Asbob-uskunalaming doimo yuqori unumdorlikda ishlashi va yuqori sifatli mahsulot berishi ularning texnik holatiga bog‘liq boiadi.
Dastgohlar ishchi holatini yaxshi tutib turish shu dastgoh larda ishlaydigan kishilar, ya’ni usta yordamchisi, to‘quvchi (operator) va tozalovchilar zimmasiga yuklanadi.
Profilaktik va joriy ta’mirlash
To‘quv dastgohlarining texnik holatini yuqori darajada tutib turish, asosan, usta yordamchisi zimmasiga yuklanadi va uning malakasiga to'g'ridan to'g'ri bog‘liq bo‘ladi. U komplektdagi dastgohlaming texnik holatiga javob beradi, profilaktik va joriy ta’mirlashni amalga oshiradi.
Profilaktik ta’mirlash korxonalarda grafik bo'yicha har oyda o'tqaziladi. Oyning boshida smena ustasi ta’mirlash grafigini tuzadi. Komplektdagi dastgohlar usta yordamchilariga taq- simlanadi. Grafikka dastgohlar tartib raqami, ta ’mir qilish kuni, usta yordamchisining familiyasi, ismi sharifi, smena usta- larining familiyasi yoziladi. Shu grafik bo'yicha usta yordamchisi o'ziga biriktirilgan dastgohlarni ta’mirlaydi.
Dastgohlami profilaktik ta’mirlashdan oldin dastgoh sinchik- lab tekshirib chiqiladi va nuqsonlar ro'yxati tuziladi.
Shu ro'yxatga asoslanib ta’mirlash ishlari bajariladi. Oldindan zarur bo'ladigan detallar, moy va hokazolar tayyorlanadi.
Profilaktik ta’mirlashda quyidagi ta’mirlash ishlari bajariladi.
STB dastgohlarida arqoqtashlagich ko'tarmasining yuqorigi va pastki holatidagi qisish darajasi;
arqoqtashlagichning orqa tomoni bilan quvgich orasidagi masofa;
tores valning burilish burchagi;
dastgoh tormozining ishlashini, zarbning boshlanishini;
tanda kuzatuvchining ishlashi;
trasportyor zanjirining holati va tozaligi;
yuritgich tasmasi, tanda kuzatuvchining ishlashi va uning tozaligi;
friksion uzatmalarning holati tekshiriladi.