|
0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va
|
bet | 87/109 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 22,48 Mb. | | #156599 |
Bog'liq TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)Qanday sabablarga ko'ra tanda va arqoq iplari uzilishi mumkin?
Tanda va arqoq iplarining uzilishini kamaytirish va uning oldini olish uchun nimalar qilish kerak?
To'quv dastgohida qanday chiqindilar bo'ladi?
Chiqindilarni kamaytirish uchun qanday choralar ko'rilishi kerak?
14-BOB TO‘QIMANI TEKSHIRISH, HISOBLASH VA TOZALASH To‘qimadagi nuqsonlar
To‘quv dastgohlari mexanizmlari va moslamalarining bu- zilib qolishi, tanda va arqoq iplarining uzilishi, to'quvchilarning noto‘g‘ri yoki e’tiborsiz ishlashi oqibatida to‘qimalarda nuqsonlar hosil bo‘ladi. Bu esa to‘qima sifatining pasayishiga olib keladi.
To‘qimada arqoq yetishmaslik nuqsoni, to‘qima eni bo'yi cha bir yoki bir necha arqoq ipining yetishmasligidir (14.1-rasm). Bu nuqson to'qimaning tashqi ko'rinishini buzibgina qolmay, balki uning pishiqligi va fizik-mexanik xususiyatiga ham katta ta’sir ko'rsatadi. Bu nuqson ip uzilishidan dastgohning o‘z inersiyasi bilan bosh valning ortiqcha aylanishi sababli, 2—3 marta moki arqoqsiz tashlanishi natijasida hosil bo'ladi. Bu nuqsonni bartaraf etish maqsadida dastgohga tormoz va arqoqsizlikning oldini oluvchi moslamalar o'rnatiladi. Ya’ni tormoz bosh valni vaqtida to'xta- tishni ta ’minlaydi, arqoqsizlikning oldini oluvchi moslama esa to'qimaning nuqsonli joyini orqaga qaytaradi.
Arqoq ipi zichligining oshib ketishi nuqsonida to'qimada eni bo'yicha yo'llar hosil boiadi (14.2-rasm). Bu nuqson tanda va to'qima rostlagichlarining nosozligi tufayli hosil bo'lib, to'qima ning tashqi ko'rinishiga ta’sir ko'rsatadi. Bu nuqson butun to'qi ma ko'rinishiga nisbatan zich va och rangli yo'llami hosil qiladi va to'qima shaklini buzadi. Arqoq yetishmaslik va arqoq zichligining oshishi nuqsonlarining to'qima bo'lagida ko'p uchrashi, dastgoh nosozligidan yoki to'quvchining e’tiborsizligidan darak beradi.
I» ;>• •w- -<i«%:<?»■..i•t•V.*v.».
r <;% • . ■ 4 S i « j M
|
| |