|
0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va
|
bet | 97/109 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 22,48 Mb. | | #156599 |
Bog'liq TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)Nazorat savollari
To'quvchi mehnatini rejalashtirishning qanday ahamiyati bor?
To'quvchi qaysi marshrutlardan qanday hollarda foydalanadi?
To'quvchining ish qurollari nimalardan iborat?
To'quvchining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Smena qabul qilish va topshirishning qanday qoidalari mavjud?
............1 STANDART VA UNING
17-BOB \ SIFATLI MAHSULOT ISHLAB
1 CHIQARISHDAGI 0 ‘RNI Standartlash va metrologiyaga oid umumiy ma’lumot
Hozirgi vaqtda butun jahon miqyosidagi asosiy masalalardan biri ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarida mahsulot sifatini yaxshilashdan iboratdir.
Mahsulotning sifatini yaxshilashning birdan bir yo‘li metro- logiya va standartlashni rivojlantirishdan iborat.
Metrologiya — fan sifatida oichash uslub va vositalari bilan tanishtiradi, sinov yo‘li bilan olingan natijalarni qaysi tizim birliklari orqali ifodalanishini ko‘rsatib beradi, olingan natijalarni aniq hosil boiishini hamda xatoliklaming kelib chiqish sabab- larini batafsil yoritib beradi.
«Metrologiya» so‘zi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, «met- гоп» — o ‘lcham, «logos» — o ‘qish ma’nosini anglatadi, ya’ni o‘lchamni o‘qish demakdir.
Standartlashni hayotda faol vosita sifatida umumdavlat texnika siyosatidan o'tkazish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish vositasi, issiqlik va energiyadan tejamli foyda- langan holda yangi joriy qilingan resurslami ehtiyot qilish orqali fan va texnika yutuqlariga erishishdir. Bizning mamlakatimizda standartlashtirish tashkiliy va moddiylikka tayangan holda, umumdavlat qonun kuchi yordamida amalga oshiriladi. Keyingi vaqtlarda 0 ‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish qo‘mitasida o'zgarishlar ro‘y bermoqda.
Umumdavlat boshqarish organi, mamlakatda metrologiya va standartlashtirishni boshqarish masalasi Vazirlar Mahkamasi qoshida tashkil etilgan standartlashtirish qo‘mitasiga yuklatilgan. Davlat standartlash qo‘mitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
mahsulotning sifat ko‘rsatkichini standartlashtirish va birinchi navbatda, korxonalararo mahsulotni standartlash masala-
sini umumjihatdan hal etish; materiallar, xomaki mahsulotlar, umuman olganda, tayyor mahsulot sifatini oshirish, korxona lararo standartlashtirish masalasini tashkil qilish; mahsulotlami yagona maqbul usul asosida ishlab chiqarish; standartlashtirish ishlarini davlat nazorati ostida olib borish;
maxsus sanoat korxonalarini bir xillashtirish va agre- gatlashtirishning rivojlanishini ta’minlash, ishlab chiqarish jara- yonini komplekslashtirish va avtomatlashtirish;
texnik va o'lchash asboblarini zamonaviysiga almashtirish; fizik o'zgarmas o'lchashlarni standartlashtirish; belgilangan tizimda davlat o‘lchov birligini tashkil qilish; davlat etalonlari bo'yicha birlik tizimini yaratish va uni ishlab chiqarishga tatbiq qilish, shu bilan birga, umum va maxsus o'lchash texnikalarini davlat nazorati ostiga olish, bu texnikalarda ishni amalga oshirish hamda birlik o'lchamini ta’minlash;
0 ‘zbekiston milliy iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida standartlashtirish ishlari bo'yicha koordinatsiyalash, belgilangan birlik tizimini loyihalash va texnologik hujjat asosida rasmiy- lashtirish, qo'yilgan va tasdiqlangan davlat rejasi asosida stan dartlashtirish, texnik va standartlashtirish sharoitini hisobga olish va uni ro'yxatdan o'tkazish;
standartlashtirish ishlari bo'yicha respublika korxona- larining boshqa davlatlar bilan hamkorlikda ish olib borishi, stan dartlashtirish va metrologiya bo'yicha shu davlatlaming ish tajri- balarini o'rganish.
O'zbekiston Respublikasi metrologiya ta’minotining vazifasi o'lchashlar birligini ta’minlash, Davlat tizimining qoidalarini amalga oshirishga qaratilgan tadbirlar majmuyini bajarishdan iborat. O'zbekiston Respublikasi o'lchashlar birligini ta’minlash Davlat tizimining qoidalarini qo'llashga oid tadbirlar majmuyini ishlab chiqish va bajarish metrologik ta’minotning asosiy vazi-
fasidir.
Metrologik ta’minotning asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:
fizikaviy kattaliklar birliklarini aniqlash;
metrologiya sohasida ilmiy-uslubiy, me’yoriy-texnikaviy va boshqaruv hujijatlarini ishlab chiqish va qo'Uash;
o'lchash aniqligiga qo'yiladigan maqbul talablami, o'lcha- nayotgan ko'rsatkichlaming muvofiqlashgan ro'yxatini tuzish;
ishlaydigan ishchilar, namunaviy o'lchash vositalari va yordamchi metrologik jihozlaming ratsional ro'yxatini aniqlash;
etalonlar, namunaviy o'lchash vositalarini talab qilingan qoidalarga muvofiq saqlash va qo'llash, ishchi o'lchash vosita- lariga fizik kattaliklarning birlik o'lchamlari uzatilishini ta’ minlash;
qo‘llashga tavsiya qilingan uslublar va oichash vositalari- ning iqtisodiy jihatdan asoslanganligi;
oichash vositalari, oichash uskunalari va tizimlarini at- testatsiyadan 0 ‘tkazish, qiyoslash va kalibrlash;
oichash vositalarini ta’mirlab rostlashda DSt. qoidalariga rioya qilish;
ishlab chiqarish, sinovlarva mahsulotga sertifikat berishda metrologik qoidalar, me’yorlar va boshqa DSt. talablariga rioya qilish tadbirlarini bajarish.
Respublikaning Davlat metrologik xizmati tarkibi quyida- gilardan iborat:
0 ‘zdavlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatsi- yalashtirish markazi;
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatsiyalashtirish hududiy markazlari;
0 ‘zbekiston tadqiqotlar va mutaxassislar tayyorlash ins tituti;
0 ‘zdavstandartining ixtisoslashtirilgan metrologiya boiin- malari.
Metrologiya xizmati boiimi o‘z ishlarini ular haqidagi ni- zomlar asosida olib boradi: ushbu nizomlar idora boshliqlari qarori bilan tashkil etilgan xizmatlarning namunaviy nizomlari asosida tuziladi va rahbar tomonidan tasdiqlanadi. 0 ‘zdavstandart to‘g‘risidagi Nizom 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi.
Standartlashtirishning asosiy vazifalari va qonun-qoidalari
|
| |