|
Pnevmatik dastgohning milk hosil qilish mexanizmi
|
bet | 73/109 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 22,48 Mb. | | #156599 |
Bog'liq TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)Pnevmatik dastgohning milk hosil qilish mexanizmi. To'qima milkining mustahkamligini oshirish uchun bu dastgohda uch ipli (o‘rilib) milk hosil qiluvchi moslama ishlatiladi. Mexanizm maxsus yarim shodalarga o'rnatilgan bo'lib, o'rta valdagi kulachokdan harakatlanadi.
Mexanizmning asosiy ish organlari richag ko'zlari ( I)
(10.3-rasm) va ignalar (2) dir.
Ip taqsimlovchilar richaglarining har qaysi juft ko'zchalari bir-biriga nisbatan bitta ko'z qadamiga siljigan.
Orqa tomondagi shodaning yuqori plankasida ip taqsim- lagichlardan oldin ignalar (2) mahkamlangan. Arqoq ipi soplosi tomonida ikkita, ikkinchi tomonida esa uchta igna joylashgan. Ignalar ko'ziga «ustun» iplar o'tkaziladi.
Yarimshoda va ketingi shoda ko'tarilib yoki tushib eshiluvchi va ustun iplardan homuza hosil qiladi, unga esa arqoq ipi tashlanadi. Eshilib o'rilish iptaxlagichlarning ignaga nisbatan siljishi hisobiga hosil bo'ladi. Milk iplar alohida g'altakdan uzatiladi. Dastgohda hammasi bo'lib to'rtta g'altak o'rnatilgan bo'lib, ularda 2, 4, 3 va 6 tadan milk iplar o'ralgan. Ko'p ipli g'altak tanda kuzatuvchisining yuqorigi chivig'iga, kam ipli g'al tak orqa shodaning yuqorigi plankasiga o'rnatiladi. G'altaklar maxsus prujinalar yordamida tormozlanadi.
10.3-rasm. Milk hosil qilish moslamasi:
1 — richag ko'zchalari; 2 — ignalar.
Eshiluvchi iplarni o‘tkazish quyidagi tartibda bajariladi. Chapdan ikkita ustun iplar igna ko‘ziga, to‘rtta eshiluvchi iplar esa navbati bilan ikkita iptaqsimlagichlar ko‘ziga o‘tkaziladi. So‘ngra birinchi uchta («ustun» ip va ikki eshiluvchi ip) tig‘ning bir tishidan tanda milk iplari yonidan o‘tkaziladi, ikkinchi uchta ip («ustun» ip va ikkita eshiluvchi ip) ikkinchi bo‘sh tishga o‘tka- ziladi.
Xuddi shu tartibda o‘ng tomondagi eshiluvchi iplar ham tig‘ tishidan o‘tkaziladi, lekin birinchi uchta ip tig‘ni bir tishiga, to‘qima o‘rtasidagi iplar bilan bir tishga o‘tkaziladi, bu esa o‘rta iplarni mahkamlaydi, ikkita boshqa eshiluvchi ip esa 1 sm naridan o‘tkaziladi va arqoq iplarini tarang tutib turadi.
To'qima o‘rta iplari bilan qo‘shimcha eshiluvchi iplar o‘ng tomondagi to‘qima enini tutgichga mahkamlangan qaychida kesiladi. Kesilgan qiyiqlar tasma sifatida maxsus g‘altakka o‘raladi va chiqindiga chiqadi. Saijali va atlas o‘rilish uchun oxirgi shoda gulasidan foydalanish kerak.
Mexanizmga qo 'yiladigan talablar. Iptaqsimlagich richag- lari shunday o‘matilishi kerakki, shodalar turg‘un turgan paytda ular faqat bir qadam (ko‘zchalar bo‘yicha) siljisin, o‘rin alma- shuvchi iplar to‘qimaning o‘ng va chap tomonida bir tekislikda yotsin. Iptaqsimlagichlarning siljishi shu richagda turgan tort- qining sozlovchi barmog‘i bilan sozlanadi.
Ip taqsimlovchi richaglar tandadagi milk iplaridan uzoqda joylashmasligi kerak, uzoqda joylashsa eshiluvchi iplarning uzilishi ko'payadi. Agar juda yaqin joylashsa, homuza hosil boiish paytida richaglar tanda iplarining chetiga tegib, ularni uza boshlaydi. Chap va o‘ng ignalar ip taqsimlovchi richag ko'zidan o‘tkazilgan iplar orasidan erkin o'ta olishi kerak. Ignalarning noto'g'ri o‘rnatilishi eshiluvchi iplarning uzilishiga va milk iplari ning yomon eshilishiga, natijada arqoq ipining yaxshi mahkam- lanmasligiga va, o‘z navbatida, pichoqning eshiluvchi iplarni kesib yuborishiga olib keladi.
Eshiluvchi iplar g‘altaklarga bir xil taranglikda va bir tekis taqsimlanishi kerak, aks holda to'qima milki notekis va yomon bo‘lib chiqadi. Eshiluvchi iplar o'rnatilgan g‘altak yengil aylanishi uchun, ularni shaybada o‘rnatib, o‘qi moylanadi.
Tanda kuzatuvchi chiviqda o'rnatilgan g'altakdan bo‘shalib chiqayotgan eshiluvchi iplar, ketingi shodada joylashgan «ustun» iplardan tarangroq bo'lishi kerak, aks holda milk iplarining orasi ochilib qoladi va eshilish iplari bo‘shab qoladi.
Popuk hosil qiluvchi eshiluvchi iplar konfuzor plastinasi orasida joylashishi kerak.
Gidravlik to‘quv dastgohining milk hosil qilish mexanizmi. Ushbu dastgohlarda to‘qilgan to‘qima milkidagi arqoq iplari ke- silgan boiadi. Arqoq iplari to‘qimadan popuk shaklida 2 - 3 mm chiqib turadi, milkdagi iplar xuddi pnevmatik dastgohdagi singari eshilib o‘riluvchi iplar bilan mahkamlanadi. Chiqindi xuddi pnevmatik dastgohlarda to ‘qilgan to'qim adek hosil boiadi.
To‘quv dastgohining yo‘naltiruvchi qismlari
Dastgoh yo'naltiruvchi qismlari tanda bilan to'qimaning bir-biriga nisbatan yo‘nalishini o‘zgartiradi, ularning o ‘rnini belgilaydi. Ayrim paytlarda bu qism lar to ‘qima to 'q ish jarayonida muhim vazifani bajaradi. Yo'naltiruvchi qismlarga skalo, belgi chiviqlari, to'qima enini tutgich (shparutka) va grudnitsa kiradi.
Skalo. Skaloning xizmati tanda iplarini vertikal holatdan gori zontal tomonga yo'naltirishdir. Skalo (1) (10.4-rasm) richag (2) da o'rnatilgan, uni tanda ipi (3) aylanib o'tadi. Skalo ko'pincha metalldan tayyorlangan truba bo'lib, sirtqi qismi xromlanadi. U qo'z-
1
10.4-rasm. Skalo:
|
| |