|
0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va
|
bet | 101/109 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 22,48 Mb. | | #156599 |
Bog'liq TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)Standartlashtirish ishlarini tashkil etish. 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 2-martdagi 93- sonli « 0 ‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo'yicha ishlarni tashkil qilish» to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi standarlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish 0 ‘zbekiston davlat markazi ( 0 ‘zdavstandart) standartlashtirish bo‘yicha milliy idora hisob- lanadi.
Respublika standartlashtirish rejasiga, birinchi navbatda, milliy standartlar talablari bilan uyg‘unlashishini, kishilarning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsizlikni, atrof-muhitning muho- faza qilinishini, iste’molchilar huquqining himoya qilinishini, milliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy dasturlarning amalga oshirilishini ta’minlaydigan standartlarni ishlab chiqish kiritiladi.
Sanoat va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish uchun zarur bo‘lgan hollarda 0 ‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, uyushmalari, konsernlari va boshqa xo‘jalik tuzilmalaridan bo'linm alar (xizmatlar) va (yoki) fan-texnikaning tegishli sohalaridagi yuqori ilmiy-texnikaviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan tashkilotlarda standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkilotlar tuziladi.
Korxona rahbarlari korxonalarda standartlashtirish ishlarining tashkil etilishi va bu ishlaming bajarilishi uchun bevosita javob- gardir.
Korxonalar, zarur bo‘Iganda, standartlashtirish bo‘yicha boiinm alar (xizmatlar): konstruktorlik-texnologik yoki ilmiy tadqiqot bo‘limi, laboratoriya, byuro tashkil etadi, ular korxo- nada standartlashtirish bo‘yicha ishlarga tashkiliy-uslubiy va ilmiy-
texnikaviy rahbarlikni amalga oshiradi, standartlashtirish bo'yicha ilmiy tekshirish va tajriba-konstruktorlik hamda boshqa ishlarni bajaradilar, korxonaning boshqa bo'linmalari tomonidan o'tka- zilayotgan standartlashtirish ishlarini bajarishda ham qat- nashadilar.
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda standartlashtirish bo'yicha olib boriladigan ishlar asosiy ishlar turiga kiradi.
|
| |