“
Talqin va tadqiqotlar
”
ilmiy-uslubiy jurnali
№15
56
Oʻquvchilar bu soʻzlarning yozilishi, talaffuzi va nutqlarida qoʻllash usullarini
oʻrganadilar. Shu asosda nutqlaridagi soʻzlarni tartibga soladilar va soʻz zaxiralari
boyiydi.
Xulosa sifatida shuni aytishimiz joizki, boshlang‘ich sinf oʻquvchilari nutqiy
kompetensiyaga erishmog‘i uchun dastlab soʻzlarning imlosi, tovush tarkibi, talaffuz
jihatini bilishi hamda lug‘at boyligini oshirish yoʻlida izlanishi, mantiqiy tafakkurini
oʻstirishi zarur. Rivojlangan davlatlar ta’lim tizimlaridagi izlanishlar natijasi, Xalqaro
baholash dasturi talab darajasiga javob beradigan yosh kitobxonni tarbiyalash
maktabda, undan ham oldin oilada shakllantrilishi kerak. Bunday natijaga
erishmoqlikning sinalgan usuli kitob mutolaa qilishdir. Zero, Prezidentimiz
ta’kidlaganidek, bugun bitta kitob oʻqigan bola televizor qarshisida kun oʻtkazgan
oʻnta bolani boshqaradi.