nutqni tinglab tushunish, gapirish, oʻqish va yozish
amallari boʻyicha har bir sinfda taqozo etiladigan malaka va koʻnikmalar me’yorini
rivojlantirish, bunda oʻqish hamda mehnat jarayonida, oila va jamoat joylarida
yuzaga keladigan turli nutqiy vaziyatlarda mustaqil ravishda fikr almasha olish va
fikr bayon eta bilish, eshitilgan materialni idrok etish, shuningdek, yozma manbalarni
oʻqish orqali axborot olish, voqea-hodisalarga oʻz munosabatini bildirish tarzida
muloqotga kirish malakasini egallab borish dinamikasi nazarda tutiladi. “Ona tili”
nafaqat leksik va grammatik me’yorlarni oʻrgatuvchi, balki oʻquvchi nutqiy
faoliyatida ixtiyoriy mavzu, fanlar kesimidagi matnlarni tinglab tushunish, toʻg‘ri
oʻqish, orfoepik va orfografik me’yorlarni qoʻllash salohiyatini rivojlantirishiga
xizmat qiladigan fandir. Oʻquvchining mantiqiy, tanqidiy, ijodiy fikrlashi uchun ona
tili darslarida oʻqib tushunishga alohida e’tibor qaratiladi. Ona tilini puxta
oʻzlashtirgan oʻquvchi boshqa fanlarni qoniqarli oʻzlashtiradi. Oʻqish savodxonligi
“
Talqin va tadqiqotlar
”
ilmiy-uslubiy jurnali
№15
53
mukammal boʻlgan oʻquvchi boshqa fanlarda oʻrganayotgan matnlarni oʻqish orqali
mantiqiy, tanqidiy, ijodiy fikrlaydi, olgan bilimlarini hayotda qoʻllay olish layoqati
rivojlantiriladi. Shuningdek, oʻquvchining mantiqiy fikrlashini va amaliy
koʻnikmalarini shakllantirishga yoʻnaltirilgan xalqaro baholash dasturi (PISA,
PIRLS) talablariga mos keladigan matnlar bilan ishlashga moʻljallangan amaliy
topshiriqlarni matnlarning mazmuniga moslashtirish oʻqituvchi oldidagi asosiy
vazifalardan biri. Bunda matnni tushunish, tahliliy, tanqidiy fikrlash va munosabat
bildirish malakalarini shakllantirish koʻzda tutiladi.
Jumladan, yangi yaratilgan
darsliklarning bosh g‘oyasida ham yuqoridagi fikrlarning asos qilinib olinishi hech
kimga sir emas. Hozir koʻrib chiqadigan 2-sinf “Ona tili va oʻqish savodxonligi”
darsligi ham oʻquvchidan kreativ fikrlashni dars davomida va darsdan tashqari vaqtda
ham turli sohalarda oʻz tilida ravon nutq soʻzlashi; soʻz boyligining oshishi; tilni
amaliyotda qoʻllashi; oʻqish savodxonligi doirasida oʻquvchida toʻg‘ri, tez, ongli,
ifodali oʻqish malakasini shakllantirish; barcha uslubdagi matnlar bilan tanishishi va
ularni fanlararo integratsiyada oʻrganishi, ta’lim jarayonida oʻquvchilarni voqea-
hodisalarni kuzatish, anglash, qiyoslash, analiz va sintez qilishga oʻrgatish orqali
ijodiy tafakkuri va fikrlash doirasi shakllantirilib boriladi.
Mavzuiy rejalashtirishlar
|