Iqtisodiy tahlil - boshqaruvning muhim funksiyasi




Download 7.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/143
Sana14.11.2023
Hajmi7.18 Mb.
#98482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil
5-Laboratoriya ishi. Daraxtsimon ma’lumotlar tuzilmasini tadqiq , Azotning o\'simliklardagi modda almashinuviga ta\'siri-www.hozir.org, Matematika, Cholpon-Kecha-va-kunduz, kamputer tarmoqlar xxx, Reja Qayta o’rash mashinalari, 1-6, suv-ta-minoti-va-oqava-suvlarni-oqizish-tizimlarida-bosimli-tarmoqlarning-o-ziga-xos-xususiyatlari, Kichik maktab yoshdagi o\'quvchilar, WRITING BONUS, 2- topshiriq (1), kursovaya rabota 2 kurs, 2-kurs Tabiiy fan ishchi dastur kunduzgi new(2) (2)
1.3. Iqtisodiy tahlil - boshqaruvning muhim funksiyasi
Xalqaro va milliy iqtisodiyot tajribalaridan m a’lumki, bozor muno- 
sabatlarida mulkchilik va xo‘jalik yuritish shaklidan qat’iy nazar kor­
xonalarda ishlab chiqarishni samarali tashkil etish, eng avvalo, tizimda 
boshqaruv rolini to‘g ‘ri belgilash va uni ilmiy tashkil etishdan bosh- 
lanadi. Chunki boshqaruv vositasida korxona o‘z oldidagi vazifalami 
muvaffaqiyatli hal qiladi va belgilangan maqsadlariga erisha boradi.
Korxonada boshqaruv tizimi o‘z obyekti va subyektidan iborat 
bo'ladi. Boshqaruv obyekti - bu ishlab chiqarish faoliyati, subyekti esa 
uning boshqaruvi tarkibidir. Obyekt va subyekt boshqariladigan hamda 
boshqaruvchi kichik tizimni tashkil etadi. Ularning har biri o ‘ziga yuk- 
latilgan funksiyalami bajaradi. Ammo mazkur kichik tizimlar bir-birlari 
bilan uzluksiz va chambarchas aloqada b o iib , avni holatda yagona 
tizimni tashkil qiladi.
Korxonadagi boshqaruv subyekti - boshqaruv obyektining katta-ki- 
chikligi va o‘ziga xos jihatlaridan kelib chiqib tashkil etiladi. Lekin 
boshqaruv subyekti har doim ishlab chiqarish v ax o 'ja lik jarayonlarining 
o'zgarishiga ko‘ra obyekt shakli va unga ta’sir etuvchi usullami belgi- 
laydi hamda takomillashtirib boradi. Boshqaruvchi kichik tizim bosh­
qaruv obyektini tartibga soladi, maqsad va dasturlarni boshqaruv 
funksiyasiga ko‘ra ishlab chiqadi va ulami nazorat etadi. Demak, bosh­
qaruv subyekti korxona tizimida faol rol bajarar ekan. Yana boshqaruv 
subyekti boshqaruvning yetakchi funksiyalarini: marketing, rejalash- 
tirish, buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil, tartibga solish hamda nazorat 
va auditlami amalga oshiradi.
Ta’kidlash kerakki, bugungi kunda korxona faoliyatini tashkil etish 
va yuritishni marketing qonunlari, tartiblari va tamoyillarini bilmasdan 
turib amalga oshirish mumkin emas. Chunki marketing ilmi asosida eng 
maqbul dasturlar yoki rejalar ishlab chiqiladi.
Boshqaruv tizimi sifatida marketing faoliyatining asosiy tamoyillari 
mazmuni quyidagi ko‘rinishni oladi:
• ishlab chiqarishning bozordagi talabga mos tushishi;
• bozordagi holat va korxonaning haqiqiy ishlab chiqarish imko- 
niyati;
• xaridor va buyurtmachilar talabini yanada toMaroq qondirish;
• aniq bozorlarda mahsulot va xizmatlami ko‘zda tutilgan hajmda va 
belgilangan muddatda sotish;


• ishlab chiqarish va tijorat faoliyatining uzoq muddatli rentabelli 
ishlashini ta ’minlash:
• tanlab olingan marketing strategiyasi va taktikasiga q a tiy amal 
qilish (bozor holatini e’tiborga olgan holda);
• doimo o ‘zgarib turuvchi bozor holatiga va xaridor talabiga mos- 
lashish.
Mazkur sanab o‘tilgan tamoyillarga amal qilish va marketing das- 
turini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish bevosita analitik hisob- 
kitoblar bilan chambarchas bogiangan. Bu jarayonlar asosida ju d a ko‘p- 
lab iqtisodiy tahlil ishlari bajariladi. Ulaming asosiylari quyidagilardan 
iborat:
• korxona iqtisodiga tashqi va ichki muhitning ko‘rsatadigan ta’siri 
tahlili;
• bozor holati tahlili (keng koiam da, tovar guruhlari va alohida 
tovarlar bo‘yicha);
• iste’molchilar va sotib oluvchilar tahlili;
• raqobat holati tahlili;
• bozordagi baho hamda o ‘z bahosini belgilash taktikasi tahlili;
• moliyaviy natijalar tahlili.
0 ‘rganilgan tashqi va ichki muhit hamda holat, mavjud imkoniyat- 
laridan kelib chiqib korxona ishlab chiqarish faoliyati uchun joriy biz- 
nes-rejasi tuziladi.
Biznes-rejada har bir element puxta tahlil qilish asosida belgi­
lanadi. Chunki ular real istiqbolli ham da eng asosiysi samarali bo‘lishi 
shart.
Korxonada biznes-reja quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘ladi:
1. Kirish - rezyume.
2. Ishlab chiqarish maqsadi - ishlab chiqariladigan mahsulotlar 
ro ‘yxati (ulaming afzalligi yoki farqi boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan 
taqqoslanadi).
3. Mahsulot sotiladigan bozor holatini belgilash (zaruriy m a iu ­
motlar to ‘plash va ulami tahlil qilish).
4. Asosiy ко ‘rsatkichlar bo‘yicha raqobatdoshlikni aniqlash (ishlab 
chiqarish hajmi, sotish hajmi, mahsulot sifati, baho darajasi, o‘rtacha 
foyda).
5. Marketing strategiyasi.
6. Ishlab chiqarish rejasi (ishlab chiqarish quvvati, hom-ashyo re­
surslari, mutaxassislar).
7. Tashkiliy tamoyillar (ishlab chiqarish xizmati, ulami muvofiq- 
lashtirish, o ‘zaro harakati va bir-birini nazorat etish tartibi).
I


8. Tijorat tavakkali va chorasi.
9. Moliyaviy reja.
10. Moliyalashtirish strategiyasi.
11. Tovar-material ta’minoti va shu kabilar.
Biznes-rejaning har bir b o iim i hisob-kitob qilinib, umumlashtiril- 
ganda korxona ishlab chiqarish faoliyatidan oladigan foydasi eng quyi 
k o ‘rinishda tarmoqda erishiladigan o ‘rtacha foyda m e’yoridan past 
boim asligi kerak. Shuning uchun rejaning har bir bosqichi ham da uning 
elementlari tahlil asosida puxta qilib tuziladi.
Demak, ishlab chiqilgan reja vositasida qo'yilgan maqsadga erishish 
uchun boshqariladigan obyektning samarali funksiyasi y o ‘nalishi aniq 
belgilanadi.
Belgilangan rejalaming amalda qanday bajarilayotgani yoki ishlab 
chiqarishning borishi to‘g ‘risida real ahvolni buxgalteriya hisobi yorda- 
mida o‘rganiladi. Buxgalteriya hisobida shakllangan m aium otlar piro- 
vard natijada boshqaruv ehtiyojlari uchun ishlatiladi. Boshqaruv qaror­
lari esa tahlil m aium otlariga asoslanadi. Demak, iqtisodiy tahlil reja, 
bozordagi ahvol va buxgalteriya hisobi m aium otlari asosida obyektdagi 
o‘zgarishni miqdor va sifat jihatdan o ‘rganadi hamda baho beradi. Uning 
yordamida y o i qo‘yilgan kamchiliklar topiladi hamda tugatiladi, ob- 
yektni yanada rivojlantirish y o ila ri belgilanadi yoki samarali ishlashni 
ta’minlaydigan y o ‘nalishga o ‘tkaziladi. Bu esa, boshqaruv qarorlarini 
nech o giik real qabul qilinishiga asos boiadi.
Demak, buxgalteriya hisobi va hisoboti m aium otlari ham iqtisodiy 
tahlil vositasida qayta ishlanar ekan. Bu bilan iqtisodiy tahlilning bosh­
qaruv faoliyatidagi o ‘mi yanada yaqqolroq ko'rinadi.
Boshqaruv jarayonida tartibga solish funksiyasi - boshqaruvchi sub- 
yektning eng maqbul boshqaruv qarorlarini qabul qilishda o ‘ta muhim 
hisoblanadi. Bu bilan, o‘rganilayotgan obyektga kompleks yondashilib, 
butun bir tizimni ijobiy va salbiy jihatlari nazarda tutilgan holda eng 
maqbul choralar yoki tadbirlar belgilanadi. Natijada boshqaruv obyekti 
faoliyati yoki dasturidagi salbiy holatlar tugatiladi va boshqaruv dastur- 
lariga aniqlik kiritiladi. Mazkur ishlar bevosita iqtisodiy tahlil yorda­
mida amalga oshiriladi. Chunki tartibga solinayotgan har bir obyekt har 
tomonlama chuqur o‘rganiladi.
Boshqaruvda asosiy faoliyatning ishonchliligini ta’minlashda na­
zorat etishning ham roli kattadir. Uning yordamida faoliyatning borishi, 
ularning nechogiik haqqoniyligi tekshiriladi. Tekshirish jarayonining


sifati, ishonchliligini oshirish uchun tahlilning usullari, tamoyillaridan 
foydalaniladi va shu asosda kerakli xulosalaryoziladi.
Misol uchun, korxonada audit tekshirishlarida moliyaviy holat; 
moliyaviy barqarorlik; moliyaviy natijalar va shu kabilami o ‘rganadi.
Yuqorida ko‘rsatib o ‘tilgan boshqaruvning barcha funksiyalari 
korxonaning iqtisodiy rivojlanishi uchun tayinlangan. Biroq, korxonani 
faqatgina iqtisodiy tizim deb qarash ham unga bir tomonlama yonda- 
shishni keltirib chiqaradi. Chunki uning o‘ziga xos moddiy-texnik, ij­
timoiy, ekologik va boshqa shu kabi tomonlari ham mavjud.
Demak, korxona tizimida moddiy-texnik, ijtimoiy, ekologik ja- 
rayonlami ham tahlil etish undagi mazkur yo‘nalishdagi haqiqiy ahvol 
va uni takomillashtirish masalalarini o'rganadi va ularga ta’sir etadi. 
N atijada boshqa tomonlaming iqtisodiy jarayonlarga ko‘rsatgan ta ’siri 
aniqlanadi.
Fikrimizni umumlashtirib, shuni aytish mumkinki, iqtisodiy tahlil 
korxonani boshqarishning muhim funksiyalaridan biridir.
Uning yordamida:
- boshqaruv qarorlarining ilmiy asoslanishi ta’minlanadi;
- mulk va m ablagiardan foydalanishning muqobillik shartlarini 
belgilaydi va boshqaruvchi ular qatoridan o‘zi uchun maqbul b o ‘lgan 
optimal variantlarni tanlaydi;
- istiqbolli boshqarish uchun zamin tayyorlaydi.

Download 7.18 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143




Download 7.18 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Iqtisodiy tahlil - boshqaruvning muhim funksiyasi

Download 7.18 Mb.
Pdf ko'rish