|
0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va
|
bet | 85/109 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 22,48 Mb. | | #156599 |
Bog'liq TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)Dastgohni artib tozalash. Kamida 10 kunda bir marta
dastgohni artib tozalash lozim. Dastgoh iloji boricha tanda ipi tugagan paytda tozalanadi.
Agar dastgohni tozalayotgan paytda, tanda ipi taxlangan bo‘lsa, xuddi cho‘tka bilan tozalashdagidek, to‘qima va tanda usti latta bilan berkitilib, so'ngra tozalanadi.
Shuni aytib o‘tish kerakki, keyingi vaqtlarda chang truba orqali havo so‘ruvchi so‘rg‘ichlar yordamida so‘rib olib tozalan- moqda. Dastgoh bu usulda tozalaganda, tozalovchining ish unumdorligi yuqori boiadi, dastgohning to‘xtab turish vaqti qisqaradi.
Dastgohni artib tozalash grafik asosida, yo‘riqnoma bo‘yicha, o‘z muddatida o‘tkazilishi kerak. Yo‘riqnoma va muddat bosh muhandis boshchiligida belgilanadi. Tozalangan dastgohni usta yordamchisi qabul qilib oladi. Agar dastgohning tozaligi yo‘riq- nomaga javob bermasa, qaytadan tozalanadi.
Dastgohni moylash. Dastgohning ishqalaniladigan joyini moylash detallaming kamroq yemirilishiga, elektr energiyasini tejashga, bekorga to‘xtab turishni kamaytirishga va dastgoh unum- dorligini oshirishga imkon beradi. Moylash rejimi va moylash materallari dastgohni texnik ishlatish qoidalarida ko'rsatilganidek boiishi kerak. Moylash materiallari maxsus ajratilgan joyda idishlarda saqlanadi.
Moylash materiallarini sexga berishdan oldin uni labo- ratoriyada analiz qilish va ishlatishga yaroqliligini aniqlash zarur.
Moylash ishini usta yordamchisi va maxsus moylovchi ishchilar bajaradilar.
Suyuq moydan har bir moylash nuqtasiga 2 —3 tomchi quyiladi. Quyuq moy esa podshipniklar tirqishidan moy sizib chiqquncha yuboriladi. Hozirgi kunda dastgohni moylash ishlarini markazlashtirilgan tarzda bajarish to ‘g‘risida birmuncha ishlar olib borilmoqda, chunki bunday moylash usulida dast gohni to‘xtab turish vaqti ancha qisqaradi.
Agar dastgohda markazlashtirilgan moydon o‘matilgan b o i sa, moyni dastgoh ishlab turgan vaqtida ham quysa boiadi. Quyilgan moy naychalar yordamida dastgoh podshipniklariga boradi. Markazlashgan moydonni bir va bir necha dastgohga ham moslashtirsa boiadi.
Mokisiz dastgohlami moylashning avtomatik mokili dastgoh- lardan asosiy farqi shuki, mokisiz dastgohlarda b a’zi bir mexanizmlami harakatga keltiruvchi mexanizmi moy vannasida ishlaydi.
Pnevmorapirali dastgohni moylash uchun quyidagi moylar tavsiya etiladi:
batan qutisi, shoda kulachoklari qutisi, milk hosil qilish mexanizmi qutilari uchun ТПА-15 rusumli moy;
rapiraga harakat uzatuvchi qutilarga avtomobil transmissiyasi moyi - nigrol;
batan vali, oichash mexanizmining sharikli podshipnigi, tovar rostlagichi tishli gildiraklari, friksionning o‘qi va chervyak
shesternaning tayanch podshipnigi, kompensatorning aylanish o‘qi hamda sharikli podshipnikka — US-1 solidoli.
STB dastgohida batan, harakat uzatuvchi kulachoklar, homuza hosil qilish mexanizmi kulachoklari, milk hosil qilish mexanizmi kulachoklari, zarb va qabul qutilarida joylashgan mexanizmlar moy vannasida ishlaydi. Bu dastgohda quvgich, quvgichni yo‘naltirgich, halqa, haydagich teshigi, arqoqqaytar gich, arqoqtashlagichlar purkash orqali maxsus purkagich yordamida moyning mayda tomchilari, ya’ni moy tumani bilan moylanadi. Boshqa ishqalanadigan detallar, moy balandligidan yuqorida joylashgan juft kulachoklar, homuza hosil qilish mexanizmi tortqisining sharnirlari va boshqa ba’zi detallar pressmoydon yordamida konsistent moy yoki quyuq moy bilan moylanadi. Moy vannalari uchun ВНИИНП-406 markali moy, ignali podshipniklarni moylash uchun № 63 markali moy ishlatiladi.
Moyning sathi tekshiruvchi oynachalar orqali har smena boshlanishidan oldin tekshirib turiladi. Moy sathi tekshirish oynachasining 2/3 qismi qadar bo‘lishi kerak. Agar moy undan kamaygan boisa, moyni normaga yetkazib quyish zarur. Tekshi rish oynachalari yiliga bir marta dastgohni ta’mirlash vaqtida tozalab turiladi. Dastgoh zavoddan korxonaga keltirilib birinchi marta sinov tariqasida ishga tushirilgandan so‘ng moyi almashti- rilib, so‘ngra to‘liq ishga tushiriladi. Odatda yigirma million arqoq tashlangandan so‘ng dastgohning hamma moy solinadigan idishlariga moy solinadi. Keyingi moy almashtirish ellik million arqoq tashlangandan so'ng bajariladi.
Dastgoh ikki smenali rejimda ishlaganda, mikromokili dast- gohlaming zarb mexanizmi qutisiga 1,5 Utr, qabul qutisiga 1,5 litr, homuza hosil qilish mexanizmi qutisiga 3 — 3,5 litr moy quyiladi. Batan mexanizmi qutisining tekshirish oynachasining 2/3 qis- migacha moy quyiladi. Moy almashtirishda moy qutilari yaxshilab yuviladi.
Dastgohni xomashyo, detallar va yordamchi materiallar bilan ta’minlash
Korxonada uskunalarning to‘xtovsiz yuqori sifat bilan ish lashi dastgohlami xomashyo, detallar va yordamchi materiallar bilan uzluksiz ta ’minlanishiga bogiiq. Dastgohni materiallar
bilan ta’minlash tartibi undan texnik foydalanish qoidalarida keltirilgan.
Korxonaning har bir bo‘limida ishning to'g'ri borishi uchun ehtiyot xomashyolar boiishi shart. Misol uchun tayyorlov boiimida to'quv asboblari (lamel, gula, tig‘)dan o'tkazish va bog'lov boiimida bir smenaga yetadigan, arqoq ipini o'raydigan boiim omborida ham bir smenaga yetadigan xomashyo bo'lishi kerak.
To'quv asboblaridan o'tkazilgan tanda iplar darhol dastgoh larga o'matilishi kerak. Arqoq iplari maxsus aravachada yashikda tashiladi. Arqoq iplarini oyna tokchalarida, polda, yo'laklar ustida saqlash man etiladi.
Dastgohni xomashyo, yordamchi materiallar va detallar bilan doimiy ta’minlanishini tashkil etib turish, rejali ta’mirlash sistemasini o'z vaqtida yuqori sifatda o'tkazishga ta’siri katta.
Markaziy ombor va sexlarda ehtiyot qismlar saqlanadi. Ehtiyot qismlami hisobga olib borish va ularni sarflash uchun maxsus kartochka tutiladi, shu kartochka bo'yicha ombordagi detallaming soni hamda m aium vaqt ichida qancha sarf boigani aniqlanadi.
Ehtiyot qismlami sarflash normasi ilg'or korxonalar tajriba- siga va korxonada sarf bo'layotgan qismlaming hisoblab borila- yotgan hujjatlariga asoslanib aniqlanadi va o'rnatiladi.
Yordamchi qismlar maxsus ajratilgan joylarda saqlanadi. Yog'ochdan tayyorlangan qismlami isituvchi quvurlar, pech- kalar yaqinida hamda nam joylarda saqlash taqiqlanadi. Metall qismlar stellajlarda saqlanishi kerak.
Usta yordamchisi ehtiyot qismlarga o'rnatilgan normani bilishi va shu normaga qarab ularni sarflashi kerak.
Sexdagi har bir komplektda usta yordamchisi uchun ixcham joylashgan javon va verstak boiishi kerak. Javonda tez-tez kerak boiib turadigan eng muhim detallar va asboblar turishi lozim. Verstakda esa iskanja (tiska) o'rnatilgan boiishi va ishlov berish kerak boigan detallar turishi lozim.
Detallar, yordamchi qismlaming ortiqcha sarflanishi to'qi maning tannarxi oshishiga sabab boiadi, shuning uchun korxona ishchilari doimo xomashyolarni, detallarni tejamkorlik bilan sarflashga harakat qilishlari shart. Moy vannalariga tasodifan tushib qolgan temir boiaklari, vint, shayba va shunga o'xshash narsalar maxsus magnitlar yordamida tortib olinadi.
Dastgohni moylashda maxsus tomchilab moylovchi moy- dondan va porshenli moydonlardan foydalaniladi. Porshenli moydonlar yordamida dastgohning moylash noqulay bo‘lgan joylari moylanadi. To‘quv sexi ishchilari: to'quvchi, usta yor damchisi, moylovchi dastgohni xomashyo, detallar va yor damchi materiallarning me’yorda sarflanishini kuzatib borishlari lozim. Agar shu materiallar sarfi me’yordan oshib ketga- ni aniqlansa, uning sabablarini tahlil qilib, darhol chorasini ko‘- rishlari va doimo xomashyo hamda materiallarning iqtisod qilib sarflanishiga harakat qilishlari lozim, aks holda ishlab chiqa- riladigan mahsulot tannarxi ortib ketishi mumkin.
|
| |