Oliy ta'limning normativ huquqiy asoslari




Download 76,36 Kb.
bet2/7
Sana28.05.2024
Hajmi76,36 Kb.
#255573
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
testlar

Oliy ta'limning normativ huquqiy asoslari


Ijtimoiy davlatning mohiyati nima?

Davlat har bir inson uchun farovon turmush darajasi, xususan, sifatli ta’lim, kafolatli tibbiy xizmat, munosib mehnat sharoiti va adolatli ish haqi, pensiya va nafaqalar, ijtimoiy yordam va xizmatlar tizimi yaratilgan, uy-joyli bo‘lish sharoiti mavjud bo‘lgan, ijtimoiy tafovutlar yumshatilgan, muvozanatlashgan, hech bir fuqaro o‘z muammolari bilan yolg‘iz qolmaydigan adolatli davlatdir.


Konstitutsiyamizda (51-modda) “akademik erkinlik”, degan qoida belgilangan. Akademik erkinlikning mohiyatini ko‘rsating?

O‘z fikrini erkin bildirish huquqining tarkibiy qismi bo‘lib, oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim berish va ilmiy-tadqiqot o‘tkazish erkinligidir. Ushbu erkinlik o‘quv jarayonini mustaqil shakllantirish, professor-o‘qituvchilarni dars o‘tish erkinligida, ilmiy-tadqiqot mavzularini mustaqil tanlash va tadqiq etish, uning natijalarini nashr etish va tarqatish, professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar akademik erkinligining cheklanmasligida va boshqalarda namoyon bo‘ladi.


“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning maqsadi ?

ta’lim sohasidagi munosabatlarni
tartibga solishdan iborat.


Kimlar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega ?

Tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.


Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi?

sud hukmiga asosan man etilgan shaxslarning ta’lim muassasalarida bu faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.


Ikki va undan ortiq teng lavozimlarga bir vaqtda ... ?

tanlov o'tkazilmaydi.


“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, davlat ta’lim standartlari tartibi, ahamiyati nimada ?

Davlat ta’lim standartlarini va (yoki) davlat ta’lim talablarini bajarish barcha ta’lim tashkilotlari uchun majburiydir, bunda nodavlat ta’lim tashkilotlari mustaqilishlab chiqilgan va litsenziyada yoki xabarnomada ko‘rsatilgan o‘quv dasturlari asosida ta’lim faoliyatini amalga oshirishlari mumkin


Akkreditatsiya qilingan ta’lim tashkilotlarining davlat ta’lim standartlariga va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim olgan bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to‘g‘risidagi qanday hujjat beriladi?

Oliy ma’lumot haqida davlat hujjati (diplom) — akkreditatsiyadan o‘tgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga beriladigan va ularning oliy ta’limning o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini bajarganliklarini tasdiqlovchi davlat namunasidagi hujjat. Hujjat uzluksiz ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish yoki olingan akademik darajaga muvofiq ishlash huquqini beradi.


Inklyuziv ta’limning mohiyati (tartibi) nimada?

Inklyuziv ta’lim - alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlagan holda beriladigan ta’lim.


Dual ta’lim ta’limning mohiyati (tartibi) nimada?

Dual ta’lim ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni olishga qaratilgan bo‘lib, ularning nazariy qismi ta’lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi.


Davlat ta’lim standartlari qanday talablarni belgilaydi ?

Davlat ta’lim standartlari - davlat tomonidan ta’limning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui.
Davlat ta’lim standartlari o‘quv jarayonini, ta’lim muassasalari faoliyatini, kadrlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalari tayyorlash sifatini baholashni tartibga soluvchi tegishli hujjatlarni (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun malaka talablari, o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari va boshqalar) ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.


Davlat ta’lim standartlariga ko‘ra, o‘quv reja qanday hujjat hisoblanadi?

Oliy ta’limning muayyan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv faoliyati turlari, o‘quv fanlari va kurslarining tarkibi, ularni o‘rganishning izchilligi, soatlar va kreditlardagi hajmini ta’lim davrining to‘liq muddati uchun belgilaydigan hujjat.


Ta’lim muassasasida ta’lim oluvchilar qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga muvofiq qanday shakllarda ijtimoiy himoya qilinadi?

20-modda. Ta’lim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilish
Ta’lim muassasasida ta’lim oluvchilar qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga muvofiq imtiyozlar, stipendiya va yotoqxonada joy bilan ta’minlanadi.


Ta’lim muassasalari hodimlarini ijtimoiy himoya qilishda qanday imtiyoz(lar) beriladi?

21-modda. Ta’lim muassasalari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish
Ta’lim muassasalari xodimlariga ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi, haqi to‘lanadigan yillik uzaytirilgan ta’tillar hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi.


Yetim bolalarni va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni o‘qitish qanday ta’minot asosida amalga oshiriladi?

22-modda. Yetim bolalarni va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining vasiyligisiz qolgan bolalarni o‘qitish
Yetim bolalarni va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining vasiyligisiz qolgan bolalarni o‘qitish va ularni boqish davlatning to‘la ta’minoti asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarni (shaбslarni) o‘qitish hamda tarbiyalash, o‘qitish qanday ta’minotida bo‘ladi?

Davlat jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarning (shaxslarning) davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida inklyuziv shaklda bepul umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim olishini ta’minlaydi.


Ijtimoiy reabilitatsiyaga muhtoj bo‘lgan bolalarni (shaбslarni) o‘qitish va tarbiyalashga sharoitlar yaratiladimi?

Alohida sharoitlarda o‘qitish va tarbiyalanishga muhtoj bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun ularning ta’lim olishini, kasbiy tayyorgarligini va ijtimoiy reabilitatsiya qilinishini ta’minlaydigan ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalari tashkil etiladi. Ozodlikdan mahrum qilish tarzida jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan bolalarning (shaxslarning) ta’lim olishi, tarbiyalanishi va mustaqil ta’lim olishi uchun sharoitlar yaratiladi.


Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslikda aybdor bo‘lgan shaбslar MJTK ko‘ra qanday jazoga tortiladi ?

Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik (47-m.). Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchishaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan, voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.


Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sohasidagi vakolatlariga nimalar kiradi?

27-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:


-ta’lim sohasidagi vakolati davlat boshqaruvi organlari bilan kelishilgan holda davlat ta’lim muassasalarini tashkil etadi, qayta tashkil etadi va tugatadi, bundan respublika tasarrufidagi ta’lim muassasalari mustasno;
-o‘z vakolatlari doirasida tegishli hududda davlat ta’lim muassasalari uchun moliyalashtirish hajmini belgilaydi;
-fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish masalalari yuzasidan hamkorlik qiladi;


Qo‘yidagilardan qaysi biri ta’lim oluvchilarning majburiyatlariga kiradi?

48-modda. Ta’lim oluvchilarning majburiyatlari

Ta’lim oluvchilar:


- o’quv dasturlari asosida bilim, malaka va ko’nikmalarni o’zlashtirishi, mashg’ulotlarga qatnashishi, ularga mustaqil tayyorgarlik ko’rishi, pedagog xodimlarning topshiriqlarini bajarishi;
- ta’lim-tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilariga nisbatan jismoniy va (yoki) ruhiy zo’ravonlik ishlatmasligi va ularning o’z majburiyatlarini bajarishiga to’sqinlik qilmasligi;
- ustav (ta’sis hujjati) talablariga, ichki tartib-qoidalariga, vaqtincha yashash joylari qoidalariga va ta’lim faoliyatini tashkil etish hamda amalga oshirishga oid boshqa ichki hujjatlar talablariga rioya etishi;
- axloqiy, ma’naviy va jismoniy kamol topishga hamda o’z dunyoqarashini kengaytirishga intilishi;
ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro’sini hurmat qilishi;
- ta’lim tashkilotining mol-mulkini, moddiy va madaniy boyliklarini asrashi shart.
Ta’lim oluvchilarning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo’lishi mumkin.


Quyidagilardan qaysilari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi?

Uzoq istiqboldagi maqsadli vazifalardan kelib chiqib, oliy ta’lim tizimini rivojlantirish quyidagi ustuvor yo‘nalishlar asosida amalga oshiriladi:
- oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish;
- ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish;
- oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish;
- ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar ta’sirchanligini oshirish;
- yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoniga kadrlar buyurtmachilarini faol jalb etish;
- oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligi va barqarorligini ta’minlash, moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash;
- oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va boshqaruv faoliyatini takomillashtirish;
- korrupsiyaga qarshi kurashish, shaffoflikni ta’minlashning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish;
- oliy ta’lim tizimining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro miqyosda tanilishi va raqobatbardoshligini ta’minlash.


Ta’lim olish shakllari ko‘rsatilgan javobni aniqlang ?

Ta’lim olish shakllari quyidagilardan iborat:
ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi);
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy);
dual ta’lim;
oilada va mustaqil ta’lim olish;
katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish;
inklyuziv ta’lim;
eksternat tartibidagi ta’lim;
mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.


Ma’ruza mashg‘ulotlari ilmiy unvon va ilmiy darajaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tkaziladi. Zarur hollarda qanday tartibi belgilangan?

Zarur hollarda (ma’ruza mashg‘ulotlari hajmi ko‘p bo‘lganda yoki professor, dotsent va katta o‘qituvchilar yetarli bo‘lmaganda) oliy ta’lim muassasasi Kengashining qaroriga asosan kamida 3 yillik ilmiy-pedagogik ish stajiga egabo‘lgan, biroq ilmiy unvon va ilmiy darajasi bo‘lmagan o‘qituvchilarga bir o‘quv yilida 250 soatgacha hajmda ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘tishga ruxsat beriladi.


Masofaviy ta’limning qanday tamoyilla quyidagi tamoyillar asosida tashkil etiladi?

Ishtirokchilarning interfaolligi, talabalarning identifikatsiya qilinishi, yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashning pedagogik maqsadga muvofiqligi, ta’lim berishning ochiqligi va moslashuvchanligi.


O‘quv kontenti bu — ?

O‘quv kontenti - o‘quv jarayonida talabalarning foydalanishi uchun mo‘ljallangan, masofaviy ta’limni boshqarish axborot tizimiga joylashtirilgan o‘quv metodik materiallar (o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari, ma’ruza matnlari, videodarslar, taqdimotlar, topshiriqlar, imtihon materiallari, o‘quv adabiyotlari).


Magistratura bu ?

Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.
Magistratura tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo‘yicha o‘qish davomiyligi kamida bir yil bo‘lgan oliy ta’limdir.


“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi qaysi davlatlar tajribalari (usullari, shakli) asosida ishlab chiqilgan?

Strategiya Germaniya, Fransiya, Koreya tajribalari asosida yangi usulda ishlab chiqilgan bo‘lib, uning maqsadlari va samaradorlik ko‘rsatkichlari aholi tomonidan oson qabul qilib, tushunish uchun qulay shaklda (informativ jadval) bayon etilgan.


Bakalavriat bu ?

Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim, malaka va ko‘nikmalar beradigan, o‘qish davomiyligi kamida uch yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir.


Download 76,36 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 76,36 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oliy ta'limning normativ huquqiy asoslari

Download 76,36 Kb.