;■. ,U« -««>й »»чЬ»Й *ini
.* i'. t.. , ».X, - . r U l . t U j
14.2-rasm. Arqoq ipi zichligining oshib ketishi nuqsoni.
Tandasizlik. Bu nuqson, asosan, to‘quv g‘altagida bir yoki bir necha tanda ipning yetishmasligidan to'qimada bo‘ylama yoilar hosil bo‘lishidir (14.3-rasm). Ayrim hollarda esa tanda ipining uzilishi va bu uziqni o‘z vaqtida ulanmaganligidan ham hosil boiadi. Tandasizlik nuqsoni to'qima tashqi ko‘rinishiga va uning pishiqligiga ta’sir ko'rsatadi. Bu nuqson tandalovchi, ohorlovchi va to'quvchining e’tiborsiz va malakasizligidan dalolat beradi. Bu nuqsonning oldini olish, asosan, to'quvchining e’tibor bilan tanda ipining bor- yo'qligini tekshirish, ipni gula va tig'dan to'g'ri o'tkazish orqali amalga oshiriladi.
Qo ‘shilib о ‘rilish nuqsoni tanda ipi uzilib boshqa ip bilan o'ralashib ketishi sababli hosil bo'ladi (14.4-rasm). Bunda to'qima
14.4-rasm. Qo'shilib o ‘rilish nuqsoni.
o‘ri!ishi buziladi, tanda ipi arqoq ipi bilan o‘rilmay, unda katta-katta to'rsimon o‘rilishlami hosil qiladi. Bu nuqson, shuningdek, bir yoki bir necha shodadagi gulalaming uzilishidan, tanda ipi uzun uchli tugunlari yoki tashqi nuqsonlaming (ya’ni ip, qog‘oz va h.k.) homuza orasiga tushib qolishidan ham hosil boiadi. Qo‘shilib o'rilish nuqsoni to‘qima pishiqligini pasaytirib, to‘qimaning o‘rilish naqshini butunlay buzib yuboradi. Demak, to'qimada qo‘shilib o‘rilish nuqsoni boigan to‘qima va boshqa nuqsonlaming boiishi yoki boimasligidan qat’i nazar, bu mahsulot yaroqsiz mahsulot hisoblanadi. Hatto shu nuqsonli joyni to'qima bo'la- gidan kesib olinganda ham, to'qima bo'lagi qisqa uzunlikda bo'lib, mahsulot yaroqsiz bo'lib qoladi.
Bu nuqsonni bartaraf etish uchun to'qimaga qayta ishlov berib, ya’ni to'qimani arqoq bo'yicha shu nuqson uzunligidan qirqib olinib, yirtilgan arqoq iplari olib tashlanadi va tanda iplari bogianib, tartibga keltirilib, to'qima qayta to'qiladi. Ammo jarayon ancha murakkab bo'lib, dastgoh unumdorligi kamayib ketishi mumkin, shuning uchun nuqsonning oldini olish zarur. Buning uchun muntazarri ravishda to'quvchi tanda ipi holatini, shoda va gulalaming butunligi va ularda ipning borligini, tashqi har xil nuqsonlar yo'qligini tekshirib, yuqoridagi holatlar boisa, ularni o'z vaqtida bartaraf etishi lozim.
Notekis to‘qima nuqsoni. To'qima yuzida uning eni bo'yicha arqoq zichligining oshishi yoki kamayishi natijasida notekis to'qima hosil bo'ladi (14.5-rasm).
Har ikki holatda ham bu nuqson to'qima yuzidan zichligi notekis yo'l-yoi nuqson hosil qiladi va to'qima pishiqligiga ta’sir qiladi.
|