|
0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va
|
bet | 79/109 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 22,48 Mb. | | #156599 |
Bog'liq TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)Lamellami tanlash. Tanda kuzatuvchi mexanizmining ishida lamellarning ahamiyati katta, ularni tanda iplarining chiziqli zichligi (teks)ga moslab tanlash hamda ularni har bir reykada 1 sm dagi zichligini normal joylashtirish kerak.
Lamellar to‘rt xil boiadi va GOST 9076—62 bo‘yicha tay- yorlanadi: J I - yopiq shakldagi lamel; JIO - ochiq shakldagi lamel; bu lamellar mexanik tanda kuzatuvchi mexanizmlarda ishlatiladi.
ЛЭ — yopiq shakldagi lamel; ЛОЭ — ochiq shakldagi lamel. Bu lamellar elektr tanda kuzatuvchi mexanizmlarda qo‘Uamladi.
Quyida paxta tolasidan tayyorlangan tanda iplarining chiziqli zichligiga qarab har xil o‘lchamdagi va massadagi lamellar keltirilgan (11.1 -jadval).
Lamel asbobidagi reykalarning soni va bitta reykadagi lamellaming soni tanda iplari soniga va iplaming chiziqli zichligiga qarab qabul qilinadi.
11.2-jadvalda iplaming chiziqli zichligiga mos keladigan lamellar zichligi keltirilgan.
11.1-jadval
Lamellaming oichamlari va massasi
|
(teks)
|
grammda
|
|
ЛЭ-115
|
11-9
|
115
|
9
|
124
|
0,16
|
. ЛЭ-160
|
14-11
|
160
|
12
|
124
|
0,20
|
ЛЭ-210
|
25-14
|
210
|
12
|
124
|
0,25
|
ЛЭ-255
|
41,6-25
|
255
|
12
|
124
|
0,30
|
ЛЭ-305
va boshq.
|
66-4,16
|
305
|
12
|
124
|
0,36
|
|
|
|
|
|
11.2-jadval
|
|
|
La m e lla r zich lig i
|
|
|
|
Ipning chiziqli zichligi, teks Lamellar zichligi, 1 sm.ga
|
50
|
8-10
|
41,7-20,8
|
12-13
|
20-11,8
|
13-14
|
11,0 va undan kami
|
15-16
|
Lamel markasi
Ipning chiziqli zichligi
Massasi, 100 ta lamel,
Lamellar oichami, mm eni uzunligi qalinligi
Arqoq nazoratchilari
Arqoq nazoratchisining vazifasi homuzada arqoq ipining bor yoki yo‘qligini tekshirishdan iborat, shuningdek, \i homuzada ip boimasa, dastgohni to ‘xtatadi yoki mokili dastgohlarda arqoqni avtomatik almashtiruvchi mexanizmni ishga tushiradi.
Mokili dastgohlarda to'qimaning xususiyati va unga qo'yi- ladigan talablarga qarab arqoq nazoratchisi sozlanadi.
Mokisiz dastgohlarga mexanik yoki elektrik arqoq nazo ratchisi o‘matiladi.
Chetki arqoq vilkasi. Bu arqoq vilkasi mexanik tarzda ishlab
mokili dastgohlarda o'rnatiladi. Homuzada arqoq ipi bor yoki yo'qligini nazorat qiladi, agar naychadagi ip tugagan yoki uzilgan bo‘lsa, dastgohni to ‘xtatadi yoki bo‘lmasa, naychani avtomatik almashtiruvchi mexanizmini ishga tushiradi. Agar avtomatik naycha almashtiruvchi mexanizm orqali arqoq vilkasi ishga tushirilsa, unda bu mexanizm ikki marta arqoq ipini almashtiradi. Agar uchinchi marta ham homuzada arqoq ipi bo‘lmasa, u paytda to ‘quv dastgohini to ‘xtatadi. Bu tartibda ishlaydigan arqoq vilkalari uch karrali deyiladi.
Arqoq vilkasi (1) (11.3-rasm) homuzadagi arqoq ipini (2) tekshirib turadi. Vilkaning qarshisiga panjara (3) o'rnatilgan. Vilkaning gorizontal yelkasi halqasimon bo'lib, ikki yelkali richag
ning yuqori qismiga o'rnatilgan ilgak (5) da joylashgan.
Richag (4) o'rta valda joylashgan kulachokdan tebranma harakat oladi.
Arqoq vilkasi quyidagicha ishlaydi. Batan old tomonga harakat qilayotganda moki homuzadan o‘tib, panjara bilan vilka orasiga tarang tortilgan arqoq ipini tashlaydi. Arqoq ipi vilkaning shoxchasiga uriladi va uni o‘z o‘qi atrofida aylantiradi. Shu paytda vilkaning halqasimon yelkasi ilgakdan yuqoriga ko‘tariladi. Dastgoh normal ishlashini davom ettiradi. Agar arqoq ipi uzilsa, homuzaga ip tashlanmaydi, vilka shoxchasi esa panjaradan erkin o ‘tadi. Vilka halqasi ilgakda qoladi. Richag oldinga harakat qilayotganda ilgak vilka halqasini ilib, polzunni (chizmada ko'rsatilmagan) siljitadi, u esa richaglar sistemasi yordamida arqoq ipini avtomatik tarzdaalmashtiruvchi mexanizmni ishga tushiradi yoki dastgohni to‘xtatadi.
Yon tomonda o'rnatilgan arqoq vilkasi arqoq ipini, bosh valning ikki aylanishida, ya’ni moki, vilka joylashgan tomondagi qutiga o‘tganda bir marta nazorat qiladi.
Ip uzilganda yoki naychada ip tugaganda dastgoh darhol to'xtamaydi, u to‘xtaguncha bosh val uch martagacha aylanishi mumkin. Bunday paytda to‘qimaga arqoq ipi tashlanmaydi va to‘qimada «arqoq yetishmaslik» nuqsoni paydo bo‘ladi. Shu nuqsonni bartaraf etish uchun arqoq vilkasi mexanizmi to‘qima rostlagichi bilan bogiangan.
Arqoq vilkasi richaglar yordamida arqoq yetishmaslik sobachkasini ishga tushiradi, natijada to'qima bo'shatilib, arqoq yetishmaslik nuqsoni bartaraf etiladi.
Yon tomondan o'rnatilgan arqoq vilkasi va arqoq shchuplosini birgalikda sozlash to'qilayotgan to'qima sifatiga qo'yilgan talabga bog'liq.
Agar to'qima sifatiga yuqori talablar qo'yilmasa, to'qimada o'tib ketgan arqoq ipini topish talab etilmasa, to'qima oddiy o'rilishda to'qilayotgan bo'lsa, arqoq iplarining zichligi katta bo'lsa, faqat arqoq vilkasi ishlatiladi, shchuplo esa to'xtatib qo'yiladi.
Agar to'qima sifatiga yuqori talablar qo'yilsa, to'qimada o'tib ketgan arqoq ipini topish, to'qimada o'rilish naqshlari aniq bo'lishi talab etilsa va arqoq iplarining zichligi unchalik katta bo'lmasa, u holda arqoq vilkasi dastgohni to'xtatish, shchuplo esa arqoq ipini avtomatik almashtirish uchun ishga tushadi.
Agar to'qilayotgan to'qima sifatiga o'rtacha talab qo'yilsa, to'qimada o'tib ketgan arqoq ipini topish talab etilmasa, arqoq vilkasi arqoq ipi uzilganda, shchuplo esa ipi tugaganda arqoq ipini avtomatik almashtiruvchi mexanizmni ishga tushiradi.
Pnevmorapirali dastgohning arqoq nazoratchisi. Pnev morapirali dastgohlarda arqoq ipi bor yoki yo‘qligi rapiralarga borguncha va homuzaga tashlangandan so‘ng ham nazorat qilinadi. Keyingisi dastgohning chap tomonidagi to'qima enini tutgichda o'rnatilgan bo'lib, to'qima qirg'og'ining nazoratchisi deyiladi.
Arqoq vilkasi (1) ning (11.4-rasm) bir yelkasi simdan hal- qasimon qilib, ikkinchi yelkasi to'g'ri qilib yasalgan va o'z o'qi (2) atrofida aylana oladi. Vilkaning halqasimon yelkasi to'g'ri yelkasi- dan og'ir.
Arqoq ipi (3) ikki yelkali richagning halqasimon tomonidan o'tadi. Ikki yelkali richag to'g'ri yelkasining ustki qismiga bir qutbli vilka (4) yordamida elektr toki keltirilgan.
Arqoq ipi (3) richagning halqasimon tomonini gorizontal holatda tutib turadi. Arqoq ipi uzilganda vilkaning halqasimon yelkasi og'ir bo'lgani uchun osilib qolib, ikkinchi yelkasi ko'ta- riladi va bir qutbli vilka (4) bilan uni tutashtiradi, natijada dast goh korpusi bilan tutashgan elektr zanjiri hosil boiadi. Bu esa elektromagnitni ishga tushiradi va dastgohni to'xtatadi.
Agar arqoq nazoratchi ishlamay qolsa, to'qima chetida bir necha arqoq iplari yetishmasa, u holda to'qima nazoratchisi dastgohni to'xtatadi.
To'qima nazoratchisi (5) ikki yelkali richagdan iborat bo'lib, valik (6) da o'rnatilgan. Richagning bir yelkasi shchup (7), prujina
(8) yordamida to'qima sirtiga tiralib, to'qima chetidan 4—6 ta arqoq ipichalik uzoqroqda turadi. Agar arqoq ipi boimasa, shchup (7)
4 1 10
|
| |