Tanda ipini dastgohda taxtlash va uni to‘qishga tayyorlash




Download 22,48 Mb.
bet70/109
Sana14.02.2024
Hajmi22,48 Mb.
#156599
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   109
Bog'liq
TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)

Tanda ipini dastgohda taxtlash va uni to‘qishga tayyorlash

To'quv dastgohida tanda iplari tugagan paytda dastgohni to'liq ko'zdan kechirib chiqish, ya’ni uni artish, moylash, atroflarini tozalash, detallarining mustahkam mahkamlanganligini tekshi- rish zarur. Shundan so'ng yangi tanda iplarini taxtlashga kiri- shiladi. Tanda iplarini ikki xil usulda taxtlash mumkin.
Birinchi usulda tanda iplari hamma to'quv jihozlaridan o'tka- zilgan bo'lib, dastgohga tayyor jihozlar yordamida taxtlanadi.
Ikkinchi usulda faqat tanda iplari olib kelinib, dastgohning o'zida tugagan tanda iplarining uchiga bogianadi.
Iplarni jihozlardan o'tkazish quyidagi hollarda qo'llaniladi:
— jihozlar(lamellar, gulalar, tig') ishdan chiqqanda;

  • yangi assortment joriy etilganda;

  • tanda iplarining ko'p qismi uzilsa va uni to'g'rilab bogiash- ning iloji bo'lmaganda.

Iplarni to'quv jihozlaridan o'tkazish ishlari PSM (пробой- ний станок механический) rusumli mexanik ip o'tkazish dastgohlarida bajariladi.
Agar jihozlar va assortimentlarni o'zgartirishning hojati boi- masa, tugagan tanda ipi bilan yangi tanda ipi uchlari bir-biriga bog'lanadi. Iplarni bogiash jarayoni UP (узловязальная, перед­ вижная) rusumli ip bog'lash mashinalari yordamida bajariladi.
Korxonalarda ishlash tajribasi shuni ko'rsatadiki, asosan, tanda iplarining 10 — 15 % i jihozlardan o'tkaziladi, qolgan 85 — 90 % i bog'lanadi.
STB to'quv dastgohlari enli dastgohlar bo'lganligi sababli, to'quv g'altagi, shoda romi va tig' ham o'ziga xos katta o'lcham va og'irlikka ega. Bu dastgohlar uchun shoda va tig'dan paxta tolali iplar 3 — 4 m uzunlikda tig' eni bo'yicha o'tkaziladi. Shu ko'ri- nishda tayyor o'tkazilgan shoda va tig' to'quv g'altak bilan birga dastgoh oldiga olib kelinadi. Shoda va tig' dastgohga tanda ipi bilan birga o'rnatilib, keyinchalik dastgohdagi shoda va tig'dan o 't­ kazilgan ip uchini keltirilgan yangi to'quv g'altagidagi ip uchi bilan UP-5 bog'lash mashinasi yordamida bogianadi.
Enli to‘quv dastgohlari uchun ipni uskunalardan o‘tkazish jarayoni dastgoh oldida bajariladi. Ya’ni o‘tkazish dastgohlari to‘quv dastgohlari oldiga olib kelinadi. Iplarni o‘tkazish jarayoni tugagach, o ‘tkazilgan ip uchlari dastgohdagi to‘qima uchiga bog‘lanadi va bir necha arqoq tashlanadi.
Arqoq ipini tashlash paytida ip tashlagichlarning ip tutishi, qaychi bilan ipni uzish payti tekshiriladi. Tig‘ning mahkamligi tekshirib ko‘riladi. Bo‘sh boisa, o‘rtasidan chekkasi tomon qotirib chiqiladi; so'ngra tanda taranglovchi mexanizm tekshiriladi hamda arqoq ipining tarangligi, iptashlagichning qabul qutisiga to‘g‘ri tushishi tekshiriladi.
Hamma omillar tekshirib chiqilib, sozlab boiingandan so‘ng dastgoh to‘liq ishga tushiriladi.
Tanda ipini taxtlash va dastgohni ishga tushirishda chiqindilar hosil boiadi. Chiqindining ko‘payishi to‘qima tannarxining oshishiga olib keladi. Chiqindilami kamaytirish maqsadida tanda iplarining kesiladigan uchlarini kamaytirish uchun g‘altak o‘zagiga
«fartuk» bogianadi.



Download 22,48 Mb.
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   109




Download 22,48 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tanda ipini dastgohda taxtlash va uni to‘qishga tayyorlash

Download 22,48 Mb.