|
0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va
|
bet | 90/109 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 22,48 Mb. | | #156599 |
Bog'liq TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)14.7-rasm. Qabariqlar nuqsoni.
buram berilishi, yigirish mashinalarida ip o‘ralish zichligining bo‘shligi, shuningdek, zarb kuchining kattaligi sababli mokining sakrab ketishi va shunga o‘xshashlar sabab bo'ladi (14.8-rasm). Arqoq ipini namlash va mokida ipni tormozlash yoii bilan bu nuqson bartaraf etiladi. Zarb kuchini rostlash bilan moki qutisida mokining chiqib ketishi va arqoqning halqalanish nuqsonining oldi olinadi. To‘qimada hosil boigan bu nuqson faqat uni tozalash yo‘li bilan bartaraf etiladi.
Arqoq ipining halqalanib qolishi, ko‘pincha, uning qatlam- lariko ‘chib ketishi nuqsoni bilan birga kuzatiladi (14.9-rasm).
14.9-rasm. Qatlamlari ko‘chib ketishi nuqsoni.
Ya’ni arqoq ipi naychadan halqalanib o‘ralib chiqibgina qolmay, balki ikki qo‘shma ip va bir necha uziq yoki bir necha halqa ip to'plami ko‘rinishida ham keladi.
Bunday nuqsonning hosil bo‘lishiga ip o‘ralish zichligining bo‘shligi sabab bo'ladi. Qatlamlarning ko‘chib ketishi nuqsoni ipning halqalanib qolish nuqsoni kabi bartaraf etiladi.
Siyraklik — to ‘qimada arqoq ipi bo ‘yicha zichlikning kamayib ketishi. Bu nuqsonning yuzaga kelishiga tanda tarangligi- ning kamayib ketishi va to‘qima rostlagichidagi nosozliklar sabab bo'ladi. To'qima yuzasida arqoq zichligi kam bo'ladi (14.10-rasm).
Xatolar yoki juftliklar. Ip o'tqazish bo'limida xatolar yoki juftliklar nuqsonlari bo'lishi mumkin (14.11-rasm).
Ushbu nuqsonlar faqat ip o'tkazish bo'limida emas, ip uzilganda to'quvchi to'quv dastgohi ipini guladan va tig'dan o'tkazish tartibiga rioya qilmaganida ham kelib chiqadi.
14.11-rasm. Juftliklar nuqsoni.
Bu nuqson to‘qimada tanda ipi bo‘yicha zich joylashgan iplar natijasida bo‘ylama uzun chiziq shaklida hosil boiadi.
Noto'g'ri ip 0 ‘tkazish tartibining buzilishi quyidagicha hosil boiadi: to'quvchi tig'ning tishiga ikkitadan ip o'tkazish o'miga, tishning biriga bitta, keyingisiga uchta ip o'tkazadi. Ip yetishmaslik natijasida to'qim ada chiziq paydo bo iad i (notekis to'qim a ko'rinishida). Ushbu nuqsonlarni to'quvchi osongina bartaraf etishi mumkin.
Har xil arqoq. Har xil arqoq nuqsoni, to'qimaning bir qismi namunada har xil, ya’ni turli xil chiziqli zichlikdagi arqoq iplar ishlatilganligidandir. Ushbu nuqson to'qimada turli chiziq shaklida ajralib turadi.
Turli xil arqoq iplarining ishlatilishiga quyidagilar sabab boiishi mumkin:
to'quvchi bir necha to'quv dastgohida bir necha xil to ' qimalami ishlab chiqarayotganda o'ramlami adashtirib yuborishi;
yigiruv fabrikasidan adashib kelib qolgan boiishi;
katta partiya olinganida ichida notekis, ya’ni turli xil yo'g'onlikda har xil iplar boiishi mumkin.
To‘qimani saralash, o‘lchash va tozalash
To'quv dastgohlarida to'qilgan xom to'qima hisoblash— navlarga ajratish boiim iga yuboriladi. Bu yerda u navlarga ajratiladi, oichanadi, tozalanadi v a p a r d o z l a s h b o ' l i m i g a jo'natish uchun tayyorlanadi.
Xom ip to‘qimasining sifati (navi) OCT 17-495-75 asosida tekshiriladi va baholanadi. Bundan tashqari, texnik va maxsus to'qimalar sifatini baholash uchun ham standartlar mavjud. OCT 17-495-75 ga muvofiq barcha ip to'qimalari quyidagi to'rt guruhga bo'linadi:
I g u r u h g a qayta tarash sistemasida kalava ipdan to'qilgan to'qimalar, mitkalar, satinlar, moleskinlar, kiyimlik va ko'ylaklik to'qimalar, gulli to'qimalar, kiyimlik va ko'ylaklik saijalar, triko, mebelbop-manzarali to'qimalar kiradi.
g u r u h g a bo'z, grinsbon, polotno, flanel va baykalar kiradi.
g u r u h g a tualdenor tipidagi to'qimalar, past navli paxtadan to'qilgan to'qimalar, to'shaklik va jildlik tiklar, astarlik to'qimalar kiradi:
I V g u r u h g a qirqma tukli to'qimalar kiradi.
To'qimalar sifati ularning fizik-mexanik xossalari normalarga mos kelishiga va tashqi ko'rinishidagi nuqsonlarga qarab baho lanadi. Bunda to'qimalarning ikki navi (birinchi va ikkinchi) belgilanadi.
To'qimalarning tashqi ko'rinishidagi nuqsonlar gazlamaning ma’lum cheklangan joylaridagi nuqsonlarga (dog'lar, siyraklik, chala o'rilish, zichlashgan joylar) va butun gazlama to'piga yoyilgan nuqsonlarga (kirlanganlik, yo'l-yo'llik, har xil tuslilik) bo'linadi.
To'qima sifatini baholash, ya’ni navini aniqlashda balli sistemadan foydalaniladi va u fizik-mexanik xossalari hamda tashqi ko'rinishidagi nuqsonlar bo'yicha ballaming umumiy yig'indisi bilan aniqlanadi. I nav uchun to'qima to'pining shartli uzunligiga yoi qo'yiladigan eng ko'p jarima ballari yig'indisi — 10, II nav uchun — 30 ball qilib belgilangan.
To'qima to'pining quyidagi shartli uzunligi qabul qilingan: eni 90 sm.gacha bo'lgan xom ip gazlamalar uchun 40 m; eni 90 dan 110 sm.gacha boiganlari uchun 30 m; 110 sm.dan enli bo'l- ganlari uchun 23 m; qirqma tukli gazlamalar uchun 20 m.
Hisoblash-navlarga ajratish bo'limida to'qimalar o'lchanadi va to'qilgan gazlamalarning umumiy miqdori, shuningdek, har bir to'quvchi to'qigan gazlamalar miqdori hisobga olib bori- ladi.
Jadvalda to'qim a navi ruxsat etilgan ballarga nisbatan aniqlangan.
14.1-jadval
|
| |