• 8- bob. MAQSADLI SEGMENTNI TANLASH....................
  • 9- bob. TOVAR VA TOVAR SIYOSATI.................................. 114 5
  • KIRISH
  • - bob. BOZOR KONYUNKTURASINI TATBIQ ETISH




    Download 1,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/105
    Sana24.11.2023
    Hajmi1,15 Mb.
    #104756
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-MARKETING

    7- bob. BOZOR KONYUNKTURASINI TATBIQ ETISH .... 
    92 
    7.1. 
    Bozor konyunkturasi haqida tushuncha.......................... 
    92 
    7.2. 
    Bozor konyunkturasi holati va kelgusida rivojlanish ko‘rsatkichlari hamda baholash 
    uslublari......................... 
    93 
    7.3. 
    Konyunktura 
    va 
    bozor 
    konyunkturasini 
    bashorat 
    qilish
    uslublari............................................................................ 
    95 
    8- bob. MAQSADLI SEGMENTNI TANLASH.................... 
    100 
    8.1. 
    Bozorni 
    segmentlashning 
    mohiyati, 
    ahamiyati 
    va
    xususiyatlari...................................................................... 
    100 
    8.2. 
    Bozorni segmentlash turlari.............................................. 
    105 
    8.3. 
    Bozorni segmentlashning asosiy tamoyillari.................... 
    106 
    8.4. 
    Maqsadli bozor segmentlarini tanlash va tovarni
    bozordagi mavqei ............................................................. 
    107 
    9- bob. TOVAR VA TOVAR SIYOSATI.................................. 
    114 



     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     



    KIRISH 
     
    Mamlakatni modernizatsiyalash, demokratik bozor islohotlarini va 
    iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish sharoitida marketing 
    sohasidagi xalqaro andozalarni mamlakatimiz ta’lim tizimida qo‘llash 
    bo‘yicha ishlarni olib borish hozirgi kunning eng dolzarb masalasi bo‘lib 
    hisoblanadi. 
    Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni 
    faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish 
    muammolarini kompleks, tizimli echish uslublarini, bozorda vujudga 
    keladigan o‘zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali 
    yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab 
    chiqarishni tashkil etish, konyunkturani o‘rganish va prognoz qilish hamda 
    ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o‘rganishni o‘z oldiga maqsad 
    qilib qo‘ygan. Shuni ta’kidlash lozimki, mustaqillik yillarida amaliyotda 
    marketingni qo‘llash va uning tamoyillaridan maqsadli foydalanish 
    muammolariga O‘zbekistonda ham katta ahamiyat berilmoqda. Ayniqsa, bu 
    borada mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimovning “... marketing 
    tadqiqotlarini tashkil etishni, ... ichki va tashqi bozorlarning taraqqiyot 
    tamoyillarini yaxshi bilmaslik natijasida korxonalar ... katta zarar 
    ko‘rmoqda”
    1
    , -deb bu tizimdan samarali foydalanish zarurligi haqida 
    ta’kidladi. 
    Mamlakatimizda yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar tadbirkorlik 
    subyektlari 
    faoliyatini 
    yanada 
    rivojlantirish 
    imkonini 
    bermoqda. 
    Mamlakatimiz Prezidenti bu borada “... kichik biznes korxonalariga... o‘z 
    mahsulotlarini sotishga ko‘maklashadigan, marketing o‘tkazish, sertifikat va 
    ruxsatnomalar olishni ta’minlaydigan yaratish uchun barcha zarur ishlarni 
    amalga oshirish darkor”
    2
    , – deb ta’kidlab o‘tganlar. Bu esa o‘z o‘rnida 
    marketingning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi ahamiyati beqiyos ekanligini 
    anglatadi. 
    Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tubdan yaxshilash, sotuvchilar 
    va xaridorlar uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish, shu orqali aholining 
    talab-ehtiyojini qondirib, ularning turmushi darajasini yanada yuksaltirish
    marketing faoliyatini amalda keng qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lib, bu esa 
    «Marketing» fanining hozirgi davrda dolzarbligidan dalolat beradi. 
    1
    Karimоv I.А. Kelajakni jasoratli odamlar quradi. - Т.: 7-t. O‘zbekiston, 1999, - 321 bet. 
    2
    Barcha rеja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, хalqimiz farоvоnligini оshirishga хizmat qiladi. Prеzidеnt
    Islоm Karimоvning 2010-yilda mamlakatimizni ijtimоiy-iqtisоdiy rivоjlantirish yakunlari va 2011-yilga mo‘ljallangan eng 
    muhim ustuvоr yo‘nalashlarga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi.// Хalq so‘zi, 2011- yil 22- 
    yanvar.



    Marketingning ta’rifi turlicha bo‘lib, ulardan ko‘pchiligi marketing-
    xaridorlarning aniq guruhlari ehtiyojlarini qondirish, bozor muammolarini 
    yechishga har tomonlama yondashish, ehtiyojlarni ayirboshlash yordamida 
    qondirishga qaratilgan faoliyat turi ekanligini ifodalaydi, shuningdek, boshqa 
    bir qancha umumiy qoidalarni qamrab oladi. 
    Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, marketing 
    haqidagi barcha ta’riflar mazmuni, umuman olganda, xaridor va iste’mol 
    sohasini yaxlit tadqiq qilishga borib taqaladi. Bu esa, bozor iqtisodiyotidagi 
    raqobat kurashi sharoitida, korxona ishi sifati bo‘yicha o‘z raqobatchilariga 
    nisbatan, iste’molchilarning ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan faoliyatda, 
    doimo ustunlikka erishishni taqozo etadi.
    Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni 
    faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish 
    muammolarini yaxlit, tizimli yechish uslublarini, bozorda vujudga keladigan 
    o‘zgarishlarga tezkorlikda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish
    raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni 
    tashkil etish, konyunkturani o‘rganish va bashorat qilish hamda ta’sirchan 
    reklamani rivojlantirish masalalarini o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib 
    qo‘ygan. «Marketing» fani korxonalar (firmalar)ni bozorda iqtisodiy 
    maqsadlarga erishish quroli (ya’ni, foyda oladigan bozorlar hissasiga erishish) 
    sifatida qarashga alohida e’tibor beradi. 
    Mamlakatimizda marketing haqidagi dastlabki maqolalar o‘tgan asrning 
    oltmishinchi yillari o‘rtalarida paydo bo‘ldi. To‘g‘ri, u paytdagi barcha 
    maqolalar tanqidiy ruhda yozilgan edi. Lekin marketingni fan tariqasida 
    o‘rganish XX-asrning saksoninchi yillari oxirida boshlandi. Bozor hamda 
    tovar-pul munosabatlari asta-sekin rivojlanishi, ayniqsa, oliy ta’lim 
    muassasalarining professor-o‘qituvchilaridan bu yo‘nalishda faol harakat 
    qilishni talab etdi. Shu sababli, iqtisodiyot yo‘nalishlari uchun 
    mutaxassisliklar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurtlari birinchilar qatorida 
    «Marketing» fanini o‘rganishga kirishdilar. 
    «Marketing»ni o‘rganish hamda o‘qitish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish 
    bilanoq, biz bir qancha muammolarga duch kelamiz. Jumladan, «Marketing» 
    fani rivojlangan mamlakatlarda qay darajada o‘rganilayotgan bo‘lsa, shunday 
    qabul qilishga urinib ko‘ramiz. Tabiiyki u holda, biz turli to‘siqlarga duch 
    kelamiz. Darhaqiqat, iqtisodiyotimiz, salohiyatimiz hamda sharoitlarimiz hali 
    marketingni u darajada qabul qila olmaydi. Chunki, O‘zbekistonda bozor 
    munosabatlari so‘nggi davrlarda rivojlana boshladi. Shuning uchun ham biz 
    «Marketing» fani rivojlanishining boshlang‘ich bosqichlariga ko‘proq e’tibor 
    qaratib, uning shunday bosqichlarini topishimiz kerakki, ular mamlakatimiz 
    iqtisodiy faoliyati darjasiga ko‘proq javob bersin.



    Yurtdoshlarimiz, shu jumladan, ko‘pgina mutaxassislar marketingdan 
    faqat bozor tovarlarga mo‘l-ko‘l bo‘lgandagina unumli foydalanish mumkin, 
    deb hisoblaydilar. Tabiiyki u, bozor normal sharoitda bo‘lganda samaralidir. 
    Lekin, «Marketing» fanining bozor munosabatlari endigina rivojlanayotgan 
    paytdagi ahamiyati juda katta.
    Iqtisodiyot, biznes va tijorat sohasi bo‘yicha tayyorlanayotgan 
    mutaxassisliklar uchun «Marketing» - bozor faoliyatining uslubiy asoslarini 
    o‘rgatadigan asosiy fan. Marketing, avvalo, uni o‘rganuvchilarni bozor 
    faoliyati tizimi sifatida jalb etadi. U korxonalarning bozordagi harakati va 
    holatini o‘rganadi. Marketing - faol assortiment siyosatini, narx, oldi-sotdi, 
    reklama, iste’molchilarni o‘rganish, tomonlar bilan munosabatlarga kirishish, 
    tijorat tavakkalchiligi va raqobatchilarni o‘rganadigan fandir. 
    «Marketing» fani shu bilan bir qatorda iste’molchi xulqini 
    modellashtirish, tovar sifatini, uning raqobatbardoshligini, rag‘batlantirishni, 
    reklama va bozorni chuqur o‘rganadi.
    «Marketing» fani bozorning xo‘jalik faoliyati sohasi, tashqi muhiti, ya’ni 
    ularni u yerda namoyon bo‘lib, harakat qiladigan joyi sifatida ko‘radi. Shu 
    tufayli barchamiz bozorni xo‘jalik faoliyatimizning hal qiluvchi sohasi 
    sifatida qabul qilib, u yerda harakat qila olish qobiliyatiga ega bo‘lishimiz 
    kerak. 
    Shuni qayd etish lozimki, «Marketing» bo‘yicha xorijiy tajribani 
    korxonalarimiz va tashkilotlarimiz amaliyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tatbiq etish 
    biroz cheklangan. Korxonalarimizda marketing funksiyalarini to‘liq, ya’ni 
    korxonalarimiz va rivojlangan xorijiy mamlakatlar firmalari faoliyati 
    o‘rtasidagi farqlar bo‘yicha tatbiq etish mumkin emas, balki bu boradagi
    masalaga iqtisodiyotimizning o‘ziga xos xususiyatlari, mahalliy shar-
    sharoitlarni hisobga olgan holda yondashish zarur. 
    Mazkur darslik “Marketing” fanining o‘quv dasturi asosida yozildi. 
    Undagi nazariy xulosalarni bevosita amaliyot bilan bog‘liq holda yoritishga 
    harakat qilindi. «Marketing» fani keng qirrali oliy ma’lumotli zamonaviy 
    raqobatbardosh iqtisodchilarni shakllantiradigan asosiy mutaxassislik 
    fanlaridan biri hisoblanadi. Marketingning bosh vazifasi iste’molchilarning 
    talab-istaklariga mos holda marketingning asosiy uslub va tamoyillarini 
    o‘rgatishdan iborat. 




    Download 1,15 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




    Download 1,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - bob. BOZOR KONYUNKTURASINI TATBIQ ETISH

    Download 1,15 Mb.
    Pdf ko'rish