O‘zbekistonda iqtisodiy tahlil fanining rivojlanishi1




Download 7.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/143
Sana14.11.2023
Hajmi7.18 Mb.
#98482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   143
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil
5-Laboratoriya ishi. Daraxtsimon ma’lumotlar tuzilmasini tadqiq , Azotning o\'simliklardagi modda almashinuviga ta\'siri-www.hozir.org, Matematika, Cholpon-Kecha-va-kunduz, kamputer tarmoqlar xxx, Reja Qayta o’rash mashinalari, 1-6, suv-ta-minoti-va-oqava-suvlarni-oqizish-tizimlarida-bosimli-tarmoqlarning-o-ziga-xos-xususiyatlari, Kichik maktab yoshdagi o\'quvchilar, WRITING BONUS, 2- topshiriq (1), kursovaya rabota 2 kurs, 2-kurs Tabiiy fan ishchi dastur kunduzgi new(2) (2)
1.5. O‘zbekistonda iqtisodiy tahlil fanining rivojlanishi1
0 ‘zbekistonda iqtisodiy tahlil fanining shakllanishi ham da rivoj­
lanishi 1931-yilda Toshkent moliya-iqtisod institutining tashkil topishi 
bilan chambarchas bog‘liq. M ana shu davrdan xalq x o ‘jaligining moliya 
sohasi hamda tarmoqlari iqtisodiy jihatdan tahlil qilinib o‘rganilgan. 
Garchand, iqtisodiy fanlar qatoridan iqtisodiy tahlil fani alohida predmet 
bo‘Iib ajralib chiqmagan bo‘lsa-da, uning usullari va uslublaridan 
boshqa fanlarda foydalanilgan. Ayniqsa, moliya, kredit, buxgalteriya 
hisobi fanlarida iqtisodiy tahlil elementlari keng ko'lam da qoilanilgan.
1950-yillargacha xo‘jalik faoliyati tahlili buxgalteriya hisobi fani 
tarkibida o ‘qitilgan. 1950-yillardan keyin xo'jalik faoliyati tahlili alohi­
da fan tarzida oliy o‘quv yurtlarida o ‘qitila boshlagan. Misol uchun, 
Toshkent moliya-iqtisod institutida i.f.d., professor Ayrumov Arsen 
Mixaylovich «Paxta etishtiruvchi jam oa xo‘jaliklari faoliyatini tahlil 
qilish» bo'yicha o‘quv qo‘llanmani 1955-yilda (rus tilida), «Sanoat 
korxonalari xo‘jalik faoliyati talilili» nomli darslikni (rus tilida) 1959- 
yilda, «Davlat x o ‘jaliklarida x o ‘jalik faoliyati tahlili» bo‘yicha amaliy 
m ashg'ulotlar uchun materiallar (1960-yil) kabi maxsus adabiyotlami 
yozgan.
1
Ушбу параграфни ёзишда М.К- Пардаевнинг «Икгиеодий тачлил назарияси» 
(Дарслик «Зарафшон» нашриёти, Самарканд, 2001) китобидан фойдаланилди.
17 
(. 
<2- S О f


1966-yilda Moskvaning «Ekonomika» nashriyotida chop etilgan 
«Matlubot kooperatsiyasi korxonalar xo'jalik faoliyatining tahlili» nomli 
darslikni yozishda novosibirsklik L A. Falkovichlar bilan birgalikda 
samarqandlik olim I N. Toporovskiy ham taklif qilingan edi. 1970-yilda 
samarqandlik olimlar I.T. Abdukarimov, B.A. Zalesskiy va N.I. Topo­
rovskiy tomonidan Moskvaning «Экономика» nashriyotida «Matlubot 
kooperatsiyasi korxona va tashkilotlari xo'jalik faoliyatini tahlil qilish 
bo‘yicha masalalar to‘plami» o ‘quv qoilanm asi chop etildi.
Toshkent moliya-iqtisod institutining Toshkent xalq xo‘jaligi ins- 
titutiga aylanishi va mazkur institutda «Xo‘jalik faoliyati tahlili» kafe- 
drasining faoliyati ham iqtisodiy tahlil fanining alohida b o iib rivoj- 
lanishida muhim ahamiyatga ega boidi. Jumladan, iqtisod fanlari 
doktori, professor A.M. Ayrumov tomonidan «Sanoat korxonalari xo‘ja- 
lik faoliyati tahlili» nomli darslik (rus tilida) 1971-yilda chop etildi. 
N.B.Kartamishev, S.K. Qodirxonov, S.X. Ablyatifovlar tomonidan «Sa­
noat korxonalari xo‘jalik faoliyati tahlili bo'yicha masalalar» (-T.: 
« 0 ‘qituvchi», rus tilida) nomli kitobi 1977-yilda oliy o‘quv yurtlari 
uchun o ‘quv qo ilanm a sifatida tavsiya etilgan.
1970-yillarda respublikamizdagi iqtisodiy oliy o'quv yurtlarida 
tahlil maktablari tarkib topa boshladi.
1970-yillaming ikkinchi yarmiga kelib talililchilar safi 0 ‘zbekiston 
miqyosida tanila boshlandi va kengaydi. Bu fan bo'yicha o‘zbek tilida 
darsliklar paydo b o ia boshladi. 1973-yilda « 0 ‘qituvchi» nashriyotida 
N.A. Xan tomonidan tayyorlangan «Qishloq xo‘jalik korxonalari xo'ja­
lik faoliyatining analizi» nomli oliy o ‘quv yurtlari uchun darslik chop 
etildi. 1979-yilda O. Mahmudovning «Qishloq xo‘jalik korxonalarining 
x o ‘jalik faoliyatini analiz qilish» nomli o‘rta maxsus o ‘quv yurtlariga 
m oijallangan o'quv qoilanm asi o ‘zbek tilida chop etildi. Bu darslik va 
o ‘quv qoilanm alar respublikamizda iqtisodiy tahlilning taraqqiyoti va 
istiqboli uchun qo'yilgan ilk qadamlar edi.
1973-yilda prof. I T. Abdukarimov va dots. M.Q. Pardayevlar tomo­
nidan «Kooperativ savdoda mehnat ko‘rsatkichlari tahlili» nomli kitobi 
Moskvaning «Ekonomika» nashriyotida chop etildi. Bu bilan o‘zbe- 
kistonlik olimlar tematik tahlil rivojlanishiga yana bir qutlug‘ qadam 
qo‘ydilar.
1980-yillar 0 ‘zbekistonlik olimlar uchun juda sermahsul davr 
b o id i. I.T. Abdukarimov, M.Q. Pardayev va A.A. Abdiyevlar hamkorli- 
gida «X o'jalik faoliyatining tahlili»ga bagishlangan to ‘rt tomlik albom 
yaratildi. Bunda kooperativ savdo korxonalari xo‘jalik faoliyati batafsil


tahlil qilingan. Ammo matlubot kooperatsiyasi ko‘p tarmoqli soha. Shu 
tufayli albomning 3-tomi «Matlubot kooperatsiyasi alohida tarmoqlari 
xo' jalik faoliyatining tahlili» mavzusiga bag‘ishlangan.
1984-yilda I. T. Abdukarimov tomonidan «Matlubot kooperatsiyasi 
xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish» nomli darslik Moskvaning «Eko- 
nomika» nashriyotida chop etildi. 1989 yil vilda ushbu darslik aynan ana 
shu nashriyotda qayta ishlangan va to ‘ldirilgan variantida yangidan 
nashr qilindi.
O'zbekistonlik olimlar tahlilning yangi shakli - kompleks tahlil 
usullarini ishlab chiqishga kirishdi. Natijada 1983-yilda professor 
I T. Abdukarimov tahririda M.Q. Pardayev va Yu.S. Sattarovlar tomoni­
dan tayyorlangan «Chakana savdoda mehnat samaradorligini kompleks 
baholash» bo‘yichauslubiy tavsiyayuzaga keldi.
Xo‘jalik faoliyatini kompleks baholash borasida ilmiy izlanishlar 
davom etadi. Endi bir tarmoqda emas, balki ko'p tarmoqda qanday usul 
bilan kompleks baholash mumkinligi ustida ilmiy-tadqiqot ishlari olib 
borildi va nihoyat, 1990-yilda V.I. Abdukarimov tomonidan «Axborot- 
lam i avtotmatlashtirilgan tizimi sharoitida ko‘ptarmoqli matlubot 
kooperatsiyasi samaradorligini kompleks baholash masalalari» nomli 
monografiyaToshkentdagi «Mehnat» nashriyotida bosmadan chiqdi.
Shu davrlarda korxonalar iqtisodiyoti yoki hisob tizimiga bag‘ish- 
langan adabiyotlarda iqtisodiy tahlil fani usullaridan samarali foyda- 
lanilgan. Misol uchun. professor A.S. Sotivoldiyevning Qishloq xo‘ja- 
ligida xarajatlar uchyoti va mahsulot tannarxini hisoblash ( 0 ‘quv 
qo‘llanma. -Т.: Mehnat, 1988), Qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi 
(Darslik. -Т.: Mehnat. 1991) kabi kitoblarida iqtisodiy tahlil usullari 
keng ko‘lamda qoilanilgan.
0 ‘zbekiston Respublikasining mustaqillik sari intilishi o ‘zbekis- 
tonlik olimlami o‘zbek tilida darslik yozishga da’vat etdi. 1989-yilda 
I T. Abdukarimov, M.Q. Pardayev, A.A. Abdiyev va V.I. Abdukarimov- 
lar tomonidan «Matlubot kooperatsiyasi x o ‘jalik faoliyatini tahlil qilish» 
mavzusida o ‘zbek tilida darslik vujudga keldi. U Toshkentdagi « 0 ‘qi- 
tuvchi» nashriyotida chop etildi. Bu darslikdagi ko‘p iqtisodiy atamalar 
o‘zbek tilida yozildi.
T a’kidlash kerakki, mazkur davrlarda ayrim o ‘zbekistonlik olimlar 
iqtisodiy talilil faniga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib 
borishgan va ulami muvaffaqiyatli himoya qilishgan.
0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, o ‘ziga xos va 
mos bozor iqtisodiyotiga asoslangan taraqqiyot y o ‘lini tanlab oldi. Bu


esa olimlardan bozor iqtisodiyotiga oid adabivotlami yaratish \ a/ifasmi 
talab qildi. 1991-yilda I T. Abdukarimov, M.Q. Pardayev va Sh.U. Hay- 
darovlar hamkorlikda «Yangi xo‘jalik yuritish sharoitida kooperativ 
savdoda daromadlar tahlili» risolasini chop etdi.
1995-1999-yillarda 0 ‘zbekistonda «Iqtisodiy tahlil» fanining asosiy 
sohasi b o ig a n moliyaviy tahlilga bagishlangan bir qancha adabiyotlar 
chop etildi. I.T. Abdukarimovning «Moliyaviy hisobotni o‘qish va tahlil 
qilish y o ilari» (-T.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashr uyi, 1998, 
ikkinchi nashn 1999-yilda), I.O. Volji va V.V. Ergashboyevlaming 
«Moliyaviy tahlil» (-T.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashr uyi, 
1998), M.Q. Pardayev va B.I. Isroilovlaming «Moliyaviy tahlil» (-T.: 
«Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashr uyi, 1999), M.Q. Pardayev va 
boshqalar Boshqaruv tahlili ( 0 ‘quv qoilanma. -Т.: «Iqtisodiyot va 
huquq dunyosi», 2005) kabi kitoblami kiritish mumkin.
2000-yildan so‘ng respublikamizdagi iqtisodiy oliy o‘quv yurtlarida 
iqtisodiy tahlil faniga bagishlangan ko‘plab adabiyotlar chop etildi
ilmiy-tadqiqot ishlari o ‘tkazilib muvaffaqiyatli himoya qilindi. Jum­
ladan, Toshkent Moliya instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan ham 
bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Ularga quyidagilami misol qilib 
ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin. Yo. Abdullayev, A. Ibragimov, M.Raxi- 
mov. Iqtisodiy tahlil. ( 0 ‘quv qoilanm a. -Т.: «Mehnat». 2001), A.V.Va- 
hobov, A.T. Ibrohimov «Moliyaviy tahlil» (Darslik. -Т.: «Sharq», 
2002), A. Vahobov, A. Ibragimov, B. Xakimov «Iqtisodiy tahlil 
nazariyasi» ( 0 ‘quv qoilanm a. -Т.: «Moliya», 2003), A.V. Vahobov,
A.T. Ibrohimov «Boshqa tarmoqlarda iqtisodiy tahlilning xususiyatlari» 
( 0 ‘quv qoilanm a. -Т.: TMI. 2004), A.Ibragimov, M.Raximov. 
Moliyaviy talilil. ( 0 ‘quv qoilanm a. -Т.: TMI. 2004), X. Axmadjonov, 
M. Raximov. Boshqaruv tahlili. ( 0 ‘quv qoilanm a. -Т.: TMI. 2004), 
T.Sh. Shagiyasov «Теория экономического анализа» (Ucheb. posobie 
/ TFI. -Tashkent, 2005), T.Sh. Shagiyasov, Z.A. Sagdillaeva. B.V. Fay- 
ziev. «Финансовый и управленческий анализ» (Uchebnik. -Т.: 
«Iqtisod-Moliya», 2008), T.Sh. Shog‘iyosov Kompleks iqtisodiy tahlil. 
( 0 ‘quv qoilanm a. -Т.: «Iqtisod-moliya», 2009), B.Xakimov, X. X o‘ja- 
xonov, «Byudjet tashkilotlarida iqtisodiy tahlil» (-T.: «Iqtisod-Moliya», 
2011), T.Sh.Shogiyosov «Kompleks iqtisodiy tahlil» (Darslik. -Т.: 
«Fan va texnologiya», 2012) va boshqalar.
2005-yildan Toshkent Moliya instituti «Moliyaviy tahlil» kafedrasi 
qoshida magistratura 5A340903-»Iqtisodiy tahlil» mutaxassisligi bo‘- 
yicha o ‘zbek, rus va ingliz tillarida kadrlar tayyorlay boshladi. Toshkent


Moliya instituti «Moliyaviy tahlil» kafedrasining mudiri professor
B.J.Xakimov rahbarligida hamda kafedra a’zolari harakati tufayli 
A340903-»Iqtisodiy tahlil» mutaxassisligi 2011-yilda MASTERS 
RANKING (eduniversal xalqaro tashkiloti xulosasiga ko‘ra) The Best 
Masters and MBA Worldwide 2011 dasturi bo‘yicha dunyoning eng 
kuchli TOP 200 Best Masters Programs - Worldwide Economics 
ro ‘yxatiga kiritildi. Ushbu hodisa 0 ‘zbekiston iqtisodiy fanlari tarixida 
birinchi marta ro‘v berishi edi. Bu esa, Toshkent Moliya instituti 
«Moliyaviy tahlil» kafedrasi professor-o‘qituvchilari va ular tomonidan 
tayyorlanayotgan «Iqtisodiy tahlil» mutaxassislarini butun dunyoda 
e’tirof etilganidan dalolatdir.
Hozirgi kunda Toshkent moliya instituti «Moliyaviy tahlil» kafe­
drasi tomonidan iqtisodiy y o ‘nalishdagi bakalavr talabalariga «Iqtisodiy 
tahlil nazariyasi», «Moliyaviy va boshqaruv tahlili», «Iqtisodiy tahlil va 
audit» nomli fanlar o‘qitilmoqda. Iqtisodiy y o ‘nalishdagi magistrlarga 
esa «Kompleks iqtisodiy tahlil», «Fuksional iqtisodiy tahlil», «Iqtisodiy 
subyektlaming moliyaviy holatini tahlil qilish», «Tashqi iqtisodiy 
faoliyat tahlili» fanlari bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
0 ‘zbekiston Respublikasida uzluksiz va uzviy olib borilayotgan 
iqtisodiy islohotlar natijasi b o iib raqobatbardosh iqtisodiyotni shakl- 
lantirish o‘rta muddatdagi asosiy strategik masala b o iib qolmoqda. 
Mazkur sharoitdagi iqtisodiy munosabatlar, ulardagi mutanosiblik ham ­
da tendensiyalar iqtisodiy tahlil fanini rivojlantirish yo ilarin i aniqlab 
beradi.

Download 7.18 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   143




Download 7.18 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 O‘zbekistonda iqtisodiy tahlil fanining rivojlanishi1

Download 7.18 Mb.
Pdf ko'rish