|
Foydalaniladigan adabiyotlar
|
bet | 26/81 | Sana | 22.07.2021 | Hajmi | 219,22 Kb. | | #15586 |
Foydalaniladigan adabiyotlar: «Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi: a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stiri
II. O‘tgan mavzuni so‘rash.a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu bayoni : mashqlar (topshiriqlar) tahlili ustida ishlash :
1-topshiriq. Ko’chiring. Gaplar tarkibidagi zidlov bog’lovchilarini topib, ularning vazifalarini ayting. 1. Dilimizda orzu balandroq edi, lekin ko‘klam bir oz noqulay keldi. (Oybek) 2. Gul to‘g‘risida yozganini ko’rganim yo’q, lekin paxta haqida ko’p yozadi. (Abdulla Qahhor) 3. Yo‘lning ikki chetidagi g’alla tovlanardi, ammo ular o‘tgan yillardagi kabi baland emas edi. (Oybek) 4. Kechasi yana qor yoqqan, biroq havo unchalik sovuq emas edi. (Said Ahmad)
Bilib oling. Zidlov bog’lovchilari bog’langan qo’shma gap qismlarini bog’lash bilan birga ular o’rtasida zidlik munosabati mavjudligini ham ifodalaydi. Zidlov bog’lovchilari qo’shma gapning ikkinchi qismi boshida qo’llanadi va qo’shma gap qismlari vergul bilan ajratiladi.
|
| |