|
0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va
|
bet | 83/109 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 22,48 Mb. | | #156599 |
Bog'liq TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)Joriy ta’mirlash. Bunday ta’mirlashda usta yordamchisi,
asosan, tez-tez uchrab turadigan mayda ta’mirlash ishlarini bajaradi. Bundan tashqari, joriy ta’mirlashda to‘satdan buzilgan to‘quvchi to‘xtatgan dastgohlami ta’mirlaydi. Usta yordamchisi joriy ta’mirlashni sifatli o‘tqazishi va dastgohlarning holatidan o‘z navbatchisini ogohlantirib turishi zarur.
Bundan tashqari, usta yordamchisi o‘rtacha va kapital ta’ mirlash grafigini kuzatib borishi lozim. Ta’mirlash brigadasi dastgohni ta’mirlash jarayonida va ta’mirlashdan so‘ng dastgoh ning ta’mirlanganlik sifatini tekshirishga haqlidir.
Dastgohni moylash, artish va cho‘tkalab tozalash
Har bir korxonada dastgohlami to‘g‘ri ekspluatatsiya qilish uchun dastgohlami texnik jihatdan ekspluatatsiya qilish qoi- dalari ishlab chiqiladi. Shu qoidalarga binoan dastgohni moylash, artib va cho‘tkalab tozalash rejimi o‘rnatiladi.
Dastgohlami moylash, artib va cho‘tkalab tozalash tartibi har dastgohning ishlash rejimiga, to‘qilayotgan assortment va iplar turiga qarab o‘matiladi. Uskunalar uzluksiz va xavfsiz ishlab turishi uchun dastgohni moylash, artish va cho‘tkalab tozalash tartibiga rioya qilib ishlash, uning buzilishiga yo‘l qo‘ymas- lik kerak.
Agar dastgoh toza va ishqalanuvchi detallari moylangan bo‘lsa u kam to‘xtab turadi, ish unumdorligi yuqori boiadi. Shuni esda tutish kerakki, dastgohning texnik qaroviga sarfla- nadigan vaqtni tejab, to'qima ishlab chiqarish hajmini ko‘pay- tirib boimaydi.
Misol uchun agar dastgoh moylanmasa yoki tozalanmasa, detallar tezroq yeyiladi, natijada dastgoh tez buziladi va ta’mir-
Iashni talab qiladi. Ta’mirlashga ketadigan vaqt esa dastgohni ta’mirlash uchun sarf boiadigan vaqtdan bir necha marta ortiq boiadi.
Dastgohlarni moylash, artish va cho‘tkalab tozalash, yirik korxonalarda maxsus ishchilar tomonidan amalga oshiriladi. To‘quvchi bu ishlarni o‘z vaqtida, o‘z dastgohida bajarilishini tekshirib turishi kerak. Komplektda esa bu ishlarni usta yor damchisi nazorat qilishi kerak. Kichik korxonalarda, dastgohlar soni kam boigan hollarda, dastgohni cho‘tkalab tozalashni to‘quvchining o‘zi, moylashni esa usta yordamchisi bajaradi.
|
| |