PEDAGOGIK FAOLIYATDA RAQAMLI KOMPETENSIYALAR




Download 76,36 Kb.
bet5/7
Sana28.05.2024
Hajmi76,36 Kb.
#255573
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
testlar

PEDAGOGIK FAOLIYATDA RAQAMLI KOMPETENSIYALAR


2017 yilgi G20 sammiti tadbirlari doirasida ishlab chiqilgan raqamli savodxonlikning elementlari ketma-ketligi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.

Raqamli kontent bilan ishlash; kompyuter texnikasi bilan ishlash; ommaviy axborot vositalari bilan ishlash; kommunikatsiya; texnologik innovatsiyalar.


G.U.Soldatovaning fikricha axborot va mediakompetentlik – ...

Axborot va mediakompetentlik – raqamli ma’lumotlarni qidirish, tushunish, arxivlash va uni tanqidiy aks ettirish bilan bog‘liq bilim, ko‘nikma, malaka, motivatsiya, mas’uliyat, shuningdek raqamli resurslardan (matn, vizual ma’lumot, audio, video va boshqalar) foydalangan holda axborot ob’ektlarini yaratish.


DigCompEdu pedagoglarning raqamli kompetensiyasi modelining 1- yo‘nalishi ta’rifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.

Биринчи йўналиш таълим жараёнининг барча субъектларининг рақамли технологиялар орқали ўзаро таъсирини ўз ичига олган компетециялар билан боғлиқ: жамоа, таълим олувчилар ва уларнинг ота-оналари билан касбий ўзаро ҳамкорлик. Ушбу йўналиш шунингдек, педагогнинг ахборот технологиялари ва рақамли воситалар ва ресурслардан фойдаланиш соҳасида узлуксиз ривожланишга йўналтирилган ўз касбий фаолиятини таҳлил қилиш қобилиятини шакллантиришни ўз ичига олади.


DigCompEdu pedagoglarning raqamli kompetensiyasi modelining 2- yo‘nalishi ta’rifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.

Иккинчи йўналиш педагогнинг ахборот ресурсларини танлаш ва уларни таълим олувчилар эҳтиёжларига мослаштириш, ўз рақамли ресурсларини яратиши ва ўқув жараёнининг барча субъектлари учун улардан хавфсиз фойдаланишни таъминлаш қобилиятини ўз ичига олади.


DigCompEdu pedagoglarning raqamli kompetensiyasi modelining 3- yo‘nalishi ta’rifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.

Учинчи йўналиш таълим жараёни билан бевосита боғлиқ бўлган компетенцияларни шакллантиришни, яъни таълим олувчиларнинг мустақил ишлаш қобилиятини ривожлантиришни таъминлашга, шунингдек, гуруҳ шаклида ишлашда самарали ўзаро таъсирини амалга оширишга қаратилган компетенцияларини қамраб олади.


DigCompEdu pedagoglarning raqamli kompetensiyasi modelining 4- yo‘nalishi ta’rifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.

Тўртинчи йўналиш баҳолаш жараёнида рақамли воситалардан фойдаланиш билан боғлиқ компетенцияларни белгилайди. Таълим олувчилар фаолияти ҳақидаги маълумотларни таҳлил қилиш ва танқидий баҳолаш, шунингдек, ахборот технологияларидан фойдаланиш асосида ўз вақтида ва самарали ҳисобот бериш қобилиятига эга бўлиши керак.


DigCompEdu pedagoglarning raqamli kompetensiyasi modelining 5- yo‘nalishi ta’rifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.

Бешинчи йўналиш педагогнинг шахсга йўналтирилган ўқув жараёни тамойилини амалга ошириш қобилиятини шакллантириш, таълим олувчиларни таълим жараёнига максимал даражада жалб қилиш учун рақамли таълим муҳитида табақалаштирилган ёндашувни таъминлаш ва ўқитиш учун янги имкониятлар яратиш билан боғлиқ.


DigCompEdu pedagoglarning raqamli kompetensiyasi modelining 6- yo‘nalishi ta’rifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.

Олтинчи йўналиш педагогнинг рақамли саводхонлиги, унинг рақамли муҳитда таълим жараёнида зарур бўлган ахборот ва ресурсларни танлаш ва таҳлил қилиш қобилияти, шунингдек, рақамли технологиялардан фойдаланиш билан боғлиқ масалалар ва муаммоларни ҳал қилиш билан боғлиқ компетенцияларни ўз ичига олади.


Raqamli iz (digital footprint) – bu ...

Raqamli iz (digital footprint) - bu Internetdan foydalanish jarayonida insonlar tomonidan qoldiradigan ma’lumotlardir. Ushbu atama internet tarmog‘ida “internet izi”, “kiber soya”, “elektron iz yoki raqamli soya” kabi nomlar bilan ham ataladi.


Raqamli izlarni boshqarish jarayoni ketma-ketligi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang

Tashxis; Kamaytirish; Cheklash; Tahlil.


Pedagogning raqamli izi deganda nimani tushunasiz?

Pedagog kadrlarning raqamli izi ularning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Raqamli iz o‘qituvchi tomonidan kasbiy faoliyatining bir qismi sifatida yaratilgan barcha raqamli izlarni o‘z ichiga oladi, masalan, raqamli resurslar, ta’lim uchun onlayn platformalardan foydalanish, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa raqamli vositalardan foydalanish.


Tarmoq gigiyenasi (kibergigiyena) deganda nimani tushunasiz?

Avvalo, tarmoq gigienasi (kibergigiena) haqida gapirish kerak, bu tarmoqdagi xavfsizlikni yaxshilash va tizimning ishlashini ta’minlash uchun har qanday qurilma foydalanuvchilari bajaradigan harakatlar to‘plamidir.


Himoyalangan veb-saytlar

Himoyalanmagan veb-saytlardan saqlanish (tranzaktsiyalar faqat xavfsiz veb-saytda amalga oshirilishi kerak. Saytning veb-manzili http:// bilan emas, balki https:// bilan boshlanishi kerak; s – "xavfsiz" degan ma’noni anglatadi va sayt xavfsizlik sertifikatiga ega ekanligini ko‘rsatadi. Manzil satrining chap tomonida qulf belgisi ham ko‘rsatilishi kerak)


Raqamli izni boshqarishning refleksiv komponenti ...

refleksiv komponent turli xil so‘rovnomalar va sotsiologik tadqiqotlar natijalaridan kelib chiqadi.


Raqamli didaktika tushunchasiga ta’rifi qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

Raqamli didaktika – pedagogikaning bir qismi hisoblanib, raqamli ta’lim muhitida o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha fan sifatida qaraladi. Raqamli didaktika an’anaviy didaktikaning asosiy tushunchalari va tamoyillarini raqamli muhit sharoitlaridan kelib chiqqan holda o‘rganish, to‘ldirish va o‘zgartirish haqidagi fan sifatida ketma-ket foydalanadi.


Raqamli ta’lim jarayonining Ustunlik tamoyili – ...

Ustunlik tamoyili raqamli ta’lim muhitida talabaning mustaqil ta’lim faoliyatiga qaratilgan. O‘quv jarayonini tashkil etish, o‘quv jarayonida talabani qo‘llab-quvvatlash va yordam berish lozim.


Raqamli ta’lim jarayonining Moslashuvchanlik tamoyili – ...

Moslashuvchanlik tamoyili raqamli ta’lim jarayonining shartlariga qarab individual yondashuvni ishlab chiqish imkonini beradi. Raqamli ta’lim jarayoni o‘quv materialini taqdim etish tartibi, usuli va sur’ati kabi jihatlarni hisobga olgan holda har bir talaba uchun dasturni avtomatik ravishda sozlash imkonini beradi. Shuningdek, ushbu tamoyil o‘qituvchini qo‘llab-quvvatlash darajasi va xususiyatini hisobga oladi.


Raqamli ta’lim jarayonining Muvaffaqiyatlilik tamoyili – ...

Muvaffaqiyatlilik tamoyili maqsadlarga erishishni, bilim, ko‘nikma va malakalarni to‘liq o‘zlashtirishni talab qiladi. Raqamli ta’lim jarayonida bu tamoyil “tushuntirish – mustahkamlash – nazorat” didaktik zanjirining yakuniy elementi hisoblanadi. Materialni mustahkamlash uchun qo‘shimcha o‘quv soatlari ajratiladi, o‘qituvchilar va talabalarning yuzma-yuz uchrashuvi tez-tez tashkil etiladi. O‘qituvchi mustahkamlashning guruh va individual shakllarining optimal nisbatini diqqat bilan kuzatib boradi. Raqamli vositalar bu jarayonni sezilarli darajada tezlashtiradi.


Raqamli ta’lim jarayonining Hamkorlikda o‘rganish tamoyili – ...

Muvaffaqiyatlilik tamoyili maqsadlarga erishishni, bilim, ko‘nikma va malakalarni to‘liq o‘zlashtirishni talab qiladi. Raqamli ta’lim jarayonida bu tamoyil “tushuntirish – mustahkamlash – nazorat” didaktik zanjirining yakuniy elementi hisoblanadi. Materialni mustahkamlash uchun qo‘shimcha o‘quv soatlari ajratiladi, o‘qituvchilar va talabalarning yuzma-yuz uchrashuvi tez-tez tashkil etiladi. O‘qituvchi mustahkamlashning guruh va individual shakllarining optimal nisbatini diqqat bilan kuzatib boradi. Raqamli vositalar bu jarayonni sezilarli darajada tezlashtiradi.


Raqamli ta’lim jarayonining Amaliyotga yo‘naltirilganlik tamoyili – ...

Amaliyotga yo‘naltirilganlik tamoyili ta’limni hayot bilan bog‘lashning an’anaviy didaktik tamoyili bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, aniq maqsad va aniq natijalarni belgilashni talab qiladi. Buning uchun tarbiyaviy maqsadlar, topshiriqlar va muammoli vaziyatlar, amaliy topshiriqlar, olingan bilimlarni amalda qo‘llash lozim.


Raqamli ta’lim jarayonining Ta’lim muhitining to‘yinganligi tamoyili – ...

Ta’lim muhitining to‘yinganligi tamoyili individual ta’lim strategiyasini yaratish uchun ortiqcha axborot resurslarini talab qiladi. Bunday ortiqchalik tarmoq ta’lim resursi - yagona axborot ta’lim muhiti yordamida amalga oshirilishi mumkin.


Raqamli ta’lim resursi – ...

Raqamli ta’lim resursi – raqamli shaklda taqdim etiladigan ta’lim resursi bo‘lib, mavzu tuzilmasi, mazmuni va metama’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, RTRning tuzilishi, mazmuni, usullari va ishlab chiqish va qo‘llash vositalari ularning maqsadi va raqamli ta’lim muhitida foydalanish xususiyatlari bilan belgilanadi.


Raqamli ta’lim resurslarining didaktik vazifalari quyidagilarni o‘z ichigaoladi:

Ta’lim faoliyatining yangi turlarini amalga oshirish va an’anaviy ta’lim turlarining yuqori sifat darajasida ishlashini qo‘llab-quvvatlash;
Ta’lim jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlari xarakterini o‘zgartirish imkoniyatini ta’minlash;
Ta’lim jarayonini individuallashtirish;
Ta’lim mazmunini kengaytirish.


Axborotni izlashda raqamli ta’lim rerusrlarining instrumental komponenti nimani nazarda tutadi?

Instrumental vositalar — ETT-da foydalanish uchun talab qilinadigan shaklda o‘quv materiallarini taqdim etish uchun ishlatiladigan dasturiy va axborot ta’minoti.


Axborotni izlashda raqamli ta’lim rerusrlarining Kompyuter simulyatsiyasi komponenti nimani nazarda tutadi?

Компьютер симуляцияси компоненти РТР компьютер симуляцияси учун дастур ёки тайёр муҳит эканлигини англатади.


Axborotni izlashda raqamli ta’lim rerusrlarining telekommunikatsiya komponenti nimani nazarda tutadi?

Ҳамкорликдаги таълим фаолиятида телекоммуникация.


Axborotni izlashda raqamli ta’lim rerusrlarining Nazorat qiluvchi komponenti nimani nazarda tutadi?

Назорат қилувчи компонент ўз-ўзини назорат қилиш, баҳолаш, акс эттиришга қаратилган РТР учун этакчи ҳисобланади.


Axborotni izlashda raqamli ta’lim rerusrlarining Dasturlash komponenti nimani nazarda tutadi?

Дастурлаш компоненти эса дастурий таъминотни лойиҳалаш ва ишлаб чиқишга қаратилган дастурлар учун асосий ҳисобланади.


Raqamli ta’lim resurslarini ishlab chiqishda Ilmiylik didaktik talabi to‘g‘ri keltirilgan qatorni belgilang.

Ilmiylik. Bu talab eng yangi ilmiy yutuqlarini hisobga olgan holda materialni yetarlicha chuqur va to‘g‘ri taqdim etish zarurligini bildiradi.


Raqamli ta’lim resurslarini ishlab chiqishda Ochiqlik didaktik talabi to‘g‘ri keltirilgan qatorni belgilang.

Ochiqlik. Ta’lim oluvchining yoshi va individual xususiyatlariga muvofiq materialni taqdim etishning kognitiv murakkablik darajasini aniqlash zarurligini anglatadi.


Raqamli ta’lim resurslarini ishlab chiqishda Muammolar yechimi didaktik talabi to‘g‘ri keltirilgan qatorni belgilang.

Muammolar yechimi. Bu talab o‘quv va kognitiv faoliyatning tabiati bilan bog‘liq. Hal qilinishi kerak bo‘lgan muammoli vaziyatga duch kelganda, ta’lim oluvchilarning idrok etish faolligini oshiradi.


Raqamli ta’lim resurslarini ishlab chiqishda Ko‘rgazmalilik didaktik talabi to‘g‘ri keltirilgan qatorni belgilang.

Ko‘rgazmalilik. O‘rganilayotgan ob’ektlar va jarayonlarni hissiy idrok etish qonuniyatlarini hisobga olish zarurligini anglatadi.


Raqamli ta’lim resurslarini ishlab chiqishda Faollik va onglilik didaktik talabi to‘g‘ri keltirilgan qatorni belgilang.

Faollik va onglilik. O‘quv jarayoni faolligini oshirish uchun RTR turli xil o‘quv vaziyatlarini yaratishi, turli xil savollarni shakllantirishi, talabaga u yoki bu ta’lim traektoriyasini tanlash imkoniyatini, hodisalarning borishini nazorat qilish qobiliyatini ta’minlashi kerak.


Raqamli ta’lim resurslarini ishlab chiqishda Tizimlilik didaktik talabi to‘g‘ri keltirilgan qatorni belgilang.

Tizimlilik. Talabalar tomonidan o‘rganilayotgan fan sohasidagi ma’lum bir bilim tizimini izchil o‘zlashtirish zaruratidir.


Raqamli ta’lim resurslarini ishlab chiqishda Bilimlarni o‘zlashtirishning mustahkamlash didaktik talabi to‘g‘ri keltirilgan qatorni belgilang.

Bilimlarni o‘zlashtirishning mustahkamlash. RTR yordamida muayyan harakatlarning takrorlanishini tashkil qilish, individual o‘quv topshiriqlarining o‘zgaruvchanligini oshirish mumkin bo‘ladi.


Raqamli ta’lim resurslarini ishlab chiqishda Rivojlantiruchi didaktik talabi to‘g‘ri keltirilgan qatorni belgilang.

Rivojlantiruvchi. RTR faqatgina ta’lim funksiyasi bilan cheklanib qolmasligi kerak, ular o‘quvchilarning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishi, o‘quv faoliyati uchun motivatsiyani ta’minlashi va bir qator tarbiyaviy funksiyalarni bajarishi kerak.


Interfaollik darajasini oshirishning tadqiqotli shakllari...

Фаол шакллар; Шартли пассив шакллар.
Tadqiqotlar taklif qilingan voqealarni o‘rganishga emas, balki o‘z voqealarini ishlab chiqarishga asoslanadi. Foydalanuvchiga bir nechta harakatlar taklif etilmaydi, uning o‘zaro ta’sir jarayonida taqdim etilgan yoki yaratilgan ob’ektlar va jarayonlar bilan o‘zaro aloqasi ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. O‘quv maqsadlari mazmunga kiritilmagan, ya’ni istalgan natijaga olib keladigan metodik ketma-ketlik taklif etilmaydi.


Pedagogik dizayn – bu ...

Pedagogik dizayn – bu onlayn ta’limni tashkil etishning asosiy usullaridan biri hisoblanadi. Pedagogik dizayn kontentni aniq strategiyali, maqsadli va natijalarni tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan kursga aylantirish imkoniyatini beradi.


Merrillning vazifalarga yo‘naltirish tamoyili to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.

Vazifalarga yo‘naltirish. O‘quv kontentlari tinglovchilarning faoliyatida duch keladigan aniq vazifalarni yengishga yordam berishi kerak.


Merrillning Tinglovchilar bilimiga murojaat tamoyili to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.

Tinglovchilar bilimiga murojaat. Onlayn kurs tinglovchilarning mavjud bilimlarini yangi ma’lumotlar bilan bog‘lashga yordam beradi.


Merrillning o‘quv materiallari taqdimotining xilma-xilligi tamoyili to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.

O‘quv materiallari taqdimotining xilma-xilligi. Onlayn kurs tinglovchilari e’tiborini jalb qilishi va ma’lumotni yaxshiroq eslab qolishlari uchun yangi bilimlarni taqdim etishning turli usullaridan (ma’ruzalar, hikoyalar, videofilmlar, infografika) foydalanishi kerak.


Merrillning Qo‘llash tamoyili to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.

Qo‘llash. Tinglovchilar mashg‘ulot jarayonida yangi bilimlarni mustaqil ravishda qo‘llashlari kerak.


Merrillning integratsiya tamoyili to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.

Integratsiya. Onlayn kurs bo‘yicha bilimlar tinglovchilarning faoliyatiga singib ketishi, amalda qo‘llanilishi kerak.


Raqamli etika — bu ...

Raqamli etika — bu onlayn muhitda o‘zini tutish qoidalari va tamoyillari to‘plamidir. Raqamli etika bizga Internetda va boshqa raqamli muhitda nima qilish mumkin va nima qilish mumkin emasligini tushunishga yordam beradi.


Raqamli etikaning asosiy tamoyillari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang:


Download 76,36 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 76,36 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



PEDAGOGIK FAOLIYATDA RAQAMLI KOMPETENSIYALAR

Download 76,36 Kb.