11
Tovar, bu ehtiyojni yoki muhtojlikni qondira oladigan hamda bozorga
e’tiborni tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif
etilgan barcha narsalardir.
Marketingning mohiyati tovarni ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish,
albatta iste’molchiga, talab, ishlab chiqarish imkoniyatlarini mo‘ljallashdan
iborat.
Hozirgi davrda jahon adabiyotida marketingga berilgan ikki mingdan
ortiq ta’rif mavjud. Mutaxassislar o‘rtasida
marketingning takror ishlab
chiqarish jarayonida ishtiroki masalasida yagona fikr yo‘q. Hozir ko‘pgina
chet ellik marketologlar zamonaviy marketing tushunchasi ishbilarmonlikka
kiradigan faoliyatni o‘z ichiga olmog‘i kerak deb hisoblaydilar. Boshqalari
esa bunday izohlarni tanqid qilib, ayirboshlashning hamma turlari ham
marketing tusiga ega emasligini va marketing tamoyillarini hamma
vaziyatlarga ham tatbiq etib bo‘lmasligini ta’kidlaydilar. Marketingga ta’rif
berishda bunday xilma-xillikning sababi bor.
Birinchidan, marketing
konsepsiyasi mazmuni kapitalistik ishlab chiqarish usuli rivojlanishi bilan
o‘zgarib keldi va uning mohiyatini aks ettirdi,
ikkinchidan, boshqarish
tizimida marketingdan foydalanish maqsadlari,
xususiyatlari, miqyosiga
qarab, undagi tashkiliy qismlarning ahamiyati va boshqaruv tizimidagi
ahamiyati o‘zgarib boradi. Bundan tashqari, mutaxassislar marketingni biznes
xizmati va falsafasi tarzida baholaydilar. Xizmat sifatida marketing ishlab
chiqarish, savdo, reklama, texnika xizmati ko‘rsatish va boshqa sohadagi
tadbirlar majmuidan iborat. Falsafa sifatida esa marketing, bu jamiyat ishlab
chiqarish munosabatlariga daxldor ijtimoiy-iqtisodiy konsepsiyadir.
«Marketing» tushunchasining
murakkabligi uni falsafiy, iqtisodiy,
boshqaruv va yuridik jihatlarini ko‘rish zarurligiga olib keldi. Marketing
falsafiy ma’noda fikrlash tarzini mujassamlashtiradi.
Umuman olganda marketingga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin:
marketing - ehtiyoj va muhtojlikni ayirboshlash orqali qondirishga qaratilgan
inson faoliyati turidir. Marketing vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri,
bu ishlab chiqarish hajmining ortib borishi, yangi tarmoqlarning vujudga
kelishi, tovar turlarining ko‘payishi va tadbirkorlar o‘rtasida
mahsulotni
sotish muammosi vujudga kelishidir.
Marketing asosida bozorni har taraflama o‘rganish yo‘nalishlarining
asosiylaridan quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish zarur:
talabni o‘rganish;
bozor tarkibini aniqlash;
tovarni o‘rganish;
raqobat sharoitlarini tadqiq etish;
12
sotish shakli va uslublarini tahlil etish.
Marketing quyidagilarni o‘rgatadi: bozorni o‘rganish; uni taqsimlash;
tovarlarni joylashtirish; marketing siyosatini olib borish; tovar siyosati; narx
siyosati; taqsimot siyosati; siljitish (yo ‘naltirish) siyosati;
yuksalish,
qo‘shimcha xizmatlarni (bunga marka, sotishdan keyingi xizmat, kafolat va
texnik yordam, yetkazib berish, assortiment, shaxsiy iste’mol) va boshqalarni
kiritish mumkin.
Marketing korxonalarning bozorda ishlash uslubi, bozor metodologiyasi
bo‘lib, iste’molchilar va ularning talab istaklarini o‘rganish, ularga mos
tovarlar yaratish,
narx belgilash, tovarlarni yetkazib berish, taqdim etish,
sotish, xizmat ko‘rsatishni uyushtirish usullari, vositalari,
tartib-qoidalari
majmui hisoblanadi. Bularning hammasi dastlabki asosiy maqsadga, ya’ni
talab bilan taklifni o‘zaro muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.