Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyagi




Download 76,36 Kb.
bet1/7
Sana28.05.2024
Hajmi76,36 Kb.
#255573
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
testlar


Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyagi



Savollar

Javoblar


2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi qaysi tamoyilga asoslanib ishlab chiqilgan?

“Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari”


Davlat organlarida ish yurituvini raqamlashtirish orqali ma’muriy tartib- taomillarni optimallashtirish va boshqaruv jarayonini avtomatlashtirish qaysi loyiha asosida amalga oshirish belgilangan?

“Raqamli idora”


“Xalqparvar davlat” milliy dasturi amalga tatbiq etish qaysi g'oya asosida ishlab chiqilgan?

Davlat xalqqa xizmat ko‘rsatishi shart


"Norma ijodkorligi jarayonini modernizatsiya qilish, qonunchilik hujjatlarining qat’iy ijrosini ta’minlash" maqsadi bo'yicha qanday konsepsiyani ishlab chiqilishi belgilangan?

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish.


“Legal Tech” platformasi nma?

Tadbirkorlar va aholi, ayniqsa uning kam ta’minlangan qatlamlari uchun huquqiy hujjatlarni yurist ishtirokisiz tayyorlash


Taraqqiyot strategiyasining “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash” nomli 3-yo'nalishi nechta maqsadni o'z ichiga oladi?

16


Taraqqiyot strategiyasida aholi salomatligini ta’minlash bo‘yicha hududlarda birlamchi tibbiy xizmati qanday tamoyil asosida yo‘lga qo‘yish belgilangan

bir qadam


Har bir tuman budjetining necha foizini “Fuqarolar budjeti” dasturi doirasida aholining takliflari asosida eng dolzarb muammolarni yechishga sarflashni tashkil qilish belgilangan?

5 foizini


Mamlakatimizni 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o‘tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan nechta Prezident qarori qabul qilindi?

300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi.


Taraqqiyot strategiyasiga ko'ra davlat qarzini boshqarishda yangi jalb qilingan tashqi qarz miqdori yiliga qancha bo'lishi belgilangan?

4,5 milliard AQSh dollaridan oshib ketmasligini ta’minlash.


Taraqqiyot strategiyasiga muvofiq qishloq xo‘jaligi mashinasozligi ishlab chiqarishini yagona sanoat klasteri usulida tashkil etish qaysi shaharda amalga oshiriladi?

Chirchiq shahrida 


Taraqqiyot strategiyasining 6-yo'nalishi qanday nomlanadi?

MILLIY MANFAATLARDAN KELIB CHIQQAN HOLDA UMUMBASHARIY MUAMMOLARGA YONDASHISH


Ta’lim-tarbiyaning interaktiv usullarini qo‘llash orqali qaysi ta'lim muassasasini ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat o‘chog‘iga aylantirish nazarda tutilgan?

Maktablarni


Davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish bu?

davlat xizmatlarini ko‘rsatishda turli boshqaruv darajalari o‘rtasida mas’uliyat, vakolat va resurslarni qayta taqsimlash hisoblanadi


Global innovatsion indeksda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilash va 2030-yilga qadar qanday reyting qatoriga kirish rejalashtirilgan?

top-50


Ma’naviy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish qaysi ustuvor yo'nalish maqsadlarida belgilangan?

ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish


Inson kapitali nima?

"inson kapitali" tashkilotda ishlaydigan yoki ishlash uchun malakali odamlar guruhini - "ish kuchi" ni anglatadi


"Yashil iqtisodiyot" bu?

inson hayoti va sog‘lig‘i uchun zarur bo‘lgan resurslarni, atrof-muhit va ekologiyani bir butun holda saqlab qolib ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari bilan bog‘liq iqtisodiyotni yanada rivojlantirish


Ijtimoiy sheriklik bu?

davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan tarmoq, hududiy dasturlarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi hamkorligidir.


2023 yil 11 sentabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston – 2030” strategiyasi to'g'risida”gi Farmoni qabul qilindi. Strategiyada nechta ustuvor yo'nalish bor?

5 ta


Adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirishning ustuvor yo'nalishlarida amalga oshirilgan chora-tadbirlarni ko'rsating

2022 yil 29 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi


2023 moliya yilidan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida moliyalashtiriladigan tadbirlar qanday tartibda shakllantirilishi belgilangan?

jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” axborot portali orqali ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi.


Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o'sish sur’atlarini ta’minlashning ustuvor yo'nalishlarida amalga oshirilgan chora-tadbirlarni ko'rsating

2022 yil 27 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.


Qaysi me'yoriy-huquqiy hujjat asosida Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqishda yetakchi oliy ta’lim muassasasi etib belgilangan?

2022 — 2026-YILLARDA MAKTAB TA’LIMINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA MILLIY DASTURNI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA


Yoshlar bilan ishlashning "mahalla-sektor-tuman (shahar)-hudud- respublika" tizimi qaysi me'yoriy-huquqiy hujjatga asosan joriy etildi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida


“2022-2026-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining turizm salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi VM-qaroriga ko'ra Orolbo‘yi mintaqasining ijtimoiy va madaniy-ma’rifiy salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha qanday dastur amalga oshirilmoqda?

“Orol orzusi” dasturi


Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish sohasidagi ustuvor yo'nalishlarda amalga oshirilgan chora-tadbirlarni ko'rsating

“Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi 15.04.2022 yildagi O‘RQ–764-sonli qonun qabul qilindi


Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini rivojlantirish bo‘yicha 2030- yilgacha bo‘lgan davrda ustuvor yo‘nalishlarni va kompleks chora- tadbirlarni belgilab bergan normativ-huquqiy hujjat qanday nomlanadi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi "O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi PF-175-son Farmoni


Strategiya tushunchasi ma'nosi

yunon tilidan στρατηγία – sarkardaning san’ati


Ma’naviyat bu

inson axloqi va odobi, bilimlari, iste’dodi, amaliy malakalari, vijdoni, iymoni, e’tiqodi, dunyoqarashi, mafkuraviy qarashlarning bir-biri bilan uzviy bog‘langan, jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir etadigan mushtarak tizimidir


Konstitutsiya so'zi qanday ma'noni anglatadi?

lotincha so‘z bo‘lib, tartib, qoida, tuzish


O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida “O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi taqiqlanadi” normasi belgilangan?

25-moddasida


Jamoat birlashmalariga nimalar kiradi?

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari


Jamoat birlashmasi deb nimaga aytiladi?

O‘z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro‘yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma


Fuqarolik jamiyati ta'rifi to'g'ri keltirilgan javobni ko'rsating

insonga uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadigan, qonun ustuvorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror topadigan, koʻp partiyaviylik, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi taʼminlanadigan hamda oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining mavqei baland boʻlgan ijtimoiy tuzum


O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot qaysi prinsip asosida rivojlanadi?

siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida


Turli ijtimoiy tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadigan fuqarolik jamiyati instituti qaysi?

Siyosiy partiyalar


O‘zbekiston xalqi nomidan faqat kim ish olib borishi mumkin?

u saylagan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Prezidenti


Maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini kredit-modul tizimiga asoslangan uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo'yicha yangi tizim qaysi viloyatlarda tajriba va sinovdan o'tkazildi?

Namangan va Farg‘ona viloyatlarida


Jamoatchilik nazorati subektlari bu

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari


"Xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish “O‘zbekiston — 2030” Strategiyasining nechinchi ustuvor yo'nalishi sifatida belgilangan?

5-ustuvor yo‘nalish


“Miranda qoidasi” bu

fuqaroni birinchi marta davlat organlari tomonidan biron bir ishga gumon qilinuvchi sifatida jalb qilayotganda, unga birlamchi huquqlari tushuntirib berilishi


"Habeas corpus nima?

jinoiy ta‘qibga uchragan fuqaroning adolatli sud muhokamasiga bo‘lgan huquqi


"Shaxsni ushlash chog‘ida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shart". O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 27-modda. Ushbu qoida xalqaro huquqda qanday ataladi?

“Miranda qoidasi”


Yoshlarning bandligini ta’minlash, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va salomatligini saqlash, fan, ta’lim, madaniyat va sport sohasini takomillashtirish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish maqsadlariga qaratilgan yo`nalish - ......

Ijtimoiy sohani rivojlantirish


Download 76,36 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 76,36 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyagi

Download 76,36 Kb.