|
Foydalaniladigan adabiyotlar
|
bet | 23/81 | Sana | 22.07.2021 | Hajmi | 219,22 Kb. | | #15586 |
Foydalaniladigan adabiyotlar: «Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi: a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stiri
II. O‘tgan mavzuni so‘rash.a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu bayoni : mashqlar (topshiriqlar) tahlili ustida ishlash :
1-topshiriq. Ko’chiring. Biriktiruv bog’lovchisining tagiga chizing va qanday vazifa bajarayotganini ayting.
1. Ro’zimatning rangi o’zgardi va ko’zlarida hamisha o’ynab turadigan tabassum ifodasi to’satdan yo‘qoldi. (Abdulla Qahhor) 2. Pakana yigit uyning ustun va devorlarini chertib, deraza va eshiklarining bo’yog’ini hidlab ko’rar edi. (Abdulla Qahhor) 3. Ro’paradagi g’orning bag’ridan qora tutun ko’tarildi va u yerdan yo’tal tovushi eshitildi. (Oybek) 4. Anor so’zlar va Zaynab qalbi Tol bargiday dir-dir qaltirar. (Hamid Olimjon)
Bilib oling. Biriktiruv bog’lovchisi qo’shma gapning payt, sabab-natija munosabatlarida bo’lgan qismlarini bog’lab keladi. Qismlari o’rtasida sabab-natija munosabati ifodalangan qo’shma gaplarda ikkinchi qism oldidan natijada so’zini qo’yish mumkin bo’ladi. Masalan, Anor so’zlar va Zaynab qalbi Tol bargiday dir-dir qaltirar - Anor so’zlar (va) natijada Zaynab qalbi Tol bargiday dir-dir qaltirar. (Hamid Olimjon)
|
| |