|
0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va
|
bet | 94/109 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 22,48 Mb. | | #156599 |
Bog'liq TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)To‘quvchi:
belgilangan ishlab chiqarish normasini bajarishga;
ishlab chiqarilayotgan to ‘qima sifati, tanda va arqoq chiqindisi miqdoriga;
to‘quv dastgohi holati hamda asbob va uskunalarning saqlanishiga;
ish o‘mining tozaligi va tartibliligiga;
texnika xavfsizligi va ichki taqsimlanish qoidalariga amal qilishga;
shuningdek, sex ustasi va usta yordamchisi tomonidan berilgan vazifalarni bajarishga javobgardir.
To‘quvchining ish o‘rnini tashkil qilish
To‘quv sexida to‘quv dastgohlari joylashgan hamda zarur g‘amlangan o‘ramlar saqlash uchun joy to‘quvchining asosiy ish o‘mi hisoblanadi. To‘quv dastgohlari to‘quvchi, usta yordamchisi va brigadadagi qolgan ishchilarning ishlashi uchun qulay joylashtirilishi lozim.
To'quvchi va boshqa ishchilarning ish jarayonida harakat- lanishlariga va transport harakatiga qulay bo‘lishi uchun dastgoh ning skalo tomonidan transport o‘tishi va old tomonidan o‘tish uchun belgilangan miqdordagi yo‘laklar bo‘lishi lozim.
To‘quv dastgohlari tanda va arqoq iplari bilan bir me’yorda va kerakli miqdorda ta’minlab turilishi lozim.
To'quvchi zamonaviy to‘quv dastgohlarida ishlashi uchun quyidagi asboblar bilan qurollangan bo'lishi kerak:
ilgak —tanda ipini lamel, gula va tig‘dan o‘tkazish uchun kerak bo‘lib, uning uzunligi 28 sm, uzilgan ipni bartaraf qilish jarayonini yengillashtiradi; to‘quvchining ishi mobaynida iplami to‘quv anjomlari ko‘zchalaridan oson o‘tkazishi uchun xizmat qilib, to‘quvchi fartugining cho‘ntagida turadi;
qaychi — uzuqni bartaraf etish paytida iplaming uchini kesish, to‘qima bo‘lagini kesib olish paytida to‘qimani kesish va boshqa ishlarni bajarishda foydalaniladi;
qisqich — homuzadan ip uchlari, halqachalami olib tashlash va to‘qima yuzasini tozalash uchun ishlatiladi. Qisqichning o ‘tkir qismi bilan nuqson bartaraf qilinadi, to'quvchining chap cho'n- tagida saqlanadi;
qumqog‘oz — 10x5 mm o'lchamli bo'lib, dastgohda arqoq tashlovchi moslamani (rapiralar, mitti mokilar, moki va hoka- zolami) tozalash uchun xizmat qiladi;
qalam yoki bo‘r — to'qimada kerakli belgilar qo'yish uchun kerak;
cho‘tka — dastgohning mexanizmlarini changlardan tozalash- da ishlatiladi.
To'quvchi ishini to'g'ri tashkil etishida smenani qabul qilish va topshirish muhim ahamiyatga ega.
To'quvchi smena qabul qilishdan oldin smena topshiruvchi to'quvchidan ish jarayoni haqida kerakli ma’lumotlarni olishi, dastgohlarning holati, nosozliklari, ularning bartaraf etilishi, usta va usta yordamchisi buyruqlari haqida bilib olishi kerak.
Smena qabul qilish paytida to ‘quvchi:
dastgohlarning tozaligini (ya’ni tozalanganligi, yog'lan- ganligi);
ish joyining tozaligini (dastgoh tagida keraksiz narsalaming yotishi va h.k);
asboblaming borligi va holatini;
arqoq ipining mavjudligi va sifatini, tanda ipi, to'qima, to'qima milki holatini;
tig', moki, rapiralar va shparutkalar holatini;
lamel uskunasining ishlash holatini tekshirishi shart.
Tekshirish mobaynida agarda biror kamchiliklar aniqlansa, smena qabul qiluvchi va smena topshiruvchi to'quvchi birgalikda bu kamchiliklarni bartaraf qilishi va bu haqida usta yordamchisiga xabar berishi kerak.
Dastgohni yurgizishga tayyorlab, to'qimada tabel raqamini, smenani va kunini belgilaydi.
Smena tugashidan 1 — 1,5 soat oldin to'quvchi dastgohlami va ish o'rnini smena qabul qiluvchi to'quvchiga tayyorlab berishi kerak. U dastgohlarning texnik va ish holatini, to'qim ani tekshiradi; lamel uskunalarining holatini va o'ramalami tekshirib, zarur belgilarni qo'yadi. Smenani topshirishda ishlab turgan dastgohlar haqida smena qabul qiluvchi to'quvchiga ma’lumot beradi va unga to'liq ishchi holatida topshiradi. Agarda smena qabul
qiluvchi to‘quvchi ishga kelmay qolsa, u smenani usta yor- damchisiga topshiradi. Smena topshirmay to‘quvchi ishdan ketishi mumkin emas. Ish kunining oxirida yoki dam olish kunidan oldin to‘quvchi brigadadagi ishchilar bilan birgalikda dastgohlarni signal bo'yicha to'xtatadi, shodalarni to‘g‘rilaydi, homuzadan rapiralarni chiqaradi, tanda ipi tarangligini bo'sha- tadi, asboblarni kerakli joyga joylashtirib to‘qimaga belgi qo'yadi. Ip gazlama ishlab chiqarish korxonalarida to'quvchilar, asosan, ko‘p dastgohlarda ishlaydilar, shuning uchun ishni reja-
lashtirish muhim ahamiyatga ega.
To'quvchining ishi to‘g‘ri rejalashtirilganda, dastgohlarning turib qolish vaqti kamayadi, to‘quvchining bandligi kamayadi, to‘qiladigan to‘qima sifati va ish unumdorligi oshadi.
To‘quvchi ishini rejalashtirishning asosiy prinsipi bu uning harakat yo‘nalishini, ya’ni bir guruh dastgohlarga xizmat ko'r- satishda belgilangan yo‘l bo‘yicha harakatini to‘g‘ri qabul qilishdan iborat. Reja va tartibli ish to‘quvchining dastgohlarga ma’lum yo‘nalish bo‘yicha harakatlanib xizmat ko'rsatishi bilan belgi- lanadi. Harakat yo ‘nalishiga quyidagi talablar qo'yiladi:
harakat yo‘nalishi eslab qolish va bajarish uchun qulay bo‘lishi;
to‘quvchi dastgohlarning oldiga xizmat ko‘rsatish uchun tez-tez kelib turishi uchun harakat yo‘nalishi qisqa bo'lishi;
to‘quvchining to ‘quv g‘altaklari va to‘qima tomonidan dastgohlarga bir tekis kelishini ta’minlashi lozim.
Harakat yo‘nalishini tanlashda dastgohning to'qima hosil bo‘lishi tomonidan yoki to'quv g'altagi tomonidan ko'proq o'ti- shi kerakligi asosan to'qilayotgan to'qima assortimentiga bog'liq.
Masalan, murakkab o'rilishli to'qimalar to'qishda to'qima hosil bo'lish tomonga ko'proq qatnashi va to'quv g'altagi tanda tomoniga kamroq kelishi lozim. Oddiy to'qimalarni ishlab chiqarish uchun to'quvchi dastgohlarning yoniga bir maromda ikkala tomonga kelishi kerak.
Shuningdek, harakat yo'nalishini tanlashda dastgohlarning sexda joylashishini, to'quvchi xizmat ko'rsatayotgan dastgohlar soni va h.k.lar ham ta’sir ko'rsatadi.
Yo'nalishni tanlashda, albatta, to'quvchining uzilgan tanda oldiga vaqtida, ya’ni ip skalodan shoda tomoniga o'tib ketmasdan hamda to'qima oldiga esa to'qilayotgan nuqsonli to'qima yo'naltiruvchi grudnitsa tomoniga o'tib ketmasdan yetib kelishini hisobga olishi kerak.
To‘quv dastgohida xizmat ko‘rsatish paytida to‘quvchi turli asosiy amallami bajarishiga to'g'ri keladi. To'quvchining o‘z ishini to ‘g‘ri va tez bajarishi esa mehnat unumdorligi oshishining asosiy omilidir.
To‘quvchi smena davomida bir xil ishni ko‘p marotaba takrorlab bajarishiga to‘g‘ri keladi. Demak, tez xizmat ko'rsatish ish vaqtini ancha tejashga olib keladi. Bu esa, o'z navbatida, to‘quvchining ko‘proq dastgohlarda xizmat ko‘rsatishiga imkon beradi; dastgohlarning turib qolish vaqtini qisqartirib, ularning ish unumdorligini oshiradi.
Tanda ipi uzilishini bartaraf etish
Ip uzilishini bartaraf etish to'quvchining asosiy ishlaridan biri hisoblanib, to'quvchi mehnatining taxminan 35 % ini tashkil etadi.
To'quvchi tanda ipining uchini lamel, gula va tig'dan o'tkazadi. Tanda ipi, asosan, lamel ortida, lamel va shoda oralig'ida hamda shoda va to'qima cheti oralig'ida uzilishi kuzatiladi. Ip uzilishini bartaraf etish uchun shodalar o'rta holatga keltiriladi va ipning uzilish joyi aniqlanadi.
Agar to'quvchi dastgohni to'quv g'altagi tomonidan kuzata- yotgan bo'lsa, lamel asbobini harakatga keltirib, ipning uzilgan joyini aniqlaydi.
Agar to'quvchi dastgohni to'qima tomonidan kuzatayotgan bo'lsa, ip uzilgan joyini to'qimadagi halqa orqali ipning uzilgan uchidan yoki to'qimada tanda ipi yetishmaslik nuqsoni orqali aniqlashi mumkin. Ipning uzilgan joyi aniqlangach, to'quvchi dastgohning orqa tomoniga o'tib uzuq ipni chap qo'liga olib ulashga kirishadi.
|
| |