Bilib oling. Qismlari teng bog’lovchilar, bo’lsa, esa so’zlari, -u (-yu), -da yuklamalari yordamida bog’langan gaplar bog’langan qo’shma gaplar hisoblanadi.
51-mashq. O’qing. Berilgan gaplardagi bog’lovchi vositalarni aniqlang.
1. Sarbon shundog’ dedi-da, quchog’ini ochib Abu Bakr tomon kela boshladi. 2. To’lagan ro’molchasini cho’ntagidan oldi va boshqatdan qatladi-da, yana cho’ntagiga solib qo’ydi. 3. Uzun bir yog’och topdi-da, asta olmani o’ziga tomon «hayday» boshladi, ammo olma quvlik qilib yigitni aldar, yog’och uchi tegishi bilanoq suvga bir sho’ng’ib yana «qochib» qolardi. 4. Yo’q, faqat meni bilishmaydi, lekin boshqalarni, jumladan, seni ham, yaxshi bilishadi. 5. Hujrasiga qaytdi-yu, o’ylay boshladi. 6. Asalxon e’tibor bilan tingladi-yu, javob berish o’rniga indamay yo’lida keta berdi. (Muhammad Ali)
52-mashq. Berilgan fe’llar ishtirokida bog’langan qo’shma gaplar hosil qiling.
1. Oqardi, to’kildi. 2.Bukildi, salom berdi. 3. Nigoron bo’ldi, nasib qilmadi. 4. Hayron bo’ldi, nafasi tiqildi. 5. Yiqildi, shikastlandi. 6. Azoblandi, qiynaldi. 7. Kezdi, uyg’ondi. 8. Aynidi, yog’a boshladi. 9. Qo’msadi, yig’ladi. 10. Yuraverdi, g’oyib bo'ldi. 11. O’yladi, bag’ishladi. 12. Sevindi, yoshlandi.
53-mashq. Gaplarni o’qing, bog’langan qo’shma gaplarni aniqlang. Sodda gaplarning o’zaro bog’lanishini izohlang.
1. Gapni cho’zma, chunki hayot qisqadir. (M.Larin) 2. Vijdonli kishini ta’qib etish mumkin, ammo sharmanda qilish mumkin emas. (F.Volter) 3. Uning so’zlari jonli chiqdi-yu, lekin savollar shoshirib qo’ydi. (Hakim Nazir) 4. Oyim gapiryapti-yu, mening ko’zlarim Kimsan akamda. (O’.Hoshimov) 5. Umrlar o’tar-u, kitoblar yashar. (G’afur G’ulom)
54-mashq. Qo’shma gaplar orasiga qavs ichida berilgan vositalardan mosini qo’yib, ko’chiring.
l.Dushman nasihatiga qarab ish tutmoq xato, (yo, ammo, va) nima deganini bilib qo’ymoq ravo. (A. Qodiriy) 2. Har bir narsa aqlga muhtoj, aql (lekin, yoxud, esa) tajribaga muhtojdir. 3. Tong cho’qqidan oshdi (biroq, va, lekin) qishloq uzra quyildi. (T. Sodiqova) 4. Biz shahar havosidan qochib, tabiatda jon asragimiz keladi (-yu, biroq, ammo) sho’rlik tabiatning o’zi bizdan bezillaydigan bo’lib qolibdi. (O’. Hoshimov) 5. Paxta terish bilan bandman, (-u, ammo, yoki) butun diqqatim Muattarda. (U. Nazarov)
55-mashq. Quyida berilgan sodda gaplarni davom ettirib, bog’langan qo’shma gaplar hosil qiling.
1. Pomir tog’larining cho’qqilarida doim qor bo’ladi... 2. Salima dam olish kuni teatrga bormoqchi edi... 3. Cho’l tabiati bahorda juda chiroyli bo’ladi... 4. T. Malikning «Alvido, bolalik!» asarini o’qib chiqdim... 5. Yigit kishiga qirq hunar oz deyishadi...
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa: mashqlar tahlili
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O‘TIBDO‘ _____________________________________
«Ona tili» 9-sinf «____» «_____________» I CHORAK
Mavzu: 12-dars BIRIKTIRUV BOG’LOVCHISI YORDAMIDA BOG’LANGAN QO’SHMA GAPLAR
|