|
0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va
|
bet | 71/109 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 22,48 Mb. | | #156599 |
Bog'liq TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)Nazorat savollari
Dastgohning taxtlash omillariga nimalar kiradi?
Taxtlash omillari nimalarga bogiiq?
Yangi tanda iplari dastgohga qanday taxtlanadi?
Qanday hollarda tanda iplari jihozlardan o ‘tkaziladi va qanday hollarda bogianadi?
To‘quv g'altagi qanday tuzilgan va vazifalari nimalardan iborat?
To‘quv jarayonida tanda iplarining tarangligini to‘g‘ri o'matishning to‘qima sifatiga va mehnat unumdorligiga ta’siri qanday?
Tanda uzatuvchi va taranglovchi mexanizmlarning qanday turlari mavjud?
Tanda rostlagichlarda skalo qanday vazifani bajaradi?
Friksion tanda rostlagichlarda kulisa qanday vazifani bajaradi?
Tanda rostlagichlarda iplaming tarangligi qanday rostlanadi?
Elektron tanda rostlagichlarda iplar tarangligini qanday qilib o ‘zgartirish mumkin?
Tanda tormozlaming rostlagichlardan farqi nimada?
Pnevmatik to‘quv dastgohining tanda tormozida ko‘p pog'onali tishli uzatmalar qoilashdan maqsad nima?
Tanda tormozlarida iplar tarangligini qanday o ‘zgartirish mum kin?
lO-BOB TO‘QIMA MILKINI HOSIL QILISH MEXANIZMLARI
10.1 . To‘qima milkining tuzilishi
To'qima milki ma’lum o'rilishda bo'lishi va arqoq bilan tanda iplari ma’lum tartibda taqsimlanishi kerak. To'qima milkini hosil qilishda ko'pincha polotnoli, tanda repsi 2/2 va boshqa o'rilishlar qo'llaniladi. Polotnoli o'rilish, o'rtacha yo'g'onlikdagi arqoq iplarining joylashish zichligi 1 sm.da 25 — 27 tadan oshmaydigan to'qimalar uchun qo'llaniladi.
Agar o'rtacha yo'g'onlikdagi arqoq iplarining zichligi 1 sm.da 27 ipdan oshsa, to'qima milki tanda repsi 2/2 o'rilishida to'qiladi.
To'qima milki uchun tanda iplari ikkitasi bitta qilib yigirilgan bo'lishi mumkin. U holda to'qim a o'rtasidagi iplar bittalik ip bo'lishi kerak. Milk iplarning chiziqli zichligi o'rtacha yo' g'onlikdagi iplarning chiziqli zichligi bilan bir xil bo'lsa, milk iplarining zichligi o'rta iplarning zichligidan ko'p bo'ladi.
10.1-rasmda to'qimaning to'liq taxtlash chizmasi keltirilgan. Bunda to'qima o'rtasi saija 2/2 va milki polotno o'rilishda to'qilgan.
X X
/
О о X
о 0
0 X
о ЯX
о я X
о я X
.1 2 3 4.
8
Шm m
'Ш m i
m m i
w w m Щ
.1 1 . A 2 3 _4 0
b a b
10.1-rasm. Saija 2/2 li to'qima o'rilishi:
a —to'qima o'rtasi; b — to'qima milki; d —tanda iplarining tig' tishi orasidan o'tkazilishi; e — iplarning shoda gulasiga o'tkazilishi;/ — milk iplarini shoda gulasiga o'tkazish; g - shodalarning ko'tarilish tartibi.
Mokisiz dastgohlarda to‘qima milkini hosil qilish mexanizmlari
Pnevmorapirali dastgohlarda to'qima milkini hosil qilish uchun choklovchi yoki qayirma shaklidagi to'qima milkini hosil qiluvchi mexanizmlar qoilaniladi.
Choklovchi tipdagi mexanizm to'qima milkini maxsus tanda iplari yoniga o'rnatilgan bobinadagi qo'shimcha ip orqali hosil qiladi. Bu ip uchinchi homuzaga uzluksiz tashlab turiladi. Choklovchi tipdagi mexanizmning kam ch ili gi to'qim a milkining yaxshi chiqmasligidir, chiqindi ham ko'p chiqadi. Shuning uchun pnevmorapirali dastgohlarning oxirgi rusumlarida qayirma tipdagi mexanizmlar qo'llanilmoqda.
Choklovchi milk hosil qilish mexanizmining asosiy ish organi ilmoq va ignadir. Choklovchi mexanizmning ilmog'i ipni homuzaga olib kiradi, igna ipni to'qima milkiga mahkamlaguncha tutib turadi. Ilmoq. bilan ignaga harakat uzatuvchi mexanizmlar dastgohning ikki tomonida joylashgan bo'lib, milk hosil qiluvchi mexanizm kulachoklariga harakat umumiy val orqali uzatiladi. Val esa aylanma harakatni zanjir va yulduzchali g'ildiraklar orqali kompensator validan oladi.
Qayirma tipdagi mexanizmda har bir ochilgan homuzaga arqoq ipi qayirib joylashtiriladi, natijada to'qima milki yaxshi chiqadi, choklovchi mexanizmdagiga o'xshab popuk chiqib turmaydi. Mexanizm arqoq ipini homuzaga pnevmomexanik usulda tashlaydi. Dastgohda ikki chekkaga aerodinamik trubka- stabilizator o'rnatilgan. Aerodinamik trubka kulisaga shakldor bolt yordam ida mahkamlangan. Kulisaning yuqori qismi vtulkaga o'xshash bo'lib, uning ichiga sharikli podshipnik presslab kiritilgan, podshipnik esa o'qqa o'rnatilgan, o'qtutgichning tirqishiga ikkita qistirma yordamida mahkamlangan.
Pnevmorapirali dastgohlarda to'qim a milki hosil qilish mexanizmi qayirma tipda bo'lsa, to'qilgan to'qima o'rtasiga nis batan qayirib qo'yiladigan ip hisobiga to'qima milki qalin chiqadi. Shuning uchun tanda iplarini to'qishga tayyorlash jarayoniga hamda mexanizmni sozlash va taxtlash parametrlariga katta talablar qo'yiladi. To'qima milki ortiqcha taranglanmasligi uchun milkdagi tanda iplarining chiziqli zichligini kamaytirish lozim, ya’ni milkdagi iplaming chiziqli zichligini kichikroq olish, milkdagi iplaming chiziqli zichligi o'rtadagi iplarga nisbatan kam-
roq bo'lishi yoki milkka har xil (masalan, tanda repsi) o'rilish- larni qo'llash kerak.
To'qima milkining eni: pnevmorapirali STB dastgohida 3 sm, pnevmatik dastgohda 1,0 — 1,2 sm bo'ladi.
Qayirma tipidagi milk hosil qilish mexanizmi ishlatilganda to'qimada quyidagi nuqsonlar uchrashi mumkin.
Ba’zi iplar homuzaga qaytarib yotqizilmagani uchun to'qima milkida popuk hosil bo'ladi. Bu nuqson to'qimaning tashqi ko'rinishini xunuklashtiradi, to'qimani pardozlashni qiyinlash- tiradi. Nuqson mexanizmni to'g'ri sozlash va boshqa mexa nizmlar bilan moslash yo'li bilan tuzatiladi. To'qima o'rtasi bilan milki o'rtasida arqoq iplari chiqib qoladi, bu nuqson ip uzunligini o'lchovchi mexanizmni sozlash orqali bartaraf etiladi.
|
| |