18
An’anaviy marketing konsepsiyasi o‘tgan asrning 50-yillari o‘rtalaridan
boshlab marketing bozor konsepsiyasi tarzida boshqarishda firmaning faqat
bozor strategiyasini emas, balki ishlab chiqarish strategiyasini ham
belgilaydigan yetakchi vazifaga aylandi. Marketing xizmati firmaning asosiy
boshqarish markazi, bozor, ishlab chiqarish, ilmiy-texnika va moliyaviy
faoliyati masalalari bo‘yicha axborotlar va tavsiyalar manbai bo‘lib qoldi.
Marketing xizmati ijtimoiy talab va bozor konyunkturasi holati hamda
o‘zgarishlarini batafsil tahlil qilish asosida biror-bir tovarni ishlab chiqarish
zarurati, istiqboli va foydaliligi, ishlab chiqarish dasturlarini moddiy-texnika
jihatlaridan ta’minlash imkoniyatlari to‘g‘risidagi masalalarni hal etadi.
Quyidagi rasmda sotish va marketing konsepsiyasi berilgan(1.3-rasm).