VI BOB. AUTOCAD DASTURI
Bu dastur foydalanuvchilaming
ijodiy izlanishlarini, ya’ni ular
mazmunan nimani istasalar va shaklan qanday xohlasalar to‘la amalga
oshirish imkoniyatiga ega. Shu sababli dunyoda millionlab (60 mln)
loyihachi mutaxassislar, olimlar, muhandis-texniklar, talabalar va o‘quv-
chilar, ya’ni dunyoning 80 dan ortiq mamlakatlari 18 tilda, loyihalash
ishlarini bajarishda AutoCAD tizimidan foydalanishlari odatiy holga
aylanib qoldi. Shuning uchun ham bu AutoCAD dasturi loyihalash
ishlari avtomatlashtirilgan
xalqaro standart dastur
hisoblanadi.
Shu sababli bu dastumi yaratuvchi
Autodesk kompaniyasi
tomonidan uning yangi versiyalari har yili takomillashtirib kelinadi.
22-§. AutoCAD dasturi to‘g‘risida umumiy ma‘lumot
AutoCAD dasturining birinchi versiyasini 1982 yilda yaratilganli-
giga 30 yildan oshsada, u zamonaviy grafik dasturlar orasida yetakchi
bo‘lib mashhurligicha qolmoqda. Chunki mukammal va ommabop,
hamda loyihalash ishlari avtomatlashtirilgan
bu dastur har qanday
turdagi sxema va chizmalarni ikki (2D) va uch (3D) o‘lchamda yuqori
aniqlikda hamda yuqori sifatda bajaradi. Shu bois murakkab va yuqori
aniqlikda bajariladigan ishlami loyihachilar dastlab bunday obyektlami
AutoCAD dasturida bajarib, so‘ngra 3DS MAX yoki boshqa biror grafik
dasturda ishlov berib obyektning asl ko‘rinishidagidek ranglar jilosida
poyoniga yetkazadilar. Shuningdek, bu dastur ikki (2D) va uch (3D)
o‘lchamli chizmalarni bir-biriga o‘tkazish imkoniyatiga ham ega.
Ushbu o‘quv darslikda loyihalash ishlari avtomatlashtirilgan grafik
dastur bo‘lgan AutoCAD
imkoniyatlari bilan tanishib, xatto maktabda
ham, chizmachilik, naqqoshlik kabi mashg‘ulotlarda grafik buyruqlar
yordamida chizma primitivlari - elementlarining, ya’ni
tarkibiy qism-
larining chizmalarini 1-2-3 va 4-mashg‘ulotlarda bajarishga o‘rganib,
olingan bilim, ko‘nikma va amaliy malaka asosida 1-grafik ish-
«Tutashma» vazifasini bajarishlari mumkin.
AutoCAD tizimida grafik axborotlaming elementlari, ularga mos
bo‘lgan tayyor buymqlar paketidan foydalanib, berilgan o ‘lchamlarini
kompyuterga kiritib, foydalanuvchi bilan kompyuteming bevosita mulo
qatlar ketma-ketligi asosida tasvirlar bajariladi.
97
Muhandislik kompyuter grafikasi fani mashg‘ulotlar mavzularini
tanlashda o‘quvchilaming chizma primitivlarini kompyuterda bajarishga
o‘rgatishdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Chunki ta’lim
didaktika-
sida osondan qiyinga yoki oddiy dan murakkabga tamoyili o'qitishning
eng maqbul metodi hisoblanadi. Haqiqatda ham shunday, chizma pri
mitivlarini kompyuterda bajarishni yaxshi o‘zlashtirib olgan o‘quvchi
yoki talabalar, har qanday murakkablikdagi buyum tasvirlarini ham
kompyuterda bajara oladilar.
Ma’lumki, AutoCAD tizimiga oid ko‘plab zamonaviy adabiyotlar
rus yoki ingliz tilida yaratilgan.
Birinchidan, ular juda katta hajmda chop
etilgan boiib, kamida 500-600 sahifadan iborat. Bunday darsliklardan
o‘quvchi va talabalaming foydalanishlari oson kechadi deb bo‘lmaydi.
Shuning uchun, biz bu darslikni yaratib, barcha o‘quv maskanlarida
muhandislik grafikasi fanini o‘qitishni tubdan yaxshilashga o‘z hissa-
mizni qo‘shishni maqsad qilib qo‘ydik.
Bilamizki, har
qanday grafik axborotlar nuqta, kesma, to‘g ‘ri chi
ziq, ко‘pburchak, aylana, yoy va turli usullarda yasaladigan egri chi
ziqlar to‘plamidan iborat boiadi. Darslikda bu primitivlarni kompyuter
da chizish, bo‘yash, unga chiziqlar turi berish, yo‘g"onlashtirish, aylana
chizish asosida tutashmalar yasash, ortiqcha chiziqlami o ‘cliirish, tasvir-
ni surish, ko‘paytirish yoki aks-simmetrik tasvir yasash, matn yozish,
oicham qo‘yish hamda
bajarilgan chizmani, yozilgan matnni tahrir qi
lish, obyektlami 3D formatda loyihalash, uning ba’zi buymqlaridan
foydalanib murakkab obyektlami loyihalash, uch oicham li tasvirlarda
kesim
va qirqimlar bajarish, tasvirlarni fazoning turli nuqtalaridan ku-
zatish, ularga uzliksiz harakat berish kabi buymqlaridan amaliy foyda-
lanishga o‘rgatish asosida o'quvchi va talabalaming kompyuterda chiz
ma bajarish ko‘nikma va malakalarini oshirish maqsad qilib qo‘yilgan.