0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va




Download 22,48 Mb.
bet76/109
Sana14.02.2024
Hajmi22,48 Mb.
#156599
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   109
Bog'liq
TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)

Nazorat savollari



    1. To'qima milki mokili dastgohlarda qanday hosil qilinadi?

    2. Pnevmorapirali dastgohlarda to'qima milkining tuzilishi qanday?

    3. STB dastgohlarida milk hosil qiluvchi mexanizm iptaxlagichining tuzilishi va ishlashi haqida nimalami bilasiz?

    4. Pnevmatik dastgohlarda qanday milk hosil qilish mexanizmi o'rnatilgan?

    5. Dastgohlarda milk hosil qiluvchi mexanizmlarning noto‘g‘ri ish- lashidan to'qimada qanday nuqsonlar paydo bo'ladi?

    6. Qaysi dastgohda to'qilgan to'qimada chiqindi ko'p chiqadi va to'qimaning tannarxiga uning qanday ta’siri bor?

11-BOB

TO‘QUV JARAYONINI NAZORAT QILUVCHI AVTOMATIK MOSLAMALAR
    1. Tanda nazoratchilari

Tanda iplari uzilganda dastgohni to‘xtatadigan mexanizmlarga tanda nazoratchilari deyiladi. Dastgohda shu mexanizmlarning bo'lishi to'qimada «tandasizlik» nuqsonini paydo boiishining oldini oladi.
Tanda kuzatuvchilar to'qima sifatini yaxshilaydi, to'quvchini tanda iplarini ortiqcha kuzatishdan ozod qiladi, to'quvchi xizmat qilayotgan dastgohlar sonini oshirishga imkon beradi, natijada ish unumdorligi oshadi. Mexanik tarzda va elektr bilan ishlaydigan tanda kuzatuvchilari farq qiladi. Tanda kuzatuvchilari lamelli va lamelsiz tipda bo'ladi.
Mexanik tanda nazoratchi. Bu mexanizm, asosan, avtomatik mokili to'quv dastgohlarida qo'llaniladi. Mexanizmning qisqacha ishlash prinsipi bilan tanishib chiqamiz.
Mexanizmga harakat bosh valdan zanjirli uzatma va tishli g'ildiraklar orqali uzatiladi. Lamellar (1) (11.1-rasm) qo'zg'a- luvchi (2) va qo'zg'almas (3) reykalarga kiygizilgan. Agar tanda ipi (4) uzilsa, ipi uzilgan lamel reykalar tishlari orasiga tushadi va qo'zg'aluvchi reyka to'xtaydi, natijada mexanizm yuritmasi va richaglar sistemasi yordamida dastgoh ramasiga o'rnatilgan posongini batanda o'rnatilgan urgich yo'liga to'g'rilab qo'yadi. Batan orqaga harakat qilganda urgich posongining bir yelkasiga ta’sir etib, richag va tortqi orqali yurgizuvchi dastani burib yubo- radi. Dasta siljib, friksion orqali harakatni bosh valdan ajratadi va bosh val tormozi dastgohni to'xtatadi.
Pnevmorapirali dastgohlarga o'rnatilgan tanda kuzatuvchi mexanizm tanda ipi uzilganda dastgohni avtomatik tarzda to'xtatishga mo'ljallangan. Bu dastgohga elektr bilan ishlaydigan tanda kuzatuvchisi o'rnatilgan. U quyidagicha ishlaydi: tashqi va ichki reykalar bir-biridan izolatsiyalangan, shu reykalarga la­ mellar kiygizilgan. Ichki reykaga past voltli kuchlanish beriladi, tashqi reyka yerga tutashtirilgan.
Tanda ipi uzilganda lamel pastga tushadi va elektr zanjirini tutashtiradi, natijada elektromagnit ishga tushadi, tortqi hamda yuritma richagi orqali harakat dastgohning yurgizib yuboruvchi dastasiga uzatiladi. Dasta siljib, friksion orqali harakatni bosh valdan ajratadi va dastgoh to'xtaydi.



ll.l-rasm. Mexanik tanda kuzatuvchi mexanizm:
1 lamel; 2 qo‘zg‘aluvchi reyka;
3 qo‘zg'almas reyka; 4 tanda ipi.



Download 22,48 Mb.
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   109




Download 22,48 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va

Download 22,48 Mb.