-bob. MARKETING VA UNING ASOSIY RIVOJLANISH




Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/105
Sana24.11.2023
Hajmi1,15 Mb.
#104756
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-MARKETING

1-bob. MARKETING VA UNING ASOSIY RIVOJLANISH
BOSQICHLARI 
1.1. Marketing tushunchasi va uning mohiyati 
 
Tadbirkorlik faoliyatida qaror qabul qilish va uni ishlab chiqishda 
tadbirkorlikning samarali vositasi hamda asosi marketing hisoblanadi hamda 
tadbirkorlik faoliyatini boshqarish tizimida, uni tashkil etishda, rejalashtirish 
va nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. «Ay-si-ay» konserni 
boshqaruvi raisi Djon Xarvi Djons tadbirkorlikda marketingning o‘rnini 
tavsiflab shunday deydi: «Marketing tadbirkorlikning tayanch omilidir. Bu 
nafaqat yoqilg‘i, balki kema komandasidir»
1

Marketing mazmuni va terminologiyasi yangilanib boradi, lekin ular 
boshdan ayirboshlash jarayoni, tovar-pul munosabatlari paydo bo‘lishi, sotish 
shakllari rivojlanishi hamda iste’molchilarni tovar va xizmatlar bilan o‘zaro 
harakati bilan bog‘lanadi. 
Marketing elementlari XIX-asrning o‘rtalariga borib taqaladi. Bu 
davrgacha tovarlarni turli natural ayirboshlash shakllari paydo bo‘ladi, 
keyinchalik marketing faoliyatining dastlabki elementlari, ya’ni reklama, narx, 
sotish kabilarning rivojlanishi kuzatildi. 
1902-yildan boshlab AQSHning Michigan, Kaliforniya va Illinoys 
universitetlarida marketing fani kiritilib, bu muammolar bo‘yicha ma’ruzalar 
o‘qitila boshladi. Keyinchalik marketing assotsiatsiyalari tashkil topdi. 
1948-yildan boshlab marketing tovar va xizmatlar oqimini ishlab 
chiqaruvchidan oxirgi pirovard iste’molchi tomon yo‘naltirilgan xo ‘jalik 
faoliyatining har xil turlarini amalga oshirish sifatida ko‘rina boshladi.
Marketing tushunchasi bozor sohasining har qanday faoliyati bilan 
bog‘liq, shu bois marketing so‘zining tarjimasi va kelib chiqishi keltiriladi 
(ing. market–bozor, ing–faol, faoliyat, harakat ma’nosini anglatadi). 
Marketing bu nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur 
yo‘nalishi, balki ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot 
bo‘yicha amaliyot faoliyati hamdir. AQSH va boshqa xorijiy davlatlar 
iqtisodiy adabiyotlarida marketing ta’rifining ko‘p turlari mavjud. Eng keng 
tarqalgan marketing ta’rifi, u Amerika marketing assotsiatsiyasi tomonidan 
berilgan bo‘lib, uning mazmuni quyidagicha, ya’ni marketing shunday 
jarayondan iboratki, uning yordamida o‘ylangan g‘oya rejalashtiriladi va 
amalga oshiriladi, narxlar tashkil etiladi, g‘oyalar, tovar va xizmatlar 
1
Дрович В. Маркетинг в предпринимательской деятелносьти. – М., 2006. 8 стр.


10 
ko‘rsatish harakati va sotishni, ayrim shaxslar va tashkilotlarning maqsadlari 
ayirboshlash yordamida qondiriladi»
1

Marketingga olimlar turlicha ta’rif berganlar. I.K. Belyavskiy shunday 
degan: «Marketing – bu bozorni o‘rganish va tartibga solish, boshqarish 
tizimidir»
2
. Jan-Jak Lamben esa marketingga shunday ta’rif beradi: 
«Marketing tashkilotlar va kishilarning xohish va ehtiyojini tovar va 
xizmatlarni erkin raqobatli ayirboshlashni ta’minlash yo‘li orqali qondirishga 
yo‘naltirilgan ijtimoiy jarayondir», «Marketing – bu bir vaqtning o‘zida 
biznes falsafasi va faol jarayondir»
3

Ushbu ta’riflardan shuni aytish mumkinki, marketing – bu bozorni 
o‘rganish, u orqali iste’molchilarga ta’sir etishdan iborat. 
Talab bilan taklifning o‘zaro ta’siri - bu alohida shaxslar yoki guruhning 
xohish-ehtiyojlarini uzluksiz qondirish jarayoni bo‘lib hisoblanadi. Bu 
jarayon o‘z navbatida muhtojlik, ehtiyoj (xohish), talab, xarid qilish 
(ayirboshlash, bitim) va aniq tovar va xizmatlarni iste’moli (ishlatilishi) kabi 
ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalarning o‘zaro ta’siriga asoslanadi. 
Bu tushunchalar marketing tushunchasi, mohiyatini aniqlashga imkon 
beradi. Quyidagi rasmda marketingning asosiy kategoriyalari berilgan(1.1-
rasm). 

Download 1,15 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. MARKETING VA UNING ASOSIY RIVOJLANISH

Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish