“
Talqin va tadqiqotlar
”
ilmiy-uslubiy jurnali
№15
52
Ключевые слова:
Государственная учебная программа, аудирование,
лингвистика компетентностъ, правописание.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot
davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari
toʻg‘risida”gi (PF – 6108-son 06.11.2020.) farmonida belgilanganidek, 2021- yil 1-
martga qadar malakali pedagog, ilmiy xodimlar, psixolog va xorijiy ekspertlarni (shu
jumladan, Finlyandiyaning malakali mutaxassislarini) jalb qilgan holda Milliy oʻquv
dasturi ishlab chiqiladi. Bu jarayonda tayanch umumta’lim muassasalari belgilanadi
va 2021-2022 - oʻquv yilidagi ta’lim jarayonida bu dastur tajriba-sinov tariqasida
joriy qilinadi.
Mazkur dastur hozirda joriy qilinib, uning oldingilaridan farqli jihatlari
quyidagilar:
1.
Avvalgi oʻquv dasturlari mazmuni 90% nazariyadan iborat boʻlib,
oʻqitish metodikasi yodlatishga yoʻnaltirilgan. Yangi Milliy oʻquv dasturi mazmuni
50% nazariya, 50% amaliyotdan iborat boʻladi va oʻquvchining mustaqil faoliyatini
qoʻllab-quvvatlashga qaratiladi.
2.
Oʻquv dasturlarida baholash esa faqat eslab qolgan bilimlar hajmini
aniqlagan. Yangi dastur asosida oʻquvchilarda shakllangan koʻnikmalar baholanadi.
3.
Fanlar soni va oʻquv yuklamalari optimallashtirilib, oʻquvchilar
qiziqishiga koʻra fanlarni tanlab oʻqish imkonini beruvchi variativ oʻquv dasturlar
asosida hayotga va kasbiy faoliyatga tayyorlash imkoni yaratiladi.
4.
Milliy oʻquv dasturi asosida fanlar chiziqli tartibda emas, spiralsimon
tarzda oʻqitiladi. Yaʼni mavzular takroriy emas, bir-birini mantiqan davom ettiruvchi
hamda soddadan murakkabga tomon yoʻnaltirilgan tarzda kiritiladi.
Oʻquvchiga tilni oʻqitish orqali shu til boʻyicha egallanadigan nutqiy
faoliyatning asosiy toʻrt turi: