga sovut-dubulg’asiz, qalqonsiz kirarkan hamda bu jangda uning qo’shini hamisha g’alaba qilarkan.
Bir kuni temirchi sarkardaning iltimosiga ko’ra unga qalqon, sovut yasab beribdi va u navbatdagi jangda hammani hayron qoldirib, qalqon, sovut kiygan holda qilich bilan paydo bo’libdi. Shunda atrofdagilar ajablanib: «(—) Ey sarkarda, bu holda hech jangga kirmas edingiz-ku?!»— deyishibdi. Sarkarda bir xo’rsinib javob beribdi: «Janglarda meni duo qilib turguvchi onaizorim olamdan o’tdilar. U kishining duolari menga qalqon, sovut, -dubulg’a edi. Endi u kishi yo’qlar...»
59-mashq. Nuqtalar o’rniga bog’lovchilardan mosini qo’yib ko’chiring.
1. Dekabr oyining boshida bir qor yog’di..., keyin yana oftob charaqlab, havo ilib ketdi. (P.Qodirov) 2. Ko’pirar tomirlarda qon... portlar hademay bu o’tli vulqon. (G’afur G’ulom) 3. Kuzning o’rtalarida havo bir-ikki daf a aynidi..., vodiyga qalin tuman tushdi. (Said Ahmad) 4. Keta boshladim..., u notanish odamning qayoqqa borgani meni qiziqtiraverardi. (Sh.Xolmirzayev) 5. Bu yerda uzumzor va yong’oqzorlar ko’p edi, ... tog’ manzarasi ham boshqacha edi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa: mashqlar tahlili
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O‘TIBDO‘ _____________________________________
«Ona tili» 9-sinf «____» «_____________» I CHORAK
Mavzu: 13-dars ZIDLOV BOG’LOVCHILARI YORDAMIDA BOG’LANGAN QO’SHMA GAPLAR
|