• II. O ‘ tgan mavzuni so ‘ rash.
  • Foydalaniladigan adabiyotlar




    Download 219,22 Kb.
    bet29/81
    Sana22.07.2021
    Hajmi219,22 Kb.
    #15586
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   81
    Foydalaniladigan adabiyotlar: «Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.

    I. Darsning borishi: a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

    c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stiri

    II. Otgan mavzuni sorash.a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash)

    III. Yangi mavzu bayoni : mashqlar (topshiriqlar) tahlili ustida ishlash :

    1-topshiriq. Berilgan gaplarni ko’chiring, qismlarini bog’lovchi vositalarni aniqlang.

    1. Yo siz keling, yo men boray. (Qo’shiq) 2. Dam jahlim chiqadi, dam kulgim qistaydi. (Oybek) 3. Goh osmonni tutib ashula yangraydi, goh allaqayerdan garmon tovushi eshitiladi. (Oybek)




    • Bilib oling. Ayiruv bog’lovchilari qo’shma gap qismlarini bog’lash bilan birga ularda ifodalagan voqea-hodisalar- ning galma-gal ro’y berishini yoki ularning faqat bittasining yuzaga chiqishini ta’kidlaydi. Yo (yoki) bog’lovchisi yolg’iz holda ham, takror holda ham qo’llanishi mumkin. Qolgan ayiruv bog’lovchilari takror holda qo’llaniladi va yozuvda takror qo’llanayotgan bog’lovchidan oldin vergul qo’yiladi.

    68-mashq. Ko’chiring. Qo’shma gap qismlarini bog’lovchi vositalarni va qismlar o’rtasidagi mazmuniy munosabatlarni aniqlang.

    1. Uzoqlardan keng vodiy quchog’ida goh ko’m-ko’k o’t bosib yotgan yaylovlar ko’rinadi, goh qop-qorong’i daralar ko’zga tashlanadi. (Oybek) 2. Tansiq goh shap-shup suv kechib yuradi, goh uning oyoqlari yelimday loyga botadi. (Oybek) 3. Mashinaning nuqsoni bo’lsa, tuzatiladi yo yana yaxshirog’i yasaladi. (Abdulla Qahhor) 4. Yo zardo’zi to’ning to’zibmi qoldi, Yoki so’kildimi suvsar telpaging. (M. Lermontov)



    69-mashq, Yo... yo...; goh... goh...; ba’zan..., ba’zan...; dam..., dam...; yo...; yo...; yoki... bog’lovchilarining har biri ishtirokida gaplar tuzing. Qismlar o’rtasidagi mazmuniy munosabatni tushuntiring.

    Namuna: Xona ichida goh pashshaning g’o’ng’illagani eshitiladi, goh xonadon sohibining ohista yo’talgani quloqqa chalinadi. (Sh. Xolmirzayev)



    70-mashq. Ko’chiring, qo’shma gap qismlarini bog’lovchi vositalarni aniqlang va ular o’rtasida qanday mazmuniy munosabat borligini ayting.

    1. Dam kun birdan qizib ketadi, dam bulut kelib, jala quyadi. (Qamchibek Kenja) 2. Yo mehmon kelganini bilmaydi, yo bilsa ham, o’zini bilmaganlikka soladi. (Nabi Jaloliddin) 3. Yo urug’ aynigan, yoki agrotexnika qoidalari buzilgan. («Xalq so‘zi» gazetasidan) 4. Goh qah-qah kulgi ovozi eshitiladi, goh muzika sadosi avjiga chiqadi. (Ismoil To’lak) 5. Polvonlar epchillikda bir-biridan o’tadi, kurashda goh unisi, goh bunisi yutadi. (Rustam Musurmon). 5. Nuri goh sevinib, shirin xayollarga botadi, goh butun vujudini qo'rquv bosardi. (Oybek)



    71 -mashq. Ko’chiring. Ayiruv bog’lovchilarining vazifalarini aniqlang!

    1. Men kuyladim goh dilda qadar, Goh sevinib she’r to’qiyman men. (A. Oripov) 2. Har kuni oqshomlarda bu yo’ldan goh paxta dalasidan qaytayotgan terimchilar o’tib qoladi, goh paxta ortgan traktorlar u yoqdan bu yoqqa g’izillaydi. (O. Yoqubov) 3. Dasturxon ustida dam o’zbek kuylari yangrardi, dam hind qo’shiqlari ijro qilinardi. (Qamchibek Kenja) 4. Ba’zan qurbaqalarning qurillashi quloqqa chalinib, kishiga rohat beradi, ba’zan itlarning vovillashi bu ovozlarni bosib ketadi. (Asqad Muxtor)



    IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

    V. Uyga vazifa: mashqlar tahlili

    VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

    O‘TIBDO‘ _____________________________________

    «Ona tili» 9-sinf «____» «_____________» I CHORAK



    Mavzu: 15-16-dars BO’LSA, ESA SO’ZLARI YORDAMIDA BOG’LANGAN QO’SHMA GAPLAR


    Download 219,22 Kb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   81




    Download 219,22 Kb.