1-jadval
Energiya manbayi
Energiya maksimal
zichligi Bm/sm2
Minimal ko‘ndalang
kesimi, sm2
Erishiladigan
harorat, °C
Asitilen gorelka
102—104
io~2
3,5 • 103
Elektr yoyi
104—105
IO“3
(4+10) • 103
Plazma oqimi
105—106
IO“3
(1,5+50) • 103
Elektronli nurlar
IO9
IO"7
-
Lazer nurlari
109—10>3
10"7
107
Bu jadvalda, albatta texnologik jarayonlarda ishlatiladigan energiya
m anbalarining to ‘liq ro ‘yxati keltirilmagan.
Energiya tashuvchilar sifatida zarbali to'lq inlar, magnit maydon
to‘lqinlari va katta tezlikka ega bo'lgan kesuvchi asboblar qaralishi mumkin.
Zarbali to ‘lqinlar turli m uhit (havo, suv, qum) larda portlovchi m od-
dalarning detonatsiyasidan, gazsimon yoki kukunsim on yoqilg‘ining
yonishidan, o ‘ta sovitilgan gazlarning kengayishi yoki uchqunli razryadi
natijasida hosil boMadi. Bunday, mahsulotga tezda ishlov beradigan ko‘plab
usullarni keltirish mumkin. Ular asosan qoliplashda, bo‘lish, birik-
tirishlarda va mahsulot sirtini qoplashlarda ishlatiladi.
Agar elektrom agnit ishlov berish asosan m ahsulotlar qism larini
biriktirishda va yig‘ishda ishlatilsa, portlash orqali zarhal berish (mahsulotlar
yuzasini qoplash) yangi imkoniyatlarni ochib beradi. Portlash orqali
qoplash usulida oddiy usullar bilan biriktirib b o ‘lmaydigan m ateriallami
biriktirish mumkin. Portlash orqali qoplashda, birikuvchi materiallar
yuzalari orasida to ‘lqinsimon ilmoqlar hosil qiladigan tez harakatlanuvchi
plastik yoki suyuq metall oqimi paydo bo‘ladiki, natijada, chuqur va
m u sta h k a m b og ‘lanish vujudga keladi. Y u zalarga ishlov berish
texnologiyasida eng yosh va istiqbolli usul bu elektr polimerlash usulidir.
Asosida galvano texnika prinsipi yotgan bu usul yordamida metall sirtini
yupqa plastmassa bilan qoplash mumkin. M etalldan yasalgan detallaming
147
korroziyaga qarshi himoya qoplamasida yoki yupqa izolatsion sirt bilan
qoplashda bu usulning ahamiyati katta.
Hozirgi zamon magnetizmning rivojlanishi nanom etr (10‘9 m) o ‘l-
chamidagi mikroelektronikani vujudga keltirdi. Bu texnologiya asbob-
sozlikni, axborot texnologiyalarini, radio va televizion texnikaning o ‘l-
chamlarini keskin kichiklashtirish imkoniyatini beradi.
Insoniyatning ijtimoiy rivojlanishi doimo moddiy ishlab chiqarish
bilan bog‘liq b o ‘lgan. M ehnat qurollari qanday m aterialdan ishlab
chiqarilgan bo'lsa, insoniyatning butun bir davrining nom i ham shu
bilan bog‘liq boigan: tosh asri, bronza asri, tem ir asri. Hozir turli xil
organik, noorganik m ateriallar bilan to ‘ldirilgan m etallar kundalik
hayotimizda asosiy o 'rin tutadi.
Hozir bizga m a’lum b o ig an turli xil metallar va qotishm alar ishlab
chiqarilmoqda. N odir va kam o ‘rganilgan metallar, shuningdek, lanta-
noidlar asosidagi yangi-yangi qotishm alar qo‘llaniladigan m ateriallar
sonini boyitadi. Hozir biz faqatgina yarim o ‘tkazgichlar texnikasida
ishlatiladigan juda yuqori darajadagi tozalikka ega bo ‘lgan materiallarga
o ‘xshash o ‘ta toza m ateriallar ishlab chiqarishga qodirmiz.
Kelajakda tolalar yoki disperslashgan qattiq zarralar bilan mus-
tahkamligi oshirilgan kombinatsiyalangan m ateriallardan foydalanish
istiqbollari mavjud. Bunda noorganik metall yoki organik polim er asosga
shisha, uglerod, bor, berilliy, po‘latdan yasalgan ingichka yuqori darajada
mustahkam tolalar yoki ipsim on monokristallar kiritiladi. Bundqy kom-
binatsiyalash natijasida maksimal mustahkamlik yuqori elastiklik moduli
va katta bo‘lmagan zichlik bilan qo'shiladi.
Biz tasaw ur ham qila olmaydigan xususiyatlaming kombinatsiyasini
m utlaqo yangi tam oyillar asosida rivojlanayotgan yuzalarni qoplash
texnologiyasi bermoqda. Masalan, shuni tasaw ur qilish mumkinki, qo
tishmalar va undan yasalgan mahsulotlarning kuchlanish ta’sirida yeyilgan
sirtlari uzluksiz ravishda hajmining oshirilib borishi hisobidan to ‘ldirilib
turiladi.
Keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, yangi m ateriallar yangi
ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi ni talab qiladi. Bularni ishlab
chiqishda texnikaviy fanlar o ‘zining fizik, kimyoviy va hatto biologik
tadqiqot prinsiplarigaasoslangan tabiiy fanlar to ‘plagan bilimlarga ta-
yanadi.
Biz, fan va texnikaning m uhim yutuqlaridan foydalanish kerakligini
qanchalik yaxshi tushunsak va qanchalik tez uni amalda qo‘llasak, yangi
texnologik jarayonlar ishlab chiqarishga shunchalik tez kiritiladi va XXI
asrda ko‘proq xususiyatlari oldindan beriladigan materiallarga ega bo‘lamiz.
148
|