|
Dastgohni cho‘tkalab tozalash
|
bet | 84/109 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 22,48 Mb. | | #156599 |
Bog'liq TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)Dastgohni cho‘tkalab tozalash. Ish jarayonida dastgohning detallariga chang o'tirib qoladi, bu chang cho‘tka yordamida
tozalanadi. Ayniqsa, podshipniklarning moylanadigan teshik- larini yaxshilab tozalash lozim, chunki bu teshiklar orqali chang kirib, podshipniklarni tez ishdan chiqaradi yoki teshik- larni berkitib, moyni o‘tqazmay qo‘yadi. Dastgohlar grafik aso sida cho‘tkalab tozalanadi. Cho‘tkalash rejimi to‘qima turiga va dastgohlarning ish rejimiga bogiiq. Masalan, paxta tolalaridan to‘qimalar to‘qishda dastgohni bir kunda bir yoki ikki marta tozalash zarur boiadi.
Dastgohni tozalashdan oldin elektr motor tarmoqdan uzi- ladi, so‘ngra tanda bilan to'qima usti latta bilan berkitiladi.
Tozalash paytida tanda va arqoq ipiga kir tegmasligi kerak. Tozalash ishi dastgohning yuqori tomonidan boshlanadi. Awal grudnitsa atrofi va yuritma atrofi, so‘ngra esa dastgohning skalo tomoni tozalanadi. Dastgoh ostki qismi detallarini tozalab boigandan so‘ng pol tozalanadi. Polda moy va moy tomchilari qolmasligi kerak.
Agar dastgohning homuza hosil qilish mexanizmi karetkali boisa, karetka dastgohning tepa qismida joylashgan boisa, u holda awal karetka tozalanadi.
Mokili dastgohlarda awal yuqorigi karetka, keyin dast goh, oxirida pastki karetka tozalanadi.
STB dastgohlarida shoda, tig‘, arqoq-zarb qutisi va qabul qutisi, arqoq tekshirgich, milk hosil qiluvchi mexanizmlar, tanda nazoratchisi, ballonso‘ndirgich va bobinatutgich, arqoq taranglagichini tozalash kerak. Milk hosil qiluvchi mexanizm qaychisini, arqoq-zarb qutisi va qabul qutilaridagi boshqaruv- chilarni, arqoq ipi o ‘tadigan ko‘zchani maxsus cho‘tkacha bilan tozalash lozim. Tanda ip tugaganda mikromokili dastgohlarda
barcha mokichalar transportyordan olinib tozalanadi. Mikro- mokilar tozalovchi suyuqlik yordamida tog‘orachaga solib yuviladi va havo bosimi yordamida purkab quritiladi va prujina bilan moki devori orasiga yig'ilgan chiqindilar maxsus ilgak yordamida olib tashlanadi. Agar dastgoh jakkard mashinasi bilan jihozlangan bo‘lsa, u holda mashinani tozalash avval dastgohning yuqorigi qismida joylashgan mashinasidan bosh- lanadi, so‘ngra dastgoh yuqorida keltirilgan tartibda tozalanadi. Zamonaviy to ‘quv dastgohlarining ba’zi mexanizmlari chang kirmasligi uchun maxsus to‘siqlar bilan muhofaza etilgan, lekin shunga qaramay bu dastgohlar ham tozalab turishni talab etadi. Elastik rapirali, masalan, «Somet» dastgohlarida ko‘p rangli asbobdagi ip to'plovchi, ip taranglovchi, ip nazoratchisi, ipni rapiraga uzatuvchilar, rapiralar va ularning yo'naltiruvchilari tozalanadi. Tanda nazoratchilari reykalari atrofi, shodalar va shoda ko‘tarish richaglari, tanda g‘altaklari atrofi, disklar toza- lanishi kerak. To‘quv dastgohlarida tanda iplari tugaganda, dastgoh to‘liq dastgoh tozalovchisi tomonidan tozalanishi za rur, chunki shu paytda barcha mexanizmlami tozalash uchun qulay sharoit yaratiladi. Dastgoh mexanizmlarini tozalash uchun joy ochiladi, shoda ko‘tarish mexanizmlarining pastki tomonlari, dastgohni chap va o‘ng ramalari hamda tanda ipi bo‘lganda tozalash imkoniyati bo'lgan dastgohning barcha joylari
tozalanadi.
Dastgoh ishlab turganda cho'tka bilan tozalash taqiqlanadi. Dastgohni tozalab boigach, moylanadigan teshikchalami max sus ilgak yoki sim bilan ochib, yaxshilab tozalanadi. Dastgohdan chiqqan chiqindi maxsus joyga olib boriladi.
|
| |