Ta’lim sifatini ta’minlashda baholash metodikalari




Download 76,36 Kb.
bet3/7
Sana28.05.2024
Hajmi76,36 Kb.
#255573
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
testlar

Ta’lim sifatini ta’minlashda baholash metodikalari


O‘qitish – bu

qoidaga ko‘ra rasmiy ta’lim bilan, ya’ni maktab(litsey, kollej, OTM) bilan bog‘liq.


Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim mazmunining tarkibiy qismlari to‘liq berilgan javobni toping.

Bilim, ko‘nikma, malakalar, ijodiy faoliyat tajribalari, qadriyatlar


Ma’ruzaning metodologik funksiyasi berilgan javobni toping.

Fanning tadqiqot metodlarini qiyoslash, chog‘ishtirish, ilmiy izlanishning tamoyillari va yondashuvlarni yoritish


Ma’ruzaning axborot berish funksiyasi berilgan javobni toping.

asosiy ilmiy faktlar, qoida-lar, xulosalarning mohiyatini ochishda о'qituvchi tomonidan amalga oshiriladi


Ta’riflarni aniqlash uchun uchun qanday qiyinlik darajasiga ega bo‘lgan testlar tuziladi?

Produktiv


Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning ta’limiy funksiyasining mohiyatini toping.

Bilimlarni tizimlashtiradi, umumlashtiradi, mukammallashtiradi


Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning tarbiyaviy funksiyasining mohiyatini toping.

burch, majburiyat, javobgarlik kabi ahloqiy sifatlar shakllanadi


Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning rivojlantiruvchi funksiyasining mohiyatini toping.

zehni, idrok etish xususiyati, xotira va fikrlash qobiliyatlarining rivojlanganligi, bilim darajasi, ularning yutuqlari va kamchiliklari haqida doim xabardor bo‘ladi.


Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning diagnostik funksiyasining mohiyatini toping.

talabalar bilimi va ko‘nikmalaridagi nuqsonlar, kamchiliklar, bo‘shliqlar va ularning sabablari aniqlanadi.


Talabalar bilimi va malakasini nazorat va baholash qilish tamoyillaridan birini toping.

Muntazamlilik. Beg‘arazlilik. Keng qamrovlilik. Individuallilik. Tabaqalashgan yondashuv. Maqsadga yo‘naltirilganlik. Ishonchlilik (validlik), Natijalarga yagona talab


Talabalar bilimi va malakasini nazorat va baholash qilish tamoyillaridan birini toping.





Talabalar bilimi va malakasini nazorat va baholash qilish tamoyillaridan birini toping.





Talabalar bilimi va malakasini nazorat va baholash qilish keng qamrovlilik tamoyili xususiyati berilgan javobni toping.

dasturning barcha bo‘limlarini qamrab oladi va talabaning nazariy bilim, ko‘nikma, malaka, aqliy va intellektual salohiyati, kompetensiyalarining sinovini ta’minlaydi.


Testlar shakliga ko‘ra qanday klassifikatsiyalanadi:

ochiq testlar, yopiq testlar


Testlar murakkablik darajasiga ko‘ra qanday klassifikatsiyalanadi:

reproduktiv, produktiv, qisman-izlanishli, ijodiy (kreativ) testlar.


Testlar o‘tkazilish texnologiyasiga ko‘ra qanday klassifikatsiyalanadi:

bosma, dasturlashtirilgan testlar.


Standart test topshiriqlariga xos bo‘lgan xususiyatlar berilgan javobni toping.

Standart test topshiriqlari 1 ta to‘g‘ri javobli, 3 ta muqobil javoblarga ega bo‘lgan yopiq turdagi topshiriqlardan iborat. Har bir savol ma’lum bir miqdordagi ball bilan baholanadi. Standart test natijasi to‘g‘ri javob berilgan savollar soniga bog‘liq.


Nostandart test topshiriqlariga xos bo‘lgan xususiyatlar berilgan javobni toping.

Ko‘p javobli, rasmli va animatsiyalardan iborat.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaysi Qarorida Xalqaro baholash dasturi asosida tadqiqotlar o‘tkazish belgilangan?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 8 dekabr 2018 yilda qabul qilingan 997-sonli “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi


Xalqaro baholash dasturidan birini toping

PISA


15 yoshli o‘quvchilar uchun o‘tkaziladigan Xalqaro baholash dasturini toping.

PISA - Programme for International Student Assesment


Ikki karra o‘tkaziladigan Xalqaro baholash dasturini toping.





Umumta’lim maktablari pedagogik kadrlari bilan o‘tkaziladigan Xalqaro baholash dasturini toping.

Xalqaro baholash dasturidan asosiysi TALIS - Teaching and Learning International Survey


1 - 4 sinf o‘quvchilarining o‘qish va matnni tushunish yuzasidan o‘tkaziladigan Xalqaro baholash dasturini toping.

PISA


1 - 4 sinf o‘quvchilarining o‘qish va matnni tushunish, matematik va tabiiy savodxonligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan Xalqaro baholash dasturini toping.

PISA


Blum taksonomiyasi bo‘yicha o‘quv maqsadlarini shakllantirishda amaliyotga qo‘llash maqsadidan keyin keladigan maqsad berilgan javobni toping

reproduktiv va produktiv bo‘lgan topshiriqlar;


Blum taksonomiyasi bo‘yicha o‘quv maqsadlarini shakllantirishda tahlil maqsadidan keyin keladigan maqsad berilgan javobni toping

ko‘ra qisman-izlanishli topshiriqlar bo‘lishi lozim;


Bilimga berilgan to‘liq javobni toping.

obyektlarning muhim belgi va xususiyatlari, jarayon¬lar to‘g‘risida fan tomonidan aniqlangan g‘oyalardan tarkib topadi.


Kompetensiyaning lug‘aviy ma’nosini toping.

Kompetensiya inglizcha “competence” tushunchasi lug'aviy jihatdan bevosita “qobiliyat” ma'nosini ifodalaydi.


Test topshiriqlari ....sirasiga mansub Jumlani to‘ldiring.

Didaktik materiallar


Test topshiriqlarining didaktik funksiyalari to‘liq berilgan javobni toping.

Ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, nazorat


Test topshiriqlarining ta’limiy funksiyasi berilgan javobni toping.

O‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalardagi tipik kamchiliklarni aniqlash barobarida, talabalarni o‘z bilimlarini orttirish maqsadida muntazam, tizimli fan asoslarini o‘rganishga undaydi.


Test topshiriqlarining tarbiyaviy funksiyasi berilgan javobni toping

Barkamollikka zamin tayyorlaydigan sifatlar: iroda, ongli intizom, muayyan o‘quv muammolarini hal etishga safarbarlik, chidamlilik, sabr-toqat, yutuqlarga erishish uchun bilimi va kuchini sarf etishi orqali shaxs sifatida rivojlanishiga imkoniyat yaratadi


Test topshiriqlarining rivojlantiruvchi funksiyasi berilgan javobni toping.

Egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash, rivojlantirish, erishilgan natijalarda o‘zining ulushi muhim o‘rin tutishini e’tiborga olgan shaxs va kelgusi faoliyatidagi ma’suliyatini anglagan holda o‘z-o‘zini rivojlantirishga undaydi


15 yoshli o‘quvchilar uchun o‘tkaziladigan Xalqaro baholash dasturi PISA mezonining birinchi darajasi Blum taksonomiyasining qaysi o‘quv maqsadiga mosligini toping

bilish


15 yoshli o‘quvchilar uchun o‘tkaziladigan Xalqaro baholash dasturi PISA mezonining ikkinchi darajasi Blum taksonomiyasining qaysi o‘quv maqsadiga mosligini toping

tushunish


15 yoshli o‘quvchilar uchun o‘tkaziladigan Xalqaro baholash dasturi PISA mezonining uchinchi darajasi Blum taksonomiyasining qaysi o‘quv maqsadiga mosligini toping

amalda qo‘llash


15 yoshli o‘quvchilar uchun o‘tkaziladigan Xalqaro baholash dasturi PISA mezonining beshinchi darajasi Blum taksonomiyasining qaysi o‘quv maqsadiga mosligini toping

sintez


15 yoshli o‘quvchilar uchun o‘tkaziladigan Xalqaro baholash dasturi PISA mezonining oltinchi darajasi Blum taksonomiyasining qaysi o‘quv maqsadiga mosligini toping

baholash


Xalqaro baholash dasturi TALIS (Teaching and Learning International Survey) qaysi tashkilot tomonidan ta’sis etilganligini toping.

Xalqaro iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti tomonidan ta’sis etilgan.


Xalqaro baholash dasturi TALIS (Teaching and Learning International Survey) tadqiqoti nima asosda tashkil etiladi.

turli mamlakatlarda tashkil etiladigan pedagogik jarayonlarning xalqaro qiyosiy tahliliga asoslanadi.


TALIS –tadqiqotining asosiy vazifalaridan birini toping.

Modirator o'qituvchilarni tanlash. Pedagogika mutahassisligi uchun iqtidorli yoshlarni tanlash. Uzluksiz malaka oshirish


TALIS –tadqiqotining asosiy vazifalaridan birini toping.





Modul so‘zining lug‘aviy ma’nosini toping.

“Таълим ва тарбиянинг муайян мақсади ва натижасига эришиш бўйича ўзаро боғланган ҳамда мантиқий тугалликка эга бўлган ўқув фанлари ва уларнинг таркибий қисмларидир”.


Kredit-modul tizimiga berilgan javobni toping.

o‘qitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit o‘lchovi asosida baholash modeli


Kredit-modulning ECTS tizimida har bir modul qancha miqdordagi kreditlarni aks ettiradi

Muayyan miqdordagi kredit


Xorijiy tajribaga ko‘ra, kredit-modul tizimida o‘quv jarayoni har semestrda nechta moduldan iborat bo‘ladi.

2-4 tagacha moduldan iborat bo‘ladi.


Kredit-modul tizimida amaliyotga joriy etilishi nazarda tutilgan «blended learning» texnologiyasining ma’nosi to‘g‘ri berilgan javobni toping.

aralash ta’lim


Kredit-modul tizimining afzalligi bo‘yicha to‘liq berilgan fikrni toping

talaba har bir modul bo‘yicha belgilangan kredit birligi to‘plash orqali o‘quv moduli didaktik maqsadlariga bosqichma-bosqich erishadi, erishilgan natijani tahlil qiladi va o‘z o‘quv faoliyatiga ongli yondashish orqali o‘quv motivlarini faollashtiradi.


Kredit-modul tizimining afzalligi bo‘yicha to‘liq berilgan fikrni toping





HEMIS — Higher education Management Systems bo‘yicha to‘liq berilgan fikrni toping

oliy ta’lim muassasalarining faoliyatini maqsadga muvofiq boshqarish va raqamlashtirish tizimi


HEMIS — Higher education Management Systems bo‘yicha to‘liq berilgan fikrni toping





Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi namunaviy o‘quv rejasidan o‘rin olgan o‘quv modulidan auditoriyada tashkil etiladigan o‘qitish shakllarini toping.





Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi namunaviy o‘quv rejasidan o‘rin olgan o‘quv modulidan auditoriyadan tashqari tashkil etiladigan o‘qitish shakllarini toping

kurs ishi, bitiruv-loyiha ishi, mustaqil ta’lim, fan to‘garagi


Talabalarning mustaqil ta’limi topshiriqlari qiyinlik darajasiga ko‘ra qanday shakllantirish zarur?

reproduktiv, produktiv, qisman-izlanishli, kreativ darajada


Talabalarning bilimini nazorat qilish va baholash qaysi nazorat turlarida amalga oshiriladi?

joriy nazorat;
oraliq nazorat;
yakuniy nazorat.


Oliy ta’lim muassasalarining faoliyatini maqsadga muvofiq boshqarish va raqamlashtirish dasturini toping.

HEMIS — Higher education Management Systems


HEMISning “O‘quv jarayonini boshqarish” moduli amalga oshiradigan vazifalaridan birini toping.

Oliy ta’lim muassasalarining o‘quv rejasi va uni amalga oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar


HEMISning “Talabalar hayotini boshqarish” moduli amalga oshiradigan vazifalaridan birini toping.

Talabalarning shaxsi haqidagi ma’lumotlar va o‘zlashtirishi;


Talabalarning shaxsi va o‘zlashtirishi xaqidagi ma’lumotlar HEMISning qaysi moduliga joylashtiriladi.

“Talabalar hayotini boshqarish” moduli


Download 76,36 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 76,36 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’lim sifatini ta’minlashda baholash metodikalari

Download 76,36 Kb.