Eslab qoling. -u(-yu), -da yuklamalari bog’langan qo’shma gap qismlarini bog’lash bilan birga ular o’rtasida zidlash, ketma-ketlik munosabati mavjudligini bildiradi.
62-mashq. Ko’chiring. Zidlov bog’lovchilarini aniqlab, ularning qanday vazifa bajarayotganini ayting.
1. Ashula nihoyasiga yetdi, lekin bir zumdan keyin yana yangi tovush parvoz qildi. (Oybek) 2. Bu daraxtning bo’yi baland, lekin mevasi kam. (Oybek) 3. Hammasini tinglardim, ammo O’xshashini topmasdim aslo. (Hamid Olimjon) 4. Oy yoritadi, lekin isitmaydi. 5. Maqtamasman moziyni, biroq O’tmishingni o’ylayman bir zum. (A.Oripov)
63-mashq. Ko’chiring. Zidlov bog’lovchilari bilan -u (-yu), -da yuklamalarini almashtirish mumkin bo’lgan gaplarni aniqlang va buning sababini tushuntiring.
1. Soni ko’p, lekin salmog’i yo’q. (Abdulla Qahhor) 2. Mayli, siz yashirdingiz, ammo men yashirmayman. (Oybek) 3. Men o’z fikrimni aniq tushuntirib berishga harakat qilyapman, lekin siz uni eshitishni xohlamayapmiz. (Olimjon Xoldor) 5. Termometr hamshiraning qo’lidan tushib ketdi-yu, bir tomchi simob yaltirab polga dumaladi. (Said Ahmad) 6. Ba’zilar hordiq chiqarishga kirishadilar-u, ba’zilar podalari izidan cho’lga qarab ketdilar. (Sh.Xolmirzayev)
64-mashq. Gaplarni ko’chiring, zidlov bog’lovchilarini topib, ularni izohlang.
1. To’g’ri so’z har narsadan yaxshi, biroq yolg’onchi va chaqimchidan eshitilgan to’g’ri so’z ham yoqimsizdir. 2. Mol-u puling ketsa-ketsin, ammo vaqtingni zoye ketkizma. 3. Odam umrining lazzati — farzand, lekin noqobil farzand ota-onaning umrini qisqartiradi. 4. Do’st yomon kuningda asqotadi, biroq qo’rqoq do’st yaxshi kuningda ham dushmandan xavflidir. 5. Har kimning zari bo’lmasa-da, hunari bo’lsin. («Hikmatnoma»dari)
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa: mashqlar tahlili
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O‘TIBDO‘ _____________________________________
«Ona tili» 9-sinf «____» «_____________» I CHORAK
Mavzu: 14-dars AYIRUV BOG’LOVCHILARI YORDAMIDA BOG’LANGAN QO’SHMA GAPLAR
|