“
Talqin va tadqiqotlar
”
ilmiy-uslubiy jurnali
№15
55
Soʻng muhokama boshlanadi, oʻquvchilar jarchi haqida eshitganlarini soʻzlab
beradilar. Soʻng fikrlar jamlanib, mavzuga qaytiladi. She’r muallifi bilan
tanishtiriladi. Oʻquvchilarga iloji boricha Anvar Obidjonning surati koʻrsatiladi, u
haqida qisqacha ma’lumot beriladi (shoir she’rlari bilan 1-sinfda ham tanishishgan
boʻladi; ular esga olinadi.) Oʻquvchilar olgan bilimlari umumlashtiriladi hamda she’r
navbatma-navbat ifodali oʻqiladi. She’r oʻqib boʻlingandan soʻng, quyidagi savollar
orqali uning mazmun-mohiyati yanada oydinlashadi.
1.
Hakka nima uchun shaqilladi? Shaqillash nima?
Savolga javob berish jarayonida oʻquvchilardan hakka haqida nimalarni
bilishlari, u nima uchun shaqillagani, shaqillash nima ekani, she’rning qaysi
misrasida bu haqda aytilgani soʻraladi.