• Hurmat
  • Xavfsizlik: shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilish va raqamli hayotingizni xavfsizligi ta’minlanishi lozim. Maxfiylik




    Download 76,36 Kb.
    bet6/7
    Sana28.05.2024
    Hajmi76,36 Kb.
    #255573
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    testlar

    Xavfsizlik: shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilish va raqamli hayotingizni xavfsizligi ta’minlanishi lozim.
    Maxfiylik: boshqa odamlarning shaxsiy hayotiga oid ma’lumotlar maxfiyligiga rioya qilish va ularning ma’lumotlariga ruxsatsiz kirishdan himoya qilish kerak.
    Hurmat: Internetdagi boshqa odamlarning huquqlari, fikrlari va chegaralarini hurmat qilish kerak.
    Ishonchlilik: siz faqat tasdiqlangan va to‘g‘ri ma’lumotlarni baham ko‘rishingiz kerak.
    Mualliflik huquqi: mualliflik huquqini hurmat qilish va buzmaslik, mualliflik huquqini buzuvchi kontentni yuklamaslik yoki tarqatmaslik kerak.
    Ko‘p madaniyatli: madaniy xilma-xillikni hurmat qilish va boshqa madaniyatlar va fikrlarga ochiq bo‘lish kerak.
    Shaxsiy javobgarlik: internetda sizning harakatlaringiz va ularning oqibatlari uchun javobgarlikni o‘z zimmangizga olishingiz kerak.


    ... fanlararo tadqiqotlar sohasi bo‘lib, texnik, axloqiy, huquqiy, ijtimoiy, siyosiy va falsafiy masalalarni ko‘rib chiqishni o‘z ichiga oladi.

    Kompyuter etikasi fanlararo tadqiqotlar sohasi bo‘lib, texnik, axloqiy, huquqiy, ijtimoiy, siyosiy va falsafiy masalalarni ko‘rib chiqishni o‘z ichiga oladi. Unda tahlil qilingan muammolarni uch guruhga bo‘lish mumkin.


    Mualliflik huquqi qanday huquqlarga ajraladi?

    Mualliflik huquqi shaxsiy-nomulkiy va mutlaq mualliflik huquqlariga ajraladi.


    Agar mahsulot inson tomonidan o‘z vazifalarini bajarish jarayonida yaratilgan bo‘lsa (masalan, o‘qituvchi masofaviy o‘qitish kursini ishlab chiqqan bo‘lsa), unda u qaysi huquqqa tegishli bo‘ladi

    agar mahsulot inson tomonidan o‘z vazifalarini bajarish jarayonida yaratilgan bo‘lsa (masalan, o‘qituvchi masofaviy o‘qitish kursini ishlab chiqqan bo‘lsa), unda shaxsiy nomulkiy huquqlar muallifga, mutlaq huquqlar esa ish beruvchiga tegishli.


    Mualliflik huquqi qachon yuzaga keladi?

    Mualliflik huquqi asar yaratilganda yuzaga keladi va ro‘yxatdan o‘tish yoki boshqa rasmiyatchiliklarni talab qilmaydi.


    Resurs mualliflari o‘zlarining asarlaridan erkin foydalanishga qarshi bo‘lmasalar, uni qanday litsenziya bilan belgilaydilar?

    Ba’zi hollarda, resurs mualliflari o‘zlarining asarlaridan Erkin foydalanishga qarshi emaslar, buni Creative Commons litsenziyasi bilan belgilaydilar. Muallifning ismi barcha holatlarda ko‘rsatiladi.


    Pedagog tegishli muassasalarda yaratilgan elektron ta’lim resurslariga mualliflik huquqini qanday rasmiylashtirishi mumkin?

    Pedagog tegishli muassasalarda yaratilgan elektron ta’lim resurslariga mualliflik huquqini mustaqil ravishda rasmiylashtirishi mumkin. Pedagog ro‘yxatdan o‘tgan ishlanmalarni ilmiy, o‘quv, o‘quv va uslubiy ishlarning bibliografik ro‘yxatlariga kiritishi mumkin.


    Distributiv (inglizcha distribute — tarqatish) nima?

    Distributiv (inglizcha distribute — tarqatish) — dasturiy ta’minotni tarqatish shaklidir.
    Distributiv - bu dasturni o‘zboshimchalik bilan kompyuterga o‘rnatish qulayligi uchun maxsus ishlab chiqarilgan to‘plam.


    “Masofaviy ta’lim” tushunchasi qanday ma’noni anglatadi?

    Masofaviy ta’lim – bu istalgan joydan turib, qaysi vaqt bo‘lishidan qat’iy nazar, shaxsiy re’ja asosida o‘qish hamda bilim olish jarayonidir.


    Masofaviy ta’lim tizimlarining asosiy tamoyillari nimalardan iborat?

    Masofaviy ta’lim quyidagi tamoyillar asosida tashkil etiladi:

    • ishtirokchilarning interfaolligi;

    • talabalarning identifikatsiya qilinishi;

    • yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashning pedagogik maqsadga muvofiqligi;

    • ta’lim berishning ochiqligi va moslashuvchanligi.


    Masofaviy ta’limning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?

    Masofaviy ta'lim o‘z xususiyatlariga ko‘ra an'anaviydan shunchalik farq qiladiki, masofaviy ta'lim kurslarini muvaffaqiyatli yaratish va ulardan foydalanish ta'lim maqsadlarini, yangi texnologiyalarning didaktik imkoniyatlarini, ta'lim ma'lumotlarini uzatishni, masofaviy ta'lim texnologiyalariga qo‘yiladigan talablarni chuqur tahlil qilishdan boshlanishi kerak.
    A. A. Andreev masofaviy ta'limning asosiy o‘ziga xos xususiyatlaridan quyidagilarni ajratib ko‘rsatadi:
    - moslashuvchanlik;
    - modullik;
    - parallelizm;
    - harakatlar diapazoni;
    - hududiy qamrov;
    - rentabellik.


    Masofaviy o‘qitish modellari:

    Birlamchi model. Ikkinchi model. Aralash model. Konsorsium.


    Masofaviy ta’limni tashkillashtirishning manbalari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni ko‘rsating.





    Elektron o‘quv resurslarini yaratish imkoniyatini beruvchi pedagogik dasturiy ta’minotlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni ko‘rsating.

    Articulate; Storyline; Adobe Captivate; Course Lab; Lectora; Adobe Presenter.


    Virgual ta’lnm jarayonini boshqaruvchi tizimlar (LMS-Leaming Management Systems) to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni ko‘rsating.

    Atutor; Moodle; Black board; Chamilo; Claroline; eFront; ILIAS.


    Dinamik saytlar yaratish imkoniyatini beruvchi (kontentni boshqaruvchi) tizimlar (CMS-Content Management Systems) to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni ko‘rsating.

    1C-Bitriks; ABO.CMS; Dot Net Nuke; Drupal; Joomla.


    Moodle – masofaviy ta’lim tizimi qanday tizim hisoblanadi?

    Moodle – Web muhitida o`qitish va online rejimdagi darslarni tashkil qiluvchi kuchli pedagogik dasturiy majmua hisoblanadi. Mazkur tizimda Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work, Student tracking kabi ko`plab o`qitish modullar mavjud.


    Ilias – masofaviy ta’lim tizimi qanday tizim hisoblanadi?

    ILIAS. Ushbu masofaviy ta’lim tizimi SCORM 1.2 va SCORM 2004 kabi masofaviy ta’lim tizimlarining standartlariga mos keladigan birinchi ochiq tizim deb atash mumkin. Ushbu moslashuvchan universal tizim mualliflik kurslarini muvaffaqiyatli sotish uchun zarur bo‘lgan barcha asosiy talablarga javob beradi.


    iSpring Learn – masofaviy ta’lim tizimi qanday tizim hisoblanadi?

    ISpring Learn. ISpring Learn onlayn ta’lim platformasi xususiy biznes murabbiylari va rivojlangan filiallar tarmog‘i bo‘lgan yirik kompaniyalar tomonidan qo‘llaniladi: Alfa Capital, Lamoda, PwC, RTRS, Unilever. Bu Internet xizmati, shuning uchun dasturni yuklab olish, serverga o‘rnatish, sozlash kerak emas. Ishni boshlash uchun saytda ro‘yxatdan o‘tish, o‘quv materiallarini yuklab olish va xodimlarni tayinlash kifoya.


    EDX akademik bepul masofaviy ta’lim platformasiga kim tomonidan asos solingan?

    EdX (https://www.edx.org) platformasi Garvard universiteti va Massachusets texnologiya instituti hamkorligidagi onlayn kurslar sohasidagi loyiha bo‘lib, 2012-yilda tashkil etilgan notijorat ta’lim kompaniyasi hisoblanadi.


    Udacity notijorat MOOCga kim asos solgan?

    Udacity (http://www.udacity.com) xususiy notijorat ta’lim kompaniyasi bo‘lib, Stenford universiteti professorlari Sebastyanom Trun, Devid Stavens va Maykl Sokolski tomonidan tashkil etilgan va investorlarning 20 mln. dollarlik mablag‘i sarflangan.


    Udacity loyihasining maqsadi nimadan iborat?

    таълимни демократлаштириш


    MOOC (Massive Open Online Course (ommaviy ochik onlayn kurs) lar asosan qaysi turdagi ma’lumotlardan iborat?

    Videoma’ruzalardan iborat
    MOOC (Massive open online courses) – ommaviy ochiq onlayn kurslar bo‘lib, interfaol usullardan foydalangan holda tayyorlangan va Internet tarmog‘ida ochiq holda joylashtirilgan ta’lim kursiga aytiladi.


    Masofali o‘qitish jixatiga nima kirmaydi?

    Ananaviy bilimlar nazorati usullari


    Masofali o‘qitish tizimi uchun ishlab chikilgan spetsifikatsiya va standartlar tuplami qanday nomlanadi

    SCORM


    Matn muharrirlari – ...

    Matn muharrirlari matnli hujjatlarni yaratish, tahrirlash va formatlash uchun dasturlar hisoblanadi. Misollar: Microsoft Word, Word Perfect, ChiWriter, Multi-Edit, Open Office va boshqalar.


    Taqdimot tayyorlarlash dasturi – ...

    Taqdimot tayyorlarlash dasturi bu MS PowerPoint. Aynan shu dastur o‘qituvchilar tomonidan o‘quv taqdimotlarini yaratish va qo‘llash uchun keng miqyosda qo‘llaniladi. Boshqa dasturlar: Prezi, SlideRocet, VoiceThread va boshqalar.


    Jadval muharrirlari – ...

    Jadval muharrirlari – bu ma’lumotlarni jadvallar ko‘rinishida taqdim etish, matematik ma’lumotlarni qayta ishlash, ma’lumotlarni vizuallashtirish va diagrammalar yaratish uchun mo‘ljallangan dasturlar. Misollar: Microsoft Excel, Lotus, Quattro Pro va boshqalar.


    Grafik muharrirlar – ...

    Grafik muharrirlar grafik tasvirlarni yaratish, grafik hujjatlarni, shu jumladan diagrammalar, rasmlar, chizmalar, jadvallarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan. Ushbu muharrirlar har qanday tasvirning o‘lchamini, harakatini, rangi va fonini, deformatsiyasini boshqarishga imkon beradi. Misollar: Windows operatsion tizimining standart dasturlarining bir qismi bo‘lgan Paint grafik muharriri, Corel DRAW, Adobe PhotoShop va Adobe Illustrator to‘plamlari.


    Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) – ...

    Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) murakkab tuzilishga ega bo‘lgan ma’lumotlar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan. Ular ma’lumotlar bazasini yaratish, uni dastlabki ma’lumotlar bilan to‘ldirish, keyinchalik ma’lumotlarni to‘ldirish va o‘zgartirish, shuningdek ma’lumotlar bazalarida qidirishni tashkil qilish uchun xizmat qiladi. Misollar: Microsoft Microsoft Access, Microsoft FoxPro, Paradox (Borland korporatsiyalari), shuningdek Oracle, Informix, Sybase kompaniyalarining MBBT va boshqalar.


    Ko‘p mehnat talab qiladigan hisoblash ishlari va raqamli tahlil bilan bog‘liq faoliyatni avtomatlashtirish tizimlari – ...

    Ko‘p mehnat talab qiladigan hisoblash ishlari va raqamli tahlil bilan bog‘liq faoliyatni avtomatlashtirish tizimlari (Mathematica, Maple, MatLab, MathCad). Murakkab hisob-kitoblarni avtomatlashtirish talabaning diqqatini o‘rganilayotgan hodisa yoki jarayonning mohiyatini tushunishga qaratish imkonini beradi.


    Virtual sintezatorlar, tovush va musiqa dasturlari – ...

    Virtual sintezatorlar, tovush va musiqa dasturlari yordamida turli manbalardan ovoz yozish, musiqani tahrirlash, raqs mikslarini yaratish, audio treklarni yozib olish va ijro etish mumkin.


    Multimedia ma’lumotlari bilan ishlash uchun dasturiy vositalar – ...

    Multimedia ma’lumotlari bilan ishlash uchun dasturiy vositalar o‘quv videolarini yaratish, audio va video ma’lumotlar bilan ishlash, videolarni tahrirlash va ko‘rish uchun mo‘ljallangan. Ushbu dasturiy mahsulotlar videolarni yaratish va tahrirlash uchun mo‘ljallangan.


    Elektron taqdimlar tayyorlash dasturlari

    Prezi, ClearSlide, VoiceThread, TopHat.


    Grafika va infografika yaratish vositalari

    Canva, PosterMyWall, Piktochart, DesignCap, Visme.


    Videoni tahrirlash va qayta ishlash va yaratish vositalari

    Movavi, Camtasia, iMovie, Flipgrid, Thinglink, H5P.


    Download 76,36 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 76,36 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xavfsizlik: shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilish va raqamli hayotingizni xavfsizligi ta’minlanishi lozim. Maxfiylik

    Download 76,36 Kb.